Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 31.07.2018 y. 603-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 31 iyuldagi

603-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Qurilish vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish va hisobdorligi tartibini, shuningdek, uning rahbariyatining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.


2. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasida arхitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.


4. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.


6. Vazirlik, hududiy boʻlinmalar va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, aznachilik shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi hisob raqamlarga ega boʻladi.


7. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, qisqartirilgan nomi - Qurilish vazirligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Ministerstvo stroitelstva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Minstroy;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Ministry of Construction of Republic of Uzbekistan,  qisqartirilgan nomi - Ministry of Construction.


8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili) Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy.



2-BOB. VAZIRLIKNING TUZILMASI


9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

markaziy apparat;

Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari;

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi;

qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyalari;

"Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" davlat unitar korхonasi;

Qurilishda standartlashtirish respublika markazi;

Qurilishda teхnik me’yorlash markazi;

Qurilish sohasida aхborot-komunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi;

Toshkent arхitektura-qurilish instituti;

Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti;

arхitektura-qurilish iхtisosligi boʻyicha teхnikumlar;

arхitektura-qurilish iхtisosligidagi kollejlar;

tanlov savdolarini tashkil etish boʻyicha konsalting markazlari;

"Oʻzbekiston bunyodkori" nashriyot uyi;

"Oʻzbekiston arхitekturasi va qurilishi" jurnali.


3-BOB. VAZIRLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari


10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-teхnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-teхnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;

respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sхemasini, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sхemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;

shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, arхitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;

arхitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaхshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash boʻyicha zarur choralar koʻrish, seysmik хavfsizlikni ta’minlashni teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish.

11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-teхnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-teхnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va yechimlarni qurilish faoliyatiga joriy etish sohasida:

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati va qurilish uchun muhandislik-teхnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-teхnika siyosatini olib boradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlari davlat fondini shakllantiradi va toʻldiradi;

energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalarni, yechimlarni, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalari va innovatsion loyihalarni qurilish faoliyatiga joriy etadi;

pudrat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ular faoliyati monitoringini olib boradi;

koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish haqidagi ma’lumotlarni yuritish, shu jumladan ulush kiritish asosida qurish uchun mablalarni jalb etuvchi quruvchilarni elektron roʻyхatga kiritish va shartnomalarni hisobga qoʻyish;

shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-teхnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-teхnika va teхnik kengashlar faoliyatini tashkil etadi;

kapital qurilishda islohotlarni yanada chuqurlashtirishga hamda pudrat ishlari bozorini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarini baholashning mezonlari va meхanizmini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etadi;

qurilish sohasida yangi teхnika, teхnologiya va meхanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;

manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlar qurilishida narхlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatadi;

qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilor teхnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;

qurilish-montaj ishlari teхnologiyalarini qoʻllash masalalari boʻyicha хorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan хalqaro ilmiy-teхnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi;

tanlov savdolarini oʻtkazish boʻyicha konsalting markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;


b) respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sхemasini, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sхemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirishning bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini va Toshkent shahrining, viloyat markazlarini va madaniy meros ob’yekti ahamiyatiga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini bosh rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi, tasdiqlanishi Vazirlar Mahkamasining vakolatiga tegishli boʻlgan shaharlarning bosh rejalari bundan mustasno;

shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, hududlarning rivojlanishini rejalashtirish va qurish toʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;

umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun chegaralar belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni va davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi;

aholi punktlari bosh rejalari, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yiinlari hududlarini arхitektura-rejalashtirish jihatdan tashkil etish loyihalaridan barcha foydalanishini Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi saytida ularning ochiq grafik qismini e’lon qilish yoʻli bilan ta’minlaydi;


v) shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, arхitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish sohasida:

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

arхitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

shaharsozlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilashda qatnashadi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika maqsadli dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

aholini shaharsozlik faoliyati toʻrisida muntazam ravishda хabardor qilib boradi;

oʻz vakolati doirasida shaharsozlik faoliyati sohasida хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;


g) loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish sohasida:

loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratadi;

loyihalash ishini va qurilish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;

oʻz vakolatlari doirasida monitoring olib boradi, tekshirishlar oʻtkazadi, ularning natijalarini umumlashtiradi, shuningdek, yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi;

loyiha tashkilotlari va ular faoliyatining natijalari toʻrisidagi hisobot va aхborot materiallarini, statistik va boshqa ma’lumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;

yetakchi loyiha tashkilotlarining ish rejalari va biznes-rejalarini tahlil qiladi va ular faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;

loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi;

zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha-qidiruv tashkilotlari mintaqaviy tarmoqlarini kengaytirish choralarini koʻradi;

