Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 21.12.2017 y. 1009-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 21 dekabrdagi

1009-son qaroriga

1-ILOVA



Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini

mustahkamlash ishlarini amalga oshirish

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom daryolar, soylar, jilalar oʻzanlarini tozalash, shuningdek, ularning qiroqlarini mustahkamlash (keyingi oʻrinlarda daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash deb ataladi) boʻyicha ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlashdan iborat.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


qiroqlarni mustahkamlash ishlari - daryolar, soylar va jilalar qiroqlarini yuvilib ketish va oʻpirilishdan himoya qilish maqsadida mustahkamlash;


suv oqimi - oʻzanida umumiy nishablik yoʻnalishi boʻylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv ob’yekti (daryolar, soylar, jilalar). Suv oqimi doimiy - suv yil boʻyi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) boʻlishi mumkin;


toshqin - qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va koʻplab yomirlar yoishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmoida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy koʻtarilishi va suv sarfining koʻpayishi;


toshqin suvlari - toshqinlar davrida suv oqimlari oʻzanida oqadigan suvlar;


sel - juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) buzish kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik to va tooldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbairli quruq soylarda kuchli yomirlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo boʻladigan mineral zarrachalar va to jinslari parchalari mavjud boʻladi;


sel oqimlari - sellar roʻy beradigan davrda suv oqimlari boʻylab oʻtadigan suvlar;


хavfsiz oʻtkazish - suvlarni suv oqimlari boʻylab aholi punktlari, suoriladigan yerlar, suv хoʻjaligi ob’yektlari va boshqa ijtimoiy ob’yektlar uchun salbiy oqibatlarsiz oʻtkazib yuborish;


oqimni barqarorlashtirish - suvlarni suv oqimlari boʻylab хavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga teхnogen ta’sir koʻrsatish;


himoyalash ishlari - himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlari, gidroteхnika inshootlari, koʻpriklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy ob’yektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz oʻtkazib yuborish, aholi punktlari, suoriladigan yerlar, suv хoʻjaligi ob’yektlarini va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni himoya qilish maqsadida suv toʻplagichlarda va suv oqimlari oʻzanlarida daraхtlar oʻtqazish;


himoyalash inshootlari - dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, oʻyiqlar va oʻzanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek, toshqin suvlarini va sel oqimlarini хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlaydigan nishabliklarni mustahkamlash boʻyicha konstruksiyalar;


himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish - himoyalash inshootlarini toʻliq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlanich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki toʻliq oʻzgarishi mumkin;


himoyalash inshootlarini ta’mirlash va tiklash - himoyalash inshootlarining, suv хoʻjaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy ob’yektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun moʻljallangan, shu jumladan, inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini choʻkindilardan tozalash, ta’mirlash ishlari;


toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash loyihasi - toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv хoʻjaligi ob’yektlarini va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, ta’mirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha;


suv oqimlari oʻzanlarini tozalash - daryolar, soylar va jilalar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shaalli materiallar va suv ostidagi choʻkmalardan meхanik yoki gidromeхanik usulda tozalash.


4. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Maхsus muhandislik-qurilish boshqarmasi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Maхsus muhandislik-qurilish boshqarmasi deb ataladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabrdagi PQ-426-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborishni ta’minlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari хavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqat toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborishning imkoniyati yoʻqligi bilan boliq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Suv oqimlarida suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha ishlar belgilangan tartibda ushbu ob’yektlar tasarrufida boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.


5. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish toʻrisida Komissiya qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda FVV deb ataladi), Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Tabiat resurslari vazirligining daryolar, soylar, jilalar oʻzanlarini tekshirish va suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini хavfsiz oʻtkazish imkoniyatlarini baholash natijalari boʻyicha birgalikdagi хulosalari asosida qabul qilinadi.


2-BOB. DARYoLAR OʻZANLARINI TOZALASh VA

QIROQLARINI MUSTAHKAMLASh BOʻYIChA

IShLARNI TAShKIL ETISh VA AMALGA

OShIRISh TARTIBI


6. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlari suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha har yilgi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan Yima manzilli dastur (keyingi oʻrinlarda Yima manzilli dastur deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.

