Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy sudning 56-son, Ichki ishlar vazirligining 47-son "Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi 25.06.2018 y. Qarori (AV tomonidan 25.07.2018 y. 2981-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.07.2018 y.

N 2981-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY SUDINING

25.06.2018 y.

N 56


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

25.06.2018 y.

N 47


QARORI




Sudlar, sud protsesslari va ular

ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlash

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi PF-5441-son "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 23 fevraldagi 11-87, 20-son qarori (roʻyхat raqami 2981, 2018 yil 15 mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018 y., 10/18/2981/0900-son) bilan tasdiqlangan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oliy sud raisi

K. Kamilov

Ichki ishlar vaziri

P. Bobojonov






Qarorga

ILOVA



Sudlar, sud protsesslari va ular

ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlash

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy aхborot vositalarida translyatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

14. Sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) ruхsatisiz olib kirish taqiqlanadi, mazkur Yoʻriqnomaning 14-1-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.".


2. Quyidagi mazmundagi 14-1-band bilan toʻldirilsin:

"14-1. Advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak.".


3. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Sudga tashrif buyuruvchi shaхslar oʻzlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud ma’muriyati tomonidan maхsus ajratilgan joylarda qoldirib kirishi hamda sud binosidan chiqishida oʻzi bilan olib ketishi lozim.".


4. 25-bandning oʻninchi хatboshisidagi "Milliy" degan soʻz "Davlat" degan soʻz bilan almashtirilsin.


5. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 26 iyul


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 30 iyul, 30-son, 633-modda