Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 36-son, Markaziy bank Boshqaruvining 336-V-1-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-08-son "Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 28.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 07.03.2018 y. 2716-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.03.2018 y.

N 2716-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

28.02.2018 y.

N 36


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

28.02.2018 y.

N 336-V-1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

28.02.2018 y.

N 2018-08


QARORI



Tijorat banklari tomonidan kredit

portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy

moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaхslardan

olinadigan foyda solii boʻyicha soliq imtiyozlarini

qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015 yil 14 sentyabrdagi 79, 336-V, 2015-29-son qarori (roʻyхat raqami 2716, 2015 yil 29 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 39-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Markaziy bank raisi


M. Nurmuratov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev





Qarorga

ILOVA



Tijorat banklari tomonidan kredit

portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy

moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaхslardan

olinadigan foyda solii boʻyicha soliq imtiyozlarini

qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 7-banddan "hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solii" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 2-ilovada:


100 va 110-satrlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

IV. Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining belgilangan stavkasi, %


100

22



V. Tuzatilgan soliq stavkasi, %


110

17,6

";

2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soliining amaldagi stavkasida 22 foiz va kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi sharoitida tuzatilgan soliq stavkasi 17,6 foizni (22 х 80%) tashkil etadi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 7 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 mart, 10-son, 180-modda