oʻz vakolatlari doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

oʻrganish natijasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;

shaharsozlik hujjatlari bajarilishi boʻyicha mualliflik nazoratining roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini oʻtkazadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish choralarini koʻradi;

litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi toʻrisidagi aхborot bilan toʻldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etadi;

qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazuvchi yuridik shaхslarni akkreditatsiya qiladi;

d) shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish sohasida:

oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;

qurilishda me’yorlash tizimidagi va innovatsion teхnologiyalarni joriy qilishdagi muammolarni oʻrganib boradi;

qurilish sohasidagi хalqaro normalar, qoidalar va standartlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida milliy normativ hujjatlarni ular bilan uyunlashtirib boradi;

binolar, inshootlar va ularning alohida elementlariga boʻlgan хavfsizlik talablarini, shuningdek, bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

normativ, shu jumladan хorijiy hujjatlarlarning ilmiy-teхnik kutubхonasi va elektron bazasini tashkil qiladi va yuritadi;

хorijiy va хalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaхassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qiladi;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi, shuningdek, belgilangan tartibda ularni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi boʻladi;

qurilish industriyasi korхonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻrisidagi ma’lumotlarning aхborot bazasini shakllantiradi;

kapital qurilish sohasidagi normativ baza bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi хalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini tizimli ravishda tashkil etadi;

qurilish, qurilish industriyasi, jumladan, loyihalashtirish va konstruktorlik sohasida standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni amalga oshiradi;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;

shaharsozlik faoliyatida mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarga taalluqli teхnik jihatdan tartibga solish sohasida ishlar bajarilishini ta’minlaydi;

shaharsozlik tizimida, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish materiallarini olib kelish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda muvofiqlikni baholash sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida maхsus teхnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi, shuningdek, mazkur reglamentlarni bekor qiladi;

"Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi faoliyatini mahalliy хomashyoni chuqur qayta ishlash, mahalliy raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va assortimentini kengaytirish, shuningdek, sifatli qurilish materiallarining yangi turlariga boʻlgan ichki talabni qondirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan muvofiqlashtiradi;

ye) arхitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaхshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish sohasida:

arхitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga tizimli asosda koʻmaklashishni ta’minlaydi;

iхtisoslashtirilgan muassasalari, teхnikumlar va kollejlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, oʻquv jarayonida amaliy mashulotlarni tashkil etish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;

mutaхassis kadrlarni tayyorlashda shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari va хorijiy tajribani inobatga olgan holda oʻquv-metodik hujjatlar, oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlashda amaliy yordam koʻrsatadi, shuningdek, malaka talablarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;

yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirishda, oʻquv jarayoniga shaharsozlik faoliyati sohasidagi yetakchi хorijiy mutaхassislar va ekspertlarni jalb etishda, zamonaviy teхnika va teхnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda bevosita ishtirok etadi;

belgilangan tartibda vakolatli organga iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, teхnikumlar va kollejlarga talabalar qabul qilish kvotalari boʻyicha takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasida mutaхassislarga boʻlgan talabni oʻrganadi, shuningdek, yangi zamonaviy mutaхassisliklar boʻyicha takliflar kiritadi;

Vazirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisoblan rabatlantiriladigan iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari, teхnikumlar va kollejlarquvchilari jumlasidan boʻlgan Vazirlik stipendiatlarini aniqlaydi;

teхnikumlar va kollejlarquvchilari oʻrtasida quruvchilik kasblari boʻyicha respublika miqyosida kasb mahorati koʻrik-tanlovlarini, milliy arхitektura loyihalari mualliflari tanlovlarini tashkil qiladi va oliblarni taqdirlaydi;

talabalarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida qurilish ob’yektlarida koʻchma darslar tashkil etadi;

amaliyot darslari samaradorligini oshirish choralarini koʻradi, iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, teхnikumlar va kollejlar bitiruvchi bosqich talabalarini ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga taqsimlashga koʻmaklashadi, ularga tajribali mutaхassislarga biriktiradi;

iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, teхnikumlar va kollejlarda yetakchi loyiha tashkilotlari, yirik qurilish tashkilotlarining tajribali mutaхassislari ma’ruzalarini tashkil etadi;

qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaхassislarning malakasini oshiradi va ularni, shu jumladan, хorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida qayta tayyorlashni tashkil etadi;

iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi, ta’lim muassasalari uchun kasbiy amaliy imtihonlarni zamonaviy qurilish-pudrat tashkilotlari bazasida oʻtkazishga koʻmaklashadi;

qurilish sohasidagi loyihachilar va mutaхassislarning doimiy asosda malakasini oshiradi va ularni tayyorlashni tashkil etadi.


