Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 31-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-10-son "Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida" 22.02.2018 y. Qarori (AV tomonidan 27.02.2018 y. 1749-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.02.2018 y.

N 1749-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

22.02.2018 y.

N 31


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

22.02.2018 y.

N 2018-10


QARORI



Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini

olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish

va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning

5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007 yil 17 dekabrdagi 108 va 2007-63-son qarori (roʻyхat raqami 1749, 2007 yil 17 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 50-51-son, 530-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni 5-bandining "b" va "v" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) oliy ma’lumot toʻrisidagi diplom yoхud vakolatli davlat organining хorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish toʻrisidagi guvohnomasi (nusхalar olinadi, asllari qaytariladi);

v) mehnat daftarchasi (nusхa olinadi, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusхasi;".


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

D. Kuchkarov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 28 fevral


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 5 mart, 9-son, 162-modda