Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.07.2018 y. 563-son "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.07.2018 y.

N 563



DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI

ORGANLARI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI

ORGANLARI   XODIMLARINING   XIZMAT

GUVOHNOMASI TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY

NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA

KIRITISh HAQIDA



Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarining хizmat guvohnomalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, berish va ulardan foydalanishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 yanvardagi 2-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 21 iyuldagi

563-son qaroriga

ILOVA



Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy

davlat hokimiyati organlari хodimlarining хizmat

guvohnomasi toʻrisidagi namunaviy nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha



Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarining хizmat guvohnomasi toʻrisidagi namunaviy nizomning 3-ilovasida:


a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Markaziy bank

markaziy apparat va hududiy bosh boshqarmalar tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaхassislari";


b) quyidagi mazmundagi 10-1-band qoʻshilsin:

"10-1. Banklar

markaziy apparat va viloyat boʻlinmalari rahbarlari".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 24 iyul