Moliya vazirligining 105-son, Iqtisodiyot vazirligining 23-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2018-53-son, Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/8-50-son "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi a’zolari - tashkilotlar uchun soliq va bojхona imtiyozlari va preferensiyalari qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 09.07.2018 y. Qarori (AV tomonidan 27.07.2018 y. 3046-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
27.07.2018 y.
N 3046
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGINING 09.07.2018 y. N 105 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGINING 09.07.2018 y. N 23 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING 09.07.2018 y. N 2018-53 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING 09.07.2018 y. N 01-02/8-50 |
QARORI
"Oʻzcharmsanoat" uyushmasi a’zolari - tashkilotlar
uchun soliq va bojхona imtiyozlari va preferensiyalari
qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi PQ-3693-son "Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasi QAROR QILADI:
1. "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi a’zolari - tashkilotlar uchun soliq va bojхona imtiyozlari va preferensiyalari qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri
|
D. Kuchkarov |
Iqtisodiyot vaziri
|
B. Xodjayev |
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
|
B. Musayev |
Davlat bojхona qoʻmitasi raisi |
M. Azimov |
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 28 iyul
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2018 yil 30 iyul, 30-son, 638-modda