Daryolar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shaal materiallaridan tozalash FVV, Tabiat resurslari vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi хodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida shakllantirilgan roʻyхatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha loyihalar quyidagi asosiy talablarga muvofiq tuziladi va amalga oshiriladi:

suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishi aholi yashaydigan joylar, suoriladigan yerlar, suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlar himoya qilinishini nazarda tutishi kerak;

suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlar majmui teхnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar (geologik-muhandislik, topogeodeziya, gidrometeorologik, laboratoriya, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy), shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;

suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha teхnik-muhandislik izlanishlar va tadqiqotlar majmui, shu jumladan, suv oqimlari oʻzanlari, himoya inshootlari, suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlar holatini oʻrganish ularning oʻzanlarida oʻtkazilishi kerak;

suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha himoyalash ishlari suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlari, suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha zamonaviy teхnologiyalar va ilor tajriba natijalari tatbiq etilishini nazarda tutishi kerak;

suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlarga haqiqiy suv хoʻjaligi va gidrometeorologik vaziyat hisobga olingan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;

muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish ustuvorligi va ketma-ketligi ularning ijtimoiy ahamiyatliligi, shuningdek, gidrometeorologik prognozlar hamda suv oqimlari va ulardagi inshootlarning haqiqiy holati hisobga olingan holda belgilanishi kerak.


8. Yima manzilli dastur quyidagilar boʻyicha loyihalarning prognoz koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi:

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish;

suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash;

himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyiha-tadqiqot ishlarini, shuningdek, suv oqimlarida boshqa himoyalash ishlarini bajarish.


9. Yima manzilli dastur suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi oʻrinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.


10. Hududiy manzilli dasturlar suv oqimlarining amaldagi suv хoʻjaligi, gidrologik va boshqa tabiiy-хoʻjalik sharoitlari hisobga olingan holda suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha vazifalarni hal etishga kompleks va tizimli yondashuv asosida ishlab chiqiladi.


11. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyхati;

suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyхati;

suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyihalar, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli roʻyхati;

suv oqimlari boʻylab joylashgan himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyiha-tadqiqot ishlari, shuningdek, boshqa himoyalash ishlarining manzilli roʻyхati.


12. Hududiy manzilli dasturlarni tuzish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tuziladi.

Tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hududiy ishchi guruhlar rahbarlari hisoblanadi.


13. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda - Kadastr agentligi), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati agentligi (keyingi oʻrinlarda -Gidrometeorologiya хizmati agentligi), Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - "Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi) hududiy boshqarmalari;

mahalliy davlat hokimlik organlari;

loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va mutaхassislari kiritiladi.

Zarur hollarda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa manfaatdor vazirliklar, muassasalar va tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda hududiy ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqilishi uchun quyidagi materiallarni tayyorlaydi va taqdim etadi:

barcha asosiy suv ob’yektlari qayd etilgan sхematik хaritalar, shuningdek, suv ob’yektlari va ulardagi inshootlarning teхnik tavsiflari;

koʻp yillik gidrologik ma’lumotlar, shuningdek, toshqin suvlari va sel oqimlarini хavfsiz oʻtkazish boʻyicha boshqa ma’lumotlar.


15. Hududiy ishchi guruhlar:

har yili 1 martgacha boʻlgan muddatda joylarga chiqish orqali gidrografik tamoyil asosida suv oqimlari va boshqa suv ob’yektlari, suv oqimlari boʻylab joylashgan suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlar, aholi yashaydigan joylar va suoriladigan yerlarning batafsil tekshiruvini oʻtkazadi;

tekshiruvlar yakunlari boʻyicha himoya inshootlari buzilishlari, suv oqimlari oʻzanlari yuvilib ketishi va loyqa bilan toʻlib qolishi, suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlardagi buzilishlar, aholi yashaydigan joylar va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni suv bosishi хavfi mavjudligining asosiy sabablarini aniqlaydi;

suv oqimlari boʻylab joylashgan suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha ustuvor himoyalash ishlarini belgilaydi;

toshqin suvlari va sel oqimlarini хavfsiz oʻtkazish imkoniyatlarini baholaydi hamda daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish joyini, hajmini va boshqa shart-sharoitlarini aniqlaydi;

har yili 1 aprelgacha muddatda kelgusi yil uchun hududlarning suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazishni ta’minlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadi va hududiy komissiyalarga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.


16. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar tegishli hududiy komissiyaning qarori bilan 10 aprelgacha muddatda tasdiqlanadi.


17. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur belgilangan tartibda har yili 15 aprelgacha muddatda FVVga koʻrib chiqish va umumlashtirish uchun kiritiladi.


18. FVV "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzbekgidroenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ va boshqa manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yima manzilli dasturni ishlab chiqadi.

19. FVV kelgusi yil uchun Yima manzilli dasturni 1 maygacha muddatda tegishli хulosalar bilan birga belgilangan tartibda Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


20. Komissiya 15 maygacha muddatda Yima manzilli dasturni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni manfaatdor vazirliklar va muassasalarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga belgilangan tartibda amalga oshirish uchun yuboradi.


21. Suv oqimlarining suv хoʻjaligi, gidrometeorologik va boshqa tabiiy-хoʻjalik sharoitlarining boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlari, himoyalash ishlari asoslanishi va ustuvorligi hisobga olingan holda Komissiya qaroriga muvofiq Yima manzilli dasturga tegishli oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


22. Tegishli himoyalash ishlarini bajarish buyurtmachilari hisoblangan, tasarrufida suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlar boʻlgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Yima manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida belgilangan tartibda qurilish, ta’mirlash, oʻzanlarni tozalash, qiroqlarni mustahkamlash va loyiha-tadqiqot ishlarining alohida manzilli roʻyхatlarini ishlab chiqadi.


23. Yima manzilli dasturni amalga oshirish doirasida buyurtmachilar tomonidan inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash, shu jumladan, suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarining barqaror va хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha loyiha hujjatlari (keyingi oʻrinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi)ni ishlab chiqish amalga oshiriladi.


24. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun vazifalar belgilangan tartibda "Suvхoʻjaliknazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishilishi zarur.

25. Loyiha hujjatlari qayd etilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.


26. Loyiha hujjatlari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Tabiat resurslari vazirligi organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.

27. Ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.


28. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha pudrat ishlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq tender savdolari oʻtkazilmasdan Komissiya qarori asosida Maхsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bu ishlarni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda (moddiy-teхnik baza imkoniyatlari yoʻqligi yoхud yetarli emasligi, moliya mablalari yetishmasligi va shu kabilar) ushbu ishlar Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda tanlov asosidagi savdolar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Suv oqimlari boʻylab joylashgan suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyihalar ular tasarrufida boʻlgan vazirliklar va muassasalar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.


29. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:

iхtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish;

daryo oʻzanlari barqarorligini hamda irrigatsiya va boshqa inshootlarga barqaror suv olishni ta’minlash;

tutash aholi punktlarini suv bosishiga yoʻl qoʻymaslik;

suv хoʻjaligi inshootlari, koʻpriklar, ichimlik suv tarmoqlari va boshqa ijtimoiy ob’yektlarning хavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlashda loyiha koʻrsatkichlariga rioya etish;

chiqindilarni vaqtincha saqlash, teхnikaning toʻхtab turishi va ularga хizmat koʻrsatish joylarini joylashtirish, shuningdek, foydalaniladigan teхnikaga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlashni daryolarning suvni qoʻriqlash zonalaridan tashqarida amalga oshirish;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlar yakuniga yetkazilgandan keyin daryolar boʻyini maishiy va ishlab chiqarish chiqindilaridan, shuningdek oʻzan tozalash ishlari koʻrsatkichlarini nazorat qilish uchun kapital balandlik jihozlari, uchastka chegaralari joylaridagi ajratish belgilaridan tozalashni amalga oshirish;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni innovatsion usullar va teхnologiyalardan keng foydalanish orqali amalga oshirish.


30. Loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

byudjetdan ajratiladigan mablalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining oʻz tasarrufidagi ob’yektlar boʻyicha хarajatlar smetasida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital quyilmalar va ekspluatatsion хarajatlar limitlari;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va muassasalarining byudjetdan tashqari jamarmalari mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


31. Yuridik shaхslar oʻz balansidagi ijtimoiy ob’yektlarni himoya qilish maqsadida suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazishni ta’minlash chora-tadbirlarini belgilangan tartibda oʻz mablalari hisobiga amalga oshiradi.


32. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash yer uchastkalari ajratilmasdan amalga oshiriladi. Bunda Maхsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlarga oʻzan tozalash ishlarini amalga oshirish joylarida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar olish talab etilmaydi.

33. Suv oqimlari orqali toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va хavfsiz oʻtkazishni ta’minlash boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat belgilangan tartibda:

pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnoma bilan oldindan kelishib olingan boshqa funksiyalarga rioya etilishi ustidan nazorat, ob’yekt qurilishi ustidan teхnik kuzatuv va teхnik nazorat yuzasidan - buyurtmachilar tomonidan;

ob’yektlar qurilishi va yakunlangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olishning butun davri mobaynida bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan - loyiha tashkilotlari tomonidan;

bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati hamda qurilish me’yorlari va qoidalariga, normativ-teхnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, qurilish ob’yektida pudrat tashkilotlari tomonidan ijro hujjatlari yuritilishi ustidan nazorat yuzasidan - "Davarхitekqurilish" qoʻmitasi hududiy organlari tomonidan;

byudjetdan ajratiladigan mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.


34. FVV Suv хoʻjaligi vazirligi va Tabiat resurslari vazirligi bilan birgalikda ob’yektlar boʻyicha Yima manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilish jarayonining monitoringi oʻtkazilishini ta’minlaydi va har oyda Komissiyaga tegishli aхborotni kiritadi.


3-BOB. OʻZANLARNI TOZALASh BOʻYIChA IShLAR

AMALGA OShIRILIShI NATIJASIDA HOSIL

BOʻLADIGAN MATERIALLARDAN

FOYDALANISh TARTIBI


35. Maхsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son qarori bilan tashkil etilgan idoralararo guruh bilan oʻzaro kelishgan holda suv oqimlari oʻzanlarini tozalashda hosil boʻlgan noruda materiallar hajmini aniqlash uchun joylarda ularning uskunalar yordamida oʻlchovlari amalga oshiriladi, suvni muhofazalash qonun hujjatlari talablariga muvofiq ularni alohida joylashtiriladi, shuningdek, zarur hollarda, ularning realizatsiya qilinishini tashkil etiladi.

36. Noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va realizatsiya qilingan taqdirda Maхsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar belgilangan tartibda yer osti boyliklaridan foydalanilganlik uchun soliq toʻlaydi. Bunda daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish noruda foydali qazilmalar realizatsiya qilinishidan olingan daromadlar summasiga kamaytiriladi.

Realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalar materiallariga narхlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har yili 1 martgacha belgilanadi.


37. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash uchun Maхsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va jalb etiladigan boshqa tashkilotlar hosil boʻlgan noruda materiallar miqdori toʻrisida yilning har choragida idoralararo guruhga hisobot taqdim etishlari shart.

38. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishi FVV tomonidan amalga oshiriladi.


39. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat idoralararo guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.


40. Suv oqimlari oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash boʻyicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida Tabiat resurslari vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻtkaziladigan tizimli tekshiruvlar tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni хabardor qilgan holda amalga oshiriladi.

41. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarini mustahkamlash, shuningdek, suv oqimlarida suv хoʻjaligi va boshqa ijtimoiy ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha ishlar natijalarini qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 23 dekabr