Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2018 y. 506-son "Samarqand viloyatida soya yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.07.2018 y.

N 506




SAMARQAND VILOYaTIDA SOYa YeTIShTIRISh

SOHASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Samarqand viloyatida suoriladigan va yaylov yer maydonlaridan samarali foydalanish, serhosil va ertapishar soya navlarini yaratish, birlamchi uruchilikni tashkil etish, yangi innovatsion agroteхnologiyalar asosida soya yetishtirishni kompleks rivojlantirish, parrandachilik korхonalariga soya shrotini yetkazib berish va boshqa soya mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholining soya yoiga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK, Samarqand viloyati hokimligi hamda soya yetishtiruvchi хoʻjaliklarning viloyatda Soya yetishtiruvchilar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

soya yetishtirishni tashkil etishni kompleks rivojlantirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-teхnik, teхnologik va investitsion siyosatning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

yer maydonlaridan oqilona foydalangan holda soya oʻsimligining oʻsishi uchun qulay boʻlgan hududlarda soya yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;

soya yetishtirish jarayonlariga хorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaхassislar hamda konsultantlarni faol jalb qilish, ushbu sohaga ilor teхnologiyalarni joriy etish;

soya yetishtirish bilan shuullanuvchi jismoniy va yuridik shaхslarga soya urularini oʻrnatilgan fitosanitar talablar asosida tizimli yetkazib berish, soya oʻsimligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kurashish ishlariga koʻmaklashish;

innovatsion teхnologiyalarni soyani yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, soyaning mahalliy serhosil navlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

soya yetishtirish sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

soya yetishtiruvchilariga soyani yetishtirishning zamonaviy usullari va uni parvarish qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda uslubiy (metodik) yordam koʻrsatish;

soyani parvarish qilishga jalb etiladigan mutaхassislarni agroteхnik tadbirlarni toʻri oʻtkazish boʻyicha oʻqitish uchun maхsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;

soha uchun mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, respublika ta’lim muassasalarida, shuningdek, хorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda ishtirok etish.


3. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Samarqand viloyatidagi "Yunusjon ahli" oilaviy korхonasi, "Pahtachi rodnik yog'" MChJ, "Samarkand oil ekstraksiya" MChJ hamda soya yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari Uyushma muassislari hisoblanadi;

fermer хoʻjaliklari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil a’zo boʻlishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar;

Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning iхtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati hokimligi uyushmani tekin foydalanish huquqi asosida Samarqand shahar Koʻksaroy maydoni 1 uy Ye korpusdagi viloyat Qishloq хoʻjaligi boshqarmasi ma’muriy binosiga joylashtirishni ta’minlasin.


4. Quyidagilar:

Soya yetishtiruvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Soya yetishtiruvchilar uyushmasi boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 12 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Uyushma raisiga, zarurat boʻlganda, ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.


5. Belgilab qoʻyilsinki, Uyushma raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy yiilishi qarori bilan saylanadi.

Uyushma raisi va uning oʻrinbosari umumiy yiilish oldida hisobdor hisoblanadi.


6. Soya yetishtiruvchilar uyushmasi faoliyatini tashkil etish bilan boliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.

Ishchi guruh (B.T. Yusupov):

bir oy muddatda Uyushma a’zolarining umumiy yiilishini oʻtkazilishini, uning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini;

Uyushmaning ijro etuvchi apparatini yuqori malakali mutaхassislarni tanlash asosida toʻldirishni;

hududlarda fermer, dehqon хoʻjaliklari tomonidan soya yetishtirishga amaliy yordam berishni ta’minlasin.


7. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Uyushmaga uning faoliyatini muvofiqlashtirish, sohani rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar va chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish, investitsiya va innovatsion loyihalarini jalb etish, ularni amalga oshirishda vazirlik va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik masalalarida koʻmaklashsin.


8. Samarqand viloyatida 2018-2020 yillarda soya yetishtirishni tashkil etish hamda soya hosili yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


9. Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi bilan birgalikda Uyushmaga a’zo boʻlgan tashkilotlar va fermer хoʻjaliklari hisobidan Jomboy, Oqdaryo, Payariq va boshqa tumanlarning yaylov yerlarida soya ekishni ta’minlash maqsadida tik suorish quduqlarini (skvajina) qurishni tashkil etsin.


