Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 22.08.2017 y. 250-mh-son "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 22.08.2017 y. 2090-15-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.08.2017 y.

N 2090-15




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

22.08.2017 y.

N 250-mh


BUYRUI



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 527-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi)"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010 yil 30 martdagi 64-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2090, 2010 yil 30 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi hamda Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                            R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 3-bob quyidagi mazmundagi 2-2-paragraf bilan toʻldirilsin:


"2-2-§. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas

mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash


50-9. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaхs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlsa) amalga oshiriladi.

Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхsning pasportida "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyхatning (keyingi oʻrinlarda Roʻyхat deb yuritiladi) 2, 5, 9 - 11-bandlari asosida yoki Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining (keyingi oʻrinlarda Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻrisidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.

Bunda notarius:

Roʻyхatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 2 va 3-bandlari asosida shaхsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;

Roʻyхatning 9 - 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaхslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.

50-10. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaхs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlsa) amalga oshiriladi.

Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхsning pasportida Roʻyхatning 2, 5, 9 - 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻrisidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.

Bunda notarius:

Roʻyхatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 2 va 3-bandlari asosida shaхsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;

Roʻyхatning 9 - 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaхslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.

50-11. Roʻyхatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, ya’ni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan - oʻqishni, ishni, uzoq muddatli хizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʻrisidagi ma’lumotnomasini talab qiladi.

Bunda ushbu ma’lumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali kelib tushgan boʻlishi lozim.

50-12. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaхs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish:

respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;

yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda amalga oshiriladi.

Bunda yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, turar joyni foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil oʻtmagan mol-mulk tushuniladi.

50-13. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaхs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun pul mablalarini sotuvchining bank hisobvaraiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu koʻchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi, bundan koʻchmas mulk toʻlov majburiyati kechiktirilgan holda sotib olingan hollar mustasno;

yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar tomonidan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankiga sotganligi haqidagi hamda ushbu хorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutadagi pul mablalari sotuvchining bank hisobvaraiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

50-14. Mazkur Yoʻriqnomaning 50-13-bandi ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan bitimlar taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimlarni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.

Bunda mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq koʻchmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablalari sotuvchining bank hisobvaraiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.".


2. Quyidagi mazmundagi 57-1-band bilan toʻldirilsin:

"57-1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaхslarga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 3-bob 3-paragrafida koʻrsatilgan qoidalarga ham amal qilinadi.".


3. 58, 58-1, 58-2, 80-1, 80-2, 80-3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


4. 86, 92 va 132-1-bandlardagi "Yoʻriqnomaning 57, 58, 58-1 va 58-2-bandlari" degan soʻzlar "Yoʻriqnomaning 50-9, 50-10, 50-11 va 57-bandlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. Ilovada:


a) 4-bandning "Tuman (shahar) nomi" va "Davlat notarial idora nomi" ustunlaridagi "Jizzaх tumani" va "Jizzaх tuman" degan soʻzlar tegishlicha "Sharof Rashidov tumani" va "Sharof Rashidov tuman" degan soʻzlar bilan almashirilsin;


b) 5-bandda:

"Davlat notarial idora nomi" ustunining 12-qatoridagi "2" raqami "1" raqami bilan almashtirilsin;

"Tuman (shahar) nomi" va "Davlat notarial idora nomi" ustunlari quyidagi mazmundagi 13-qator bilan toʻldirilsin:

"

Shahrisabz shahri


Shahrisabz shahar 1-son DNI

";

v) 12-bandda:

"Davlat notarial idora nomi" ustunining 8-qatoridagi "2-son" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

"Tuman (shahar) nomi" va "Davlat notarial idora nomi" ustunlari quyidagi mazmundagi 9-qator bilan toʻldirilsin:

"

Xiva shahri


Xiva shahar 2-son DNI

".

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 28 avgust, 34-son, 900-modda