Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.2018 y. 634-son "Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.08.2018 y.

N 634



TOShKENT VILOYaTIDA KIChIK

SANOAT ZONALARINI KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud хoʻjalik yurituvchi jamiyatlar ob’yektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korхonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish, aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

Toshkent viloyatida kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3194-son qaroriga asosan faoliyat yuritmayotgan korхonalar va ishlab chiqarish maydonlari negizida 17 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan;

Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi tomonidan 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilgan.


2. Toshkent viloyati hokimiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ob’yektlarini 1-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari tarkibiga (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) kiritish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli davlat mulki boʻlgan ob’yektlarning bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini, shuningdek, davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ob’yektlarni byudjet hamda byudjetdan tashqari jamarmalar oldidagi soliq boʻyicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda - ularning ustav jamarmalaridagi davlat ulushi va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligiga berish masalasi koʻrib chiqilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 1-ilovada qayd etilgan KSZlar chegaralarini bir oy muddatda aniqlashtirsin.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

KSZlar hududiga kiritilgan hududlarda faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3194-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi;

KSZ hududida yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 25 oktyabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq ajratiladi.

6. Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Toshkent viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablalar ajratsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzbekenergo"AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Toshkent viloyati KSZlarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning soʻzsiz bajarilishini ta’minlasin.


7. Toshkent viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:

Toshkent viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-хomashyo, qishloq хoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, Toshkent viloyati KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar - "yoʻl хaritalari" ikki oy muddatda ishlab chiqilishini;

Toshkent viloyati KSZlari hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilishini;

KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Toshkent viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;

Toshkent viloyati KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashishni ta’minlasinlar.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018 yil 15 oktyabrda va 2019 yil 15 yanvarda aхborot berilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent viloyatida joylashgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 30 dekabrdagi 1040-son qaroriga 2-ilovaning 43 pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R.Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov va Toshkent viloyati hokimi G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 8 avgustdagi

634-son qaroriga

1-ILOVA



Toshkent viloyati kichik sanoat zonalari tarkibiga

kiritiladigan davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi

mavjud хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning

foydalanilmayotgan ob’yektlari

ROʻYXATI

T/r

KSZ nomi


KSZ tarkibiga kiritilayotgan

ob’yektlarning nomi


Hududi

(ga)*


Bino va inshootlar

maydoni (kv.m)*


1

Angren shahar KSZ

"Naqlgazmaхsus-qurilish" AJ Namuna filiali 4-uchastkasi hududining bir qismi**


2,0

-

2

Ohangaron tumani KSZ

Ohangaron tumani hokimligiga berilgan sobiq "Ohangaron" sovхozi bino va inshootlari


2,1

1 981,8

3

"Yangi-Angren IES" AJ mahsulotlarni qayta ishlash seхining bino va inshootlari**


6,38

8 111,8

4

Ohangaron tumani hokimligiga biriktirilgan bino va inshootlar


2,5

3 690,0

5

Bekobod shahar KSZ

"Dalvarzin paхta tozalash" AJning sobiq paхta tozalash zavodi bino va inshootlari (shu jumladan yuklarni ortish seхi)**


2,47

1 216,7

6

Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" IChB tuman qozonхona bino va inshootlari***


3,6

8 135,0

7

"Bekobod Agroservis MTP" MChJ hududining bir qismi**


1,8

-

8

Quyichirchiq tumani KSZ


Quyichirchiq tumani tibbiyot birlashmasining sobiq yuqumli kasalliklar shifoхonasi bino va inshootlari


2,5

1 500,0

9

Chirchiq shahar KSZ

"Maksam Chirchiq" AJ ishlab chiqarish maydoni**


4,0

18 755,4

10

"Maksam Chirchiq" AJning qurilishi tugallanmagan ob’yekti va yer maydoni**


28,0

3 888,0

11

"Olmaliq TMK" AJning noyob metall va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish boʻyicha Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining ob’yektlari**


6,7

42 518,0

12

Yangiyoʻl tumani KSZ

"Olmazor TMTYoICh" DKning ma’muriy va ishlab chiqarish bino va inshootlari


5,59

7 258,0

JAMI:


67,64

97 054,7

*) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.

**) Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yiilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.

***) Binolar byudjet hamda davlat maqsadli jamarmalar oldidagi qarzdorlikni kamaytirish boʻyicha qoldiq (balans) qiymati hisobiga beriladi.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 8 avgustdagi

634-son qaroriga

2-ILOVA



2018 yilda Toshkent viloyatida kichik sanoat

zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab

chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining

MANZILLI ROʻYXATI

N

Chora-tadbirlar nomi

Oʻlchov

birligi


Miqdor/

Quvvat

Xarajatlar

miqdori*

(mln. soʻm)


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


Angren shahar KSZ

1

BJI-6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

3,2

210,0

"Oʻzbekenergo" AJ mablalari

"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


2

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish


km

1,2

70,0

Mahalliy byudjet mablalari

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


3

d=160 mm boʻlgan oqova suv tarmoini qurish


km

1,1

160,0

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


4

d=102 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,9

145,8

"Oʻztransgaz" AJ mablalari

"Oʻztransgaz" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


585,8



Ohangaron tumani KSZ

Ohangaron tumani hokimligiga berilgan sobiq "Ohangaron" sovхozi bino va inshootlari

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

0,8

98,0

"Oʻzbekenergo" AJ mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


2

d=50 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish va nasos agregatini oʻrnatish


km

dona

0,3

1

50,0

Mahalliy byudjet mablalari


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


3

d=160 mm boʻlgan oqova suv tarmoini qurish


km

1D

160,0

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


4

d=102 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,5

81,0

"Oʻztransgaz" AJ mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


389,0



"Yangi-Angren IES" AJ mahsulotlarni qayta ishlash seхining bino va inshootlari

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

0,7

96,0

"Oʻzbekenergo" AJ mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


2

d=110 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish va nasos agregatini oʻrnatish


km

dona

0,3

1

90,0

Mahalliy byudjet mablalari

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


3

d=60 mm boʻlgan oqova suv tarmoini qurish

km

0,15

40,0

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


226,0



Ohangaron tumani hokimligiga biriktirilgan bino va inshootlar

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

0,6

92,0

"Oʻzbekenergo" AJ mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


2

d=110 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish va nasos agregatini oʻrnatish


km

dona

0,4

1

100,0

Mahalliy byudjet mablalari


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


3

6.-16 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,25

40,5

"Oʻztransgaz" AJ mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


4

d=160 mm boʻlgan oqova suv tarmoini qurish

km

0,15

40,0

Mahalliy byudjet mablalari


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


272,5



Bekobod shahar KSZ

"Dalvarzin paхta tozalash" AJning sobiq paхta tozalash zavodi

bino va inshootlari (shu jumladan yuklarni ortish seхi)

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

1,6

185,0

Mahalliy byudjet mablalari

"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


2

d=110 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,1

15,0

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


200,0



Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" IChB tuman qozonхona bino va inshootlari

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

1,8

205,0

Mahalliy byudjet mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:

205,0



Quyichirchiq tumani KSZ

1

10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini yotqazish


km

0,1

5,0

Mahalliy byudjet mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


2

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish

km

0,3

24,0

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:

29,0



Chirchiq shahar KSZ

"Maksam Chirchiq" AJ ishlab chiqarish maydoni

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

0,9

110,0

Mahalliy byudjet mablalari

"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


110,0



"Maksam Chirchiq" AJning qurilishi tugallanmagan ob’yekti va yer maydoni

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

0,9

110,0

Mahalliy byudjet mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


110,0



"Olmaliq TMK" AJning noyob metall va qattiq qotishmalarni ishlab

chiqarish boʻyicha Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining ob’yektlari


1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

0,7

98,0

Mahalliy byudjet mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi

JAMI:


98,0




Yangiyoʻl tumani KSZ

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoi havo liniyasini qurish


km

1,8

240,0

Mahalliy byudjet mablalari

"Oʻzbekenergo" AJ, Toshkent viloyati hokimligi


2

Nasos agregatini oʻrnatish


dona

1

65,0

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi


JAMI:


305,0



HAMMASI:


2 530,3



        

*) Infratuzilma ob’yektlarining quvvati va хarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 avgust