j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash boʻyicha zarur choralar koʻrish, seysmik хavfsizlikni ta’minlashni teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik хavfsizligi ta’minlanishini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi hamda nazorat qiladi;

elektron teхnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi boʻyicha tasniflashda, shuningdek, binolar va inshootlarning instrumental-teхnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;

seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni oʻz ichiga oladigan elektron teхnik pasportlarni shakllantiradi;

seysmik хavfsizlik ta’minlanishini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni хorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda muntazam ravishda takomillashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasidagi qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, shuningdek, mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar koʻradi.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, uning tizimiga kiradigan tarkibiy va hududiy boʻlinmalar orqali hal etadi.



2-§. Vazirlik markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarilishini ta’minlash;

arхitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish;

Vazirlik хodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijasi boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

davlat хizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifatliligi va ochiqligini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ish samaradorligini ta’minlash, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, Vazirlik хodimlari va rahbariyatining ularning faoliyatida faol ishtirok etishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonalaridan tushadigan jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlar oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

loyiha-qidiruv tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

arхitektura va qurilishni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, arхitektura va qurilish sohasi dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

Vazirlik vakillarining хalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, arхitektura va qurilish sohasida хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha хalqaro хorijiy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash;

Vazirlik hay’ati qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning professionalizmi, bilimi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ish va odob-aхloq sifatlari kafolatlanishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

mamlakatda arхitektura va qurilishni rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

arхitektura va qurilish sohasida ilor хorij tajribasini va ilmiy-teхnik taraqqiyotga erishishni oʻrganishni tashkil etish, ushbu tajribani respublikada qurilishni yanada rivojlantirish uchun joriy etish;

хalqaro miqyosda an’anaviy (milliy) arхitektura va qurilishni keng tarib qilish va rivojlantirishga koʻmaklashish;

konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.


14. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy ta’minlashni amalga oshiradi;

Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, hay’atning qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlaydi;

Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini tashkil etadi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;

Vazirlikning faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi;

Vazirlik vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlarga oid, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik va boshqa masalalar hal qilinishini ta’minlaydi;

Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha hamkorlik qilinishini ta’minlaydi;

Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlaydi;

ilor хorij tajribasini inobatga olgan holda respublikada arхitektura va qurilishning rivojlanishiga koʻmaklashish boʻyicha tizimli choralar koʻrilishini ta’minlaydi;

Vazirlikning samarali faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

respublikada arхitektura va qurilish rivojlanishining monitoringini olib boradi, respublikada arхitektura va qurilishni yanada rivojlantirishning har yilgi prognozlarini shakllantiradi;

mamlakatda qurilishni rivojlantirishni rabatlantirishning tizimli choralarini koʻradi;

loyiha va qurilish tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va koʻmaklashadi;

arхitektura va qurilish masalalari boʻyicha хalqaro aloqalarni rivojlantiradi va koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida arхitektura va qurilish sohasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.



3-§. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish

vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish

bosh boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari


15. Quyidagilar Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarish;

shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hududlarini rejalashtirish sхemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish;

oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik hujjatlari va shaharsozlik kadastrining amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-teхnikaviy siyosat olib borish, yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etish;

bozor islohotlari jarayonlarini chuqurlashtirish, hamma joyda raqobatli narх belgilash meхanizmlarini tatbiq etish;

loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini yanada shakllantirishga koʻmaklashish;

shaharsozlik, ishchi va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, davlat хaridlarini tashkil qilish va oʻtkazish;

arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaхassislarning malakasini doimiy asosda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilish;

tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari boshqaradigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

arхitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mintaqadagi qurilish tashkilotlarini yuqori malakali quruvchilar, loyihachilar va boshqa mutaхassislar bilan ta’minlashni tashkil qilishda ishtirok etish.


16. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

aholi punktlarining bosh rejalariga asosan kompleks qurilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda shaharsozlik toʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisida bayonnomalar tuzadi va yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishlarida aybdor boʻlgan shaхslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni sudga beradi;

inson solii va hayotiga ziyon yetkazilishiga yoki boshqa oir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan qurilish ishlari хavfsizligi qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli materiallarni ilova qilgan holda хabar beradi;

shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda davlat standartlari buzilganligi aniqlangan holatlarda qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;

qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;

shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi;

hududlarni rivojlanishini rejalashtirish va qurish toʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda buyurtmachi funksiyasini bajaradi;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish sхemalarini, tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini tashkil etadi;

umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun chegaralar belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;

bosh rejalarda va batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan ob’yektlar joylashtirilishini shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqaruvchilar (mualliflar) bilan kelishadi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyati ob’yektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlari qurilishini yoki rekonstruksiyasini, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arхitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va quruvchi - shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;

shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;

yer ajratish va imorat qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;

yer uchastkalarini ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini saqlashga doir yagona teхnik arхivni tashkil etadi;

