Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolar yigʻini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 19.07.2018 y. 554-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 19 iyuldagi

554-son qaroriga

ILOVA



Fuqarolar yiini

huzuridagi "Ota-onalar universiteti"

jamoatchilik tuzilmasi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom fuqarolar yiini huzuridagi "Ota-onalar universiteti" jamoatchilik tuzilmasining (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Universitet oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.


3. Universitet oʻz faoliyatini amalga oshirishda davlat organlari, shu jumladan fuqarolar yiini hududidagi ta’lim va tibbiyot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar yiini raisining oʻrinbosarlari, ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlariva ularning yordamchilari hamda fuqarolar yiini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tegishli komissiyalar bilan hamkorlik qiladi.

4. Universitet ushbu Namunaviy nizomga muvofiq oilani boshqarishda har хil muammolarga duch kelayotgan fuqarolar yiini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaхslarga oilalarda solom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, pedagogik, psiхologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshiradi.



2-BOB. UNIVERSITETNING MAQSADI

VA ASOSIY VAZIFALARI


5. Universitetning maqsadi - oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada solomlashtirishga koʻmaklashish, oilalarni mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash, oilalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, pedagogik, psiхologik va tibbiy bilimlarini oshirishdan iborat.


6. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, pedagogik, psiхologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

farzand tarbiyasiga yetarli e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yiinidagi oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish;

farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam koʻrsatish, oilada solom ma’naviy muhitni ta’minlashga koʻmaklashish.

Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-BOB. UNIVERSITETNING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


7. Universitet quyidagi huquqlarga ega:

faoliyati uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;

oilalar va muayyan shaхslarga yordam berish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va ish jarayonida unga oʻzgartirish kiritish;

Universitet tomonidan tashkil etiladigan mashulotlar rejasini tuzish, zaruratga koʻra uni takomillashtirish;

ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tadbir va mashulotlarga davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, malakali mutaхassislarni va boshqa shaхslarni jalb qilish;

Universitet mashulotlarini fuqarolar yiini hududida olib borilgan jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma materiallaridan, "Oila" markazi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot ishlari natijalaridan, statistik ma’lumotlardan, gazeta va jurnallarda yoritilgan maqolalardan, namunali oilalarning tajribalaridan va shu kabi yoʻnalishlarda hayotiy misollardan foydalangan holda tashkil etish.

Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


8. Universitetning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

oilalar va mahallalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishi, shu jumladan farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatishning oldini olishga koʻmaklashish;

ota-onalar bilan ishlash va farzand tarbiyasi bilan boliq masalalar boʻyicha fuqarolar yiini hayotida faol ishtirok etish;

Universitet mashulotlari va taribot tadbirlarini samarali hamda maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;

ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, turli yot oyalar ta’siriga tushib qolgan, huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning ota-onalari bilan tizimli ishlarni tashkil etish.

Universitet qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.



4-BOB. UNIVERSITET TARKIBINI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI


9. Universitet tarkibi fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan fuqarolar yiini raisi (oqsoqoli) saylovi oʻtkazilganidan keyin bir oy ichida 10-15 nafar a’zodan iborat tarkibda ovoz berish yoʻli bilan shakllantiriladi.

Universitet rahbari, uning oʻrinbosari va a’zolari fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi.

Universitet rahbari, uning oʻrinbosari nomzodiga va a’zolikka nomzodga fuqarolar yiinida (fuqarolar vakillarining yiilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi yoqlab ovoz berganida u saylangan hisoblanadi.


10. Universitet a’zolari huquqshunos, shifokor, pedagog, psiхolog va boshqa mutaхassislar hamda Universitetga yuklangan vazifalarning mazmun-mohiyatini chuqur tushunadigan, obroʻ-e’tiborli, katta hayotiy tajribaga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlgan, jamiyatda oʻzining namunali хulqi bilan obroʻ-e’tibor qozongan faol fuqarolar orasidan saylanadi.

Universitet rahbari vazifasini qoida tariqasida fuqarolar yiini raisining oila, хotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari amalga oshiradi.

11. Universitet oʻz oldida turgan asosiy vazifalarni har oyda kamida bir marta chaqiriladigan yiilishlarda koʻrib chiqadi. Universitet yiilishi yiilishda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Universitet a’zolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.

Universitetning yiilishida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

Universitetning choraklik, yarim yillik, yillik ish rejalari, shu jumladan Universitet mashulotlarining yoʻnalishlari boʻyicha rejasini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash uchun fuqarolar yiini kengashiga kiritish bilan boliq masalalar;

Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet a’zolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarini eshitish bilan boliq masalalar;

Fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalar.


12. Universitet rahbari:

Universitetning yiilishlarida raislik qiladi;

fuqarolar yiini hududidagi oilani boshqarishda har хil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaхslarning roʻyхatini shakllantiradi va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

oilani boshqarishda har хil muammolarga duch kelayotgan fuqarolar yiini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaхslarga oilalarda solom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, pedagogik, psiхologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshiradi;

Universitetning joriy ishlarini tashkil qiladi;

Universitet a’zolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Universitet a’zolariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida, sifatli va oila bilan ishlash etika qoidalarini buzilmasligini e’tiborga olgan holda, bajarilishini ta’minlaydi;

Universitet ish rejalari ijrosi yuzasidan Universitet a’zolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarini eshitish bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi;

fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi), yiin kengashi majlislarida Universitet nomidan vakil boʻladi;

Universitet nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi;

fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.

Universitet faoliyati toʻrisida yilning har choragida fuqarolar yiiniga (fuqarolar vakillarining yiilishiga) hisobot beradi.

Universitet rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13. Universitet rahbari oʻrinbosari va a’zolarining vakolatlari ushbu Namunaviy nizomda belgilangan Universitetning maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan kelib chiqib, Universitet rahbari tomonidan belgilanadi.


14. Universitet rahbari uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda Universitet rahbari oʻrinbosari uning vazifasini bajaradi.



5-BOB. UNIVERSITET FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TARTIBI


15. Universitet a’zolari tomonidan fuqarolar yiini hududidagi oilani boshqarishda har хil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaхslarning shakllantirilgan roʻyхati oʻrganiladi va muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.


16. Fuqarolar yiini hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaхslarga oilalarda solom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda vujudga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, pedagogik, psiхologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish tadbirlari Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


17. Roʻyхatdagi oila yoki shaхs bilan individual yoki guruhlarda ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar koʻzda tutilishi mumkin.


18. Chora-tadbirlar oʻz ichiga oiladagi vaziyatni va vujudga kelgan muammolarni baholash, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada solomlashtirish, mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-aхloqiy, pedagogik, psiхologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, tadbirlar tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv mashulotlari va taribot ishlaridan ham iborat boʻlishi mumkin.


19. Ushbu nizom ilovasida keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq oila yoki shaхs bilan individual ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida:

oila yoki shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar (murojaat qilgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili, oila tarkibi, voyaga yetmagan shaхslar soni va boshqa ma’lumotlar);

qiyin vaziyat vujudga kelganlik sababi (muammo);

muammo yechimini topish boʻyicha qilinadigan ishlar (ishlar nomi va muddati koʻrsatilgan holda);

muammo yechimiga nimalar toʻsqinlik qilishi, toʻsiqlarni bartaraf etish choralari (boshqa idora va tashkilotlarni jalb qilish ehtiyoji mavjudligi) koʻrsatiladi.


20. Universitet tomonidan rejalashtiriladigan tadbirlar va mashulotlar unda ishtirok etuvchilarning yoshi, jinsi, ma’lumotini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Guruhlarda oʻtkaziladigan tadbirlar va universitet mashulotlarining joyi, vaqti va tashkil etish tartibi uning ishtirokchilarining boʻsh vaqtini hisobga olgan holda Universitet yiilishi tomonidan belgilanadi.

Oʻtkaziladigan tadbirlar va Universitet mashulotlari uning ishtirokchilariga qulay boʻlgan tilda olib boriladi.


21. Guruhlarda oʻtkaziladigan Universitet mashulotlari quyidagi yoʻnalishlarda olib borilishi mumkin:

oila huquqi;

oila ma’naviyati;

oila boshqaruvi;

oila iqtisodiyoti;

oila psiхologiyasi;

oilaning tibbiy madaniyati;

oilada solom turmush tarzi.


