Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 43-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-15-son "Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 28.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 09.03.2018 y. 1909-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.03.2018 y.

N 1909-4

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

28.02.2018 y.

N 43


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

28.02.2018 y.

N 2018-15


QARORI



Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009 yil 10 fevraldagi 21, 2009-10-son qarori (roʻyхat raqami 1909, 2009 yil 24 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

      





Qarorga

ILOVA



Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab

chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"sof qoʻshimcha foyda - qoʻshimcha foyda qismiga toʻri keladigan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan, hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir".


2. 3-banddan "solii hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. Ilovaning 060-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

Qoʻshimcha foydaga toʻri keladigan qismi boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr х __%)


060

AQSh

doll.





".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 mart, 10-son, 184-modda