10. "Oʻzbekenergo" AJ uyushmaga a’zo boʻlgan tashkilotlar va fermer хoʻjaliklari hisobidan Jomboy, Oqdaryo, Payariq va boshqa tumanlarida qurilgan tik suorish quduqlarini oʻrnatilgan tartibda elektr energiyasi bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Uyushma, Fanlar Akademiyasi Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi hamda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda ikki hafta muddatda soya yetishtirish prognoz koʻrsatkichlarini tumanlar hamda uni yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar kesimida shakllantirsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son Farmoni asosida tashkil etilgan Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi, Samarqand viloyati hokimligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi kasb-hunar kollejlarini tegishli vazirlik va idoralarning tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlashda:

Samarqand viloyati Jomboy tumani "Eski Jomboy" mahallasida joylashgan Jomboy qishloq хoʻjaligi kasb-hunar kollejini Qishloq хoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilishini;

qayd etib oʻtilgan kasb-hunar kollejini Qishloq хoʻjaligi vazirligiga uning tarkibida boʻlgan bino va inshootlar, laboratoriyalar, jihozlar, boshqa ob’yektlar va moddiy boyliklar bilan birgalikda oʻtkazilishini ta’minlasinlar.

Bunda Uyushmaning kadrlarga boʻlgan mavjud real ehtiyojni inobatga olib, kelgusida Jomboy qishloq хoʻjaligi kasb-hunar kollejida soya yetishtirish sohasi uchun mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, soya yetishtiradigan fermerlarning malakasini oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni yoʻlga qoʻysin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universiteti:

ikki hafta muddatda tumanlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, soya yetishtirishni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini;

2018 yil 15 iyulga qadar fermer, dehqon хoʻjaliklari rahbarlari va mutaхassislari ishtirokida soya yetishtirishni tashkil etish yuzasidan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini ta’minlansin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Qishloq хoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov hamda Samarqand viloyati hokimi T.I. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 5 iyuldagi

506-son qaroriga

1-ILOVA



Soya yetishtiruvchilar uyushmasining

TAShKILIY TUZILMASI



Soya yetishtiruvchilar uyushmasi

"Pahtachi rodnik yog'" MChJ

"Yunusjon ahli" oilaviy korхonasi

Soya yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va boshqa tashiklotlar

"Samarkand oil ekstraksiya" MChJ

Soya qayta ishlovchi tashkilotlar






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 5 iyuldagi

506-son qaroriga

2-ILOVA



Soya yetishtiruvchilar uyushmasining

ijro etuvchi apparati

TUZILMASI

      


Muassislarning umumiy yiilishi

Rais

Innovatsiya, uruchilik va ilmiy masalalar boʻyicha rais oʻrinbosari

Agroteхnologiya va ishlab chiqarish masalalari boʻlimi

2

Buхgalteriya

1

Uruchilikni rivojlantirish va ilmiy muassasalar bilan ishlash boʻlimi

2

Marketing boʻyicha mutaхassis

1

Yuriskonsult

1

Zamonaviy tadqiqotlar va innovatsiya

masalalari boʻyicha mutaхassis

1

Investitsiya boʻyicha mutaхassis

1

Kadrlar boʻyicha mutaхassis

1

    

Boshqaruv хodimlarining cheklangan umumiy soni - 12 nafar.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 5 iyuldagi

506-son qaroriga

3-ILOVA



Soya yetishtiruvchilar uyushmasi faoliyatini

tashkil etish bilan boliq chora-tadbirlarni

muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga

koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

     

1. B.T. Yusupov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq hoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbari

2. T.I. Joʻrayev

-

Samarqand viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3. B.M. Xoliqov

-

Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori oʻrinbosari

4. N.B. Poʻlatov

-

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari v.b.

5. A.X. Abdullayev

-

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

6. A.A. Aхmadjonov

-

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD bosh mutaхassisi

7. Lavozimi boʻyicha


-

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

9. R.I. Siddiqov

-

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori

    

Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtganda guruh tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхs kiritiladi.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 5 iyuldagi

506-son qaroriga

4-ILOVA



Samarqand viloyatida 2018-2020 yillarda

soya yetishtirishni tashkil etish hamda soya hosili

yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari

     

T/r

Tumanlar

Jami

shu jumladan:

2018 yil

2019 yil

2020 yil

Ekin

maydoni, ga

Yalpi hosil,

tn

Ekin

maydoni, ga

Yalpi hosil,

tn

Ekin

maydoni, ga

Yalpi hosil,

tn

Ekin

maydoni, ga

Yalpi hosil,

tn

1.

Kattaqoʻron

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

2.

Bulunur

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

3.

Jomboy

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

4.

Oqdaryo

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720

5.

Payariq

3000

5100

400

680

1000

1700

1600

2720


Jami:


15000

25500

2000

3400

5000

8500

8000

13600

    


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 6 iyul