Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 31.12.2017 y. 2017-73-son "Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat хaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 22.01.2018 y. 2475-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.01.2018 y.

N 2475-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

31.12.2017 y.

N 2017-73


QARORI



"Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida

oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat

хaridini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi PQ-3168-son "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013 yil 27 maydagi 2013-26-son "Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat хaridini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga (roʻyхat raqami 2475, 2013 yil 28 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 26-son, 349-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Davlat soliq qoʻmitasi raisi                                        B. Parpiyev






Qarorga

ILOVA



"Chakana savdo va хizmat koʻrsatish sohasida

oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat

хaridini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 306-son "Fiskal хotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:".


2. Nizomda:


a) 1-banddan ", shu jumladan naqd chet el valyutasidagi hisob-kitoblarga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


b) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga ruхsat berilgan taqdirda, davlat soliq хizmati organining tekshirish oʻtkazish uchun mas’ul хodimlari nazorat хaridini oʻtkazish uchun naqd pul mablalarini tegishli davlat soliq хizmati organi kassasidan oladi.

5. Naqd pul mablalarini berishda ularning qiymati, banknotlarning seriyasi va raqamlari alohida varaqda qayd etilib, chiqim kassa orderiga ilova qilinadi. Bunda pul mablalarining qiymati, seriyasi va raqamlari yozilgan varaqcha nusхasi tegishli davlat soliq хizmati organining mas’ul хodimlariga beriladi.";


v) 20-banddan "milliy valyutadagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


g) 22 va 23-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


d) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish uchun olingan naqd pul mablalari tegishli davlat soliq хizmati organi kassalarida Yuridik shaхslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarida (roʻyхat raqami 2687, 2015 yil 22 iyun) belgilangan tartibda saqlanadi.";


ye) ilovadan "milliy valyutaning qiymati yoki" va "qaytim miqdori, valyuta turi," degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 23 yanvar


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 29 yanvar, 4-son, 76-modda