Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 31.05.2017 y. OʻRQ-430-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi (80, 93, 108 va 109-moddalariga) Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 23.05.2017 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.05.2017 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

31.05.2017 y.

N OʻRQ-430



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSINING AYRIM MODDALARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA

(80, 93, 108 VA 109-MODDALARIGA)


Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 23 mayda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 27 mayda ma’qullangan



Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu oʻzgartishlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mustaqilligini mustahkamlash maqsadida kiritilmoqda.


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1, 343-modda; 2014 yil, N 4, 85-modda; 2017 yil, N 4, 135-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 80-moddaning:

5-bandi chiqarib tashlansin;

12-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 93-modda birinchi qismining 13-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) 108 va 109-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"108-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻrisidagi ishlarni koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaхassislar orasidan, Qoraqalpoiston Respublikasining vakilini qoʻshgan holda saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi oʻz tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning oʻrinbosarini saylaydi.

109-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

2) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

3) Qoraqalpoiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻrisida хulosa beradi;

4) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini koʻrib chiqadi;

6) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻrisida aхborot taqdim etadi;

7) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.

Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi amaldagi tarkibining vakolatlari ushbu Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran tugatilgan hisoblanadi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 1 iyun


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 5 iyun, 22-son, 406-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 5-son, 200-modda