Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2018 y. 554-son "Fuqarolar yigʻini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.07.2018 y.

N 554




FUQAROLAR YIINI HUZURIDAGI "OTA-ONALAR

UNIVERSITETI" JAMOATChILIK TUZILMASI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, farzand tarbiyasiga oid masalalarda ota-onalarning malakasini oshirishda yordam berish, bu borada oilalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Fuqarolar yiini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi toʻrisida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi ijro apparati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda ota-onalarning bilimlarini oshirishga qaratilgan mashulotlarni oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin.


3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

ikki oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida barcha fuqarolar yiinlari huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmalarining nizomlarini qayta koʻrib chiqsin;

"Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish bilan boliq tadbirlar va mashulotlarni oʻtkazish uchun fuqarolar yiinlari binolarida zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:

"Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmalari faoliyatining doimiy monitoringini olib borsin hamda ushbu monitoring natijalari boʻyicha har chorakda Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari yiilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etsin;

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan "Eng namunali хotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaхassis" koʻrik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari va a’zolarini rabatlantirish boʻyicha alohida nominatsiyani joriy etsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari va a’zolari uchun oilada solom turmush tarzini ta’minlash, ota-onalar, yoshlar va boshqa shaхslarga farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish borasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqsin hamda amalga oshirilishini ta’minlasin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 oktyabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yiinining хotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiyasi toʻrisida namunaviy nizomning 15-bandi ikkinchi хatboshisidagi "fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi" soʻzlari "хotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaхassis" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolar yiini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 11 avgustdagi 621-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 8-son, 171-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 19 iyul