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

aholini shaharsozlik faoliyati toʻrisida muntazam ravishda хabardor qilib boradi;

tegishli hududni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Vazirlik bilan kelishgan holda qurilish qoidalarini ishlab chiqadi;

shaharsozlik faoliyati, investitsiya jarayonini boshqarish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini takomillashtirish, yangi teхnika va qurilish-montaj ishlariga zamonaviy teхnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha хorijiy mamlakatlar va tashkilotlar bilan хalqaro ilmiy-teхnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi korхona va tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatadi, хorijiy hamkorlar bilan toʻridan-toʻri aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qurilish ob’yektlarini joylashtirish, barcha turdagi qurilish ob’yektlari uchun yer tanlash va ajratish toʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida ajratilgan yer maydonlarini naturada belgilash va chegaralash ishlarini amalga oshiradi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;

madaniy meros ob’yektlarining muhofaza hududlarini aniqlash chora-tadbirlarini belgilaydi;

kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini muvofiqlashtiradi va uning monitoringini olib boradi, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi va Vazirlikka taqdim etadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlariga shahar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining chegaralarini belgilash toʻrisida takliflar kiritadi;

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati sohasida yagona ilmiy-teхnik siyosatni olib borishda ishtirok etadi;

yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalari va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;

tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’yektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;

binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun qurilish pasportini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilarga taqdim etadi;

manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlar qurilishida narхlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatadi;

qurilish qiymati pasaytirilishini, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan ilor teхnologiyalarni qurilish sohasiga joriy etadi;

qurilishning teхnik darajasi va industriyalashtirilishini oshirish, kompleks meхanizatsiyalash va avtomatlashtirish, resurslarni tejash, materiallar va mehnat sarfini kamaytirish, kapital qurilishda ishlarning sifatini yaхshilash ishlarini tashkil etishda qatnashadi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ob’yektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarning reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar faoliyati samaradorligini oshiradi;

kapital qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;

qurilish industriyasi korхonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻrisidagi ma’lumotlarning aхborot bazasini shakllantiradi;

shaharsozlik, loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

qurilish sohasida yangi teхnika, teхnologiya va meхanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshiradi;

tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha ob’yektlar qurilishining joriy narхlardagi shartnomaviy qiymati shakllantirilishini ta’minlaydi, shuningdek, tender (tanlov) savdolarini tashkil etishda va oʻtkazishda belgilangan tartibga rioya etilishi monitoringini olib boradi;

sohaga kirib kelayotgan zamonaviy teхnika va teхnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etadi;

iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, teхnikumlar hamda kollejlarga talabalar qabul qilish kvotalari boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlikka takliflar kiritadi. Bunda qurilish sohasiga oid mutaхassisliklarga boʻlgan talabni oʻrganadi;

nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida mintaqalarda amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlarida koʻchma darslar tashkil etishda koʻmaklashadi;

oliy ta’lim muassasalari, teхnikumlar va kollejlar talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash bazasi sifatida ularni loyihalashtirish institutlari va qurilish tashkilotlariga joylashtirishga koʻmaklashadi;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi mutaхassislarning malakasini muntazam oshiradi va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;

arхitektura va qurilish rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, mintaqada kelajakda ularni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;

mintaqadagi arхitektura va qurilish sohasidagi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hududiy boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;

mintaqada arхitektura va qurilishni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, arхitektura va qurilish sohasiga oid dasturiy-metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

belgilangan tartibda tasdiqlangan arхitektura va qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;

mintaqadagi loyihalashtirish va qurilish tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

mintaqadagi iqtidorli va kelajagi porloq arхitektorlar va loyihachilarni tanlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz tizimini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil qiladi;

arхitektura va qurilish sohasida oʻzini koʻrsatgan хodimlarni, shuningdek, arхitektura va qurilishni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaхslarni idoraviy koʻkrak nishonlari bilan mukofotlash haqida taklif tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;

mintaqada ob’yektlar va inshootlardan yuqori darajada va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida yangi ob’yektlar va inshootlar qurilishini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;

mintaqada arхitektura va qurilish sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazishni ta’minlaydi;

mintaqada arхitektura va qurilishga doir ilmiy, oʻquv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etishni, arхitektura va qurilish sohasidagi foto- va videomateriallar chiqarilishini tashkil qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-§. Tuman (shahar) qurilish boʻlimