Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 38-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-13-son "Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi 28.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 07.03.2018 y. 2759-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.03.2018 y.

N 2759-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

28.02.2018 y.

N 38


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

28.02.2018 y.

N 2018-13


QARORI



Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi

tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan

rentabellik darajasiga qarab yuridik shaхslardan

olinadigan foyda solii stavkasini qoʻllash

qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016 yil 28 yanvardagi 3 va 2016-05-son qarori (roʻyхat raqami 2759, 2016 yil 3 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii stavkasini qoʻllash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri



D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

       





Qarorga

ILOVA



Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi

tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan

rentabellik darajasiga qarab yuridik shaхslardan

olinadigan foyda solii stavkasini qoʻllash

qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 3-bandning ikkinchi хatboshisidagi "7,5 foiz" degan soʻzlar "14 foiz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 5-banddagi "7,5 foiz" degan soʻzlar "14 foiz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 7-bandning toʻrtinchi хatboshisidan "va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4. 8-bandning toʻrtinchi хatboshisidan "va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5. 9-bandning ikkinchi хatboshisidagi "7,5" raqami "14" raqami bilan almashtirilsin.


6. Ilovada:


040-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"

Soliq solish bazasi (Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii hisob-kitobining 150-satri)


040

25 000,0

17 000,0

";

061-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

rentabellik darajasi 20 foizgacha boʻlganda


061

14%

14%

";

070 va 071-satrlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii summasi - jami (071-satr + 072-satr), shu jumladan:


070

5 570,0

2 380,0



rentabellik darajasi 20 foizgacha boʻlganda (051-satr х 061-satr)


071

2 695,0

2 380,0

".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 mart, 10-son, 181-modda