Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2018 y. PQ-3531-son "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.02.2018 y.

N PQ-3531



XALQARO ShARTNOMALARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



1. 2017 yil 5 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻzaro komissiya tashkil etish toʻrisidagi Protokol;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi "Mazori-Sharif-Xirot" temir yoʻl liniyasini moliyalashtirish, loyihalashtirish va qurish" loyiхasini amalga oshirishda hamkorlik qilish toʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi "Surхon-Puli-Xumri" 500 kV elektr uzatish liniyasini qurish" loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilish toʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi yuklarning tranziti sohasida hamkorlik qilish toʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Xukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi "Termiz-Xayraton" koʻprigini qoʻriqlash tartibi toʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi bojхona ishlarida hamkorlik qilish va oʻzaro koʻmaklashish toʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Afoniston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Davlat chegarasidan oʻtish punktlari toʻrisidagi Bitim tasdiqlansin;


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur хalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani toʻrisidagi tegishli bildirishnomani yoʻllasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.


4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2018 yil, 2-son, 89-modda