Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 09.03.2018 y. 01/19-10/17-son "Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) "Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash"ni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 17.03.2018 y. 2359-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.03.2018 y.

N 2359-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA

KOʻMAKLAShISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASINING

09.03.2018 y.

N 01/19-10/17


QARORI



"Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash

milliy standarti (12-son MBMS) "Soliq solish

maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk

qiymatini baholash"ni tasdiqlash toʻrisida"gi qaror,

shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini

yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi OʻRQ-454-son "Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012 yil 25 martdagi 01/19-18/06-son "Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) "Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash"ni tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2359, 2012 yil 8 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 19-son, 211-modda);

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016 yil 26 maydagi 01/27-26/32-son "Oʻzbekiston Respublikasining Mulkni baholash milliy standarti (12-son MBMS) "Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash"ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2359-1, 2016 yil 1 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 22-son, 253-modda).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati va Oʻzbekiston baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                       R. Gulyamov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 17 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 26 mart, 12-son, 230-modda