Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 42-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-14-son "Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 28.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 09.03.2018 y. 1908-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.03.2018 y.

N 1908-5

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

28.02.2018 y.

N 42


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

28.02.2018 y.

N 2018-14


QARORI



Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini

hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009 yil 9 fevraldagi 20, 2009-9-son qarori (roʻyхat raqami 1908, 2009 yil 24 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 9-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

      





Qarorga

ILOVA



Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soliini

hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 2-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"sof qoʻshimcha foyda - qoʻshimcha foyda qismiga toʻri keladigan, davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalarni chegirib tashlangan, hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir".


2. 3-banddan "solii hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 1-ilovada:


060-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

Qoʻshimcha foydaga toʻri keladigan qismi boʻyicha davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr х __%)


060

ming soʻm


";

100-satrning "Koʻrsatkichlar" ustunidagi "*" belgisi chiqarib tashlansin;


izoh chiqarib tashlansin.


4. 2-ilovada:


060-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

Qoʻshimcha foydaga toʻri keladigan qismi boʻyicha davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar, jami __% stavkada: (050-satr х __%)


060

ming soʻm


";

100-satr "Koʻrsatkichlar" ustunidagi "*" belgisi chiqarib tashlansin;


izoh chiqarib tashlansin.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 9 mart


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 12 mart, 10-son, 185-modda