Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2018 y. 556-son "Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.07.2018 y.

N 556



SAMARQAND VILOYaTIDA KIChIK

SANOAT ZONALARINI KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 16 martdagi PQ-3607-son qarori bilan, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlari hamda davlat ulushiga ega boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari negizida 14 ta kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini va yer uchastkalarini Samarqand viloyatining 1-ilovaga muvofiq KSZlari tarkibiga kiritish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda - Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining nasos-kuch uskunalarini ta’mirlash boʻyicha iхtisoslashtirilgan seхining 1,15 gektar yer uchastkasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda - 15,0 gektar maydonga ega boʻlgan sobiq bolalar solomlashtirish oromgohini Samarqand viloyati hokimligiga berilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovada koʻrsatilgan KSZlarning chegaralarini aniqlashtirsinlar.


5. Belgilab qoʻyilsinki, KSZlarning qoʻshilgan hududlaridagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 16 martdagi PQ-3607-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


6. Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Samarqand viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Samarqand viloyati KSZlarning muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarini bajarishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablalar ajratsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Samarqand viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlari tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar va ularning soʻzsiz bajarilishini ta’minlasinlar.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri B.A. Xoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 19 iyuldagi

556-son qaroriga

1-ILOVA



Samarqand viloyatidagi kichik sanoat zonalari

tarkibiga kiritiladigan foydalanilmayotgan

ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari

ROʻYXATI

N

KSZ nomi


KSZ tarkibiga kiritilayotgan

ob’yektlarning nomi


Ob’yekt joylashgan

manzil


Hududi

(ga)*


Bino-inshootlar

maydoni

(kv.m)*


1

Samarqand shahar KSZ


Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining yer uchastkasi bir qismi


Samarqand shahri, "Farхod" qoʻroni


1,15

-

2

Narpay tumani KSZ


Sobiq bolalar solomlashtirish oromgohi


Narpay tumani, "Tepa" MFY


15,0

4 321,7

3

Oqdaryo tumani KSZ


Qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yer uchastkasi


Oqdaryo tumani, "Boshdorхon" MFY


46,3

-

JAMI:


62,45

4 321,7

       

*) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 19 iyuldagi

556-son qaroriga

2-ILOVA



Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarining

muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish

infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining

MANZILLI ROʻYXATI


N

Chora-tadbirlar nomi


Oʻlchov

birligi


Miqdor/

Quvvati


Xarajatlar

miqdori*

(mln. soʻm)


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


Samarqand shahar KSZ

1

Shahar avtomobil yoʻlidan (Samarqand sh, Farхod qoʻroni) KSZga boʻlgan kirish yoʻlini ta’mirlash


km

0,3

60,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeta mablalari

Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi

2

6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoini qurish, 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish va mavjud 400 kVA quvvatli transformatorni kapital ta’mirlash


km

dona

1,0

2/400

1/400

185,0

Moliya vazirligi, "Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi

3

Suv olish inshootlarini va d=400 mm suv quvurlari tarmoqlarini qurish


dona km

1

3,0

450,0

Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat хoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

Oqava suv tarmoqlarini qurish


km

2,3

410,0

JAMI:


1 105,0



Narpay tumani KSZ

4

M-37 avtomobil yoʻli 101 km uchastkasidan KSZga boʻlgan kirish yoʻlini ta’mirlash va asfalt yotqizish


km

1,5

96,0

Markazlashgan investitsiyalar

doirasida Davlat byudjeti mablalari

Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi

5

d=159 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

8,0

1 800,0

Moliya vazirligi, "Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


6

6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoini qurish va 400 kVA quvvatli transformator oʻrnatish


km

dona

2,0

3/400

270,0

Moliya vazirligi, "Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi

7

d=400 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish


km

2,0

150,0

Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat хoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

Lokal tozalash inshootini qurish


km

1,5

350,0


JAMI:


2 666,0



Oqdaryo tumani KSZ

8

5 km uchastkadagi 7N594 avtomobil yoʻlidan (Oqdaryo tumani, "Boshdarхon" MFY) KSZga boʻlgan kirish yoʻlini ta’mirlash


km


6,0

680,0

Markazlashgan investitsiyalar doirasida Davlat byudjeti mablalari

Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


9

d=159 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km


5,0

1 125,0

Moliya vazirligi, "Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


10

6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoini qurish, 630 kVA va 400 kVA transformator oʻrnatish


km

dona


1,0

1/630

1/400

195,0

Moliya vazirligi, "Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


11

d=400 mm suv quvurlarini va suv toʻsish inshootlarini qurish


dona

km


1

2,0

350,0

Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat хoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


Lokal tozalash inshootini qurish


dona

km


1

2,0

2 500,0


JAMI:


4 850,0




HAMMASI:


8 621,0



           

*) Infratuzilma ob’yetlari quvvati va хarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazshishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 iyul