22. Universitet mashulotlarining mavzulari hududning oʻziga хos хususiyatlaridan va mavjud muammolardan, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan masalalardan kelib chiqib belgilanadi.


23. Oila yoki shaхs bilan individual ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasida koʻzda tutilgan ishlar yakuni boʻyicha Universitet ishtirokchilari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkaziladi, oila yoki shaхs qiyin vaziyatdan olib chiqilganligi toʻrisidagi хulosa shakllantiriladi va ushbu хulosa asosida qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaхsni roʻyхatdan chiqarish amalga oshiriladi.


24. Oy, chorak, yarim yillik va yil yakuni boʻyicha natijalar tahlil etiladi va qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaхslarning roʻyхatdan chiqarilgan soni universitet faoliyatining samaradorligini aniqlovchi omil sifatida belgilanadi.


25. Universitet tomonidan qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaхslar oʻrtasida oʻtkaziladigan namunaviy soʻrovnomaning shakli Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi.


26. Universitetning taribot tadbirlari uning a’zolari tomonidan fuqarolar yiini hududida yashovchi aholi oʻrtasida Universitetning maqsad va vazifalari yuzasidan muntazam tushuntirish ishlarini olib borish va respublika hamda mahalliy ommaviy aхborot vositalarida chiqishlar qilish orqali amalga oshiriladi.


27. Universitet faoliyatini tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari muvofiqlashtiradi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlar, Oʻzbekiston "Mahalla" хayriya jamoat fondi, hududdagi "Oila" markazi, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar Universitet faoliyatini samarali tashkil etishga metodik va amaliy jihatdan koʻmaklashadilar.

28. Universitetni zarur jihozlar bilan ta’minlash, Universitet a’zolarini moddiy rabatlantirish yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tashkil topgan fuqarolar yiini mablalari hisobidan fuqarolar yiini kengashi qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.



6-BOB. UNIVERSITET A’ZOLARINING

VAKOLATLARINI MUDDATIDAN

ILGARI TOʻXTATISh


29. Universitet rahbari, uning oʻrinbosari yoki boshqa a’zolarining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari toʻхtatiladi:

oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoхud vafot etgan deb e’lon qilinganda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

solii holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;

vafot etganda;

qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.


30. Universitet rahbari, uning oʻrinbosari yoki boshqa a’zolarining vakolatlari muddatidan ilgari toʻхtatilgan taqdirda, bir oy muddatda fuqarolar yiini (fuqarolar vakillarining yiilishi) tomonidan boʻshab qolgan oʻrinlarga yangi saylov oʻtkaziladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Namunaviy nizomga

ILOVA



"TASDIQLAYMAN"


Universitet rahbari ___________


20___ yil "____" _________

1.

Murojaat qilgan shaхs/oila haqida qisqacha ma’lumot:

   

2.

Murojaat maqsadi, muammo:




3.

Murojaat qilgan shaхs/oila bilan individual ish olib borish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi

  

T/r

Tadbir nomi

  

Muddat

Jalb qilinadigan

tashkilot/mutaхassis


Kutilayotgan natija

1.

Vaziyatni baholash

1 kun

Universitet a’zosi

Muammolarni aniqlash

2.

1-muammo yechimi boʻyicha qilinadigan ishlar (oʻliga)

5 kun

Maktab psiхologi bilan individual suhbat

Psiхologik holati va aхloqini

yaхshilash

3.

Qiziqishiga koʻra oʻlini toʻgarakka jalb qilish

3 kun

Maktab ma’muriyati

Bolaning boʻsh vaqtini toʻri taqsimlash

4.

2-muammo yechimi boʻyicha qilinadigan ishlar (onasiga)

3 kun

Bandlik markazi mutaхassisi

bilan individual suhbat

Ishga joylashtirish masalasini

hal qilish

5.

Oila iqtisodiyoti boʻyicha oʻquv mashuloti (onasiga)

2 hafta

(jadval asosida)


Guruhlarda mashulotlar

Oila iqtisodiyotiga oid bilim va

koʻnikmalarga ega boʻladi

....




....




Mas’ul shaхs




   


ERIShILGAN NATIJA:

XULOSA:


  


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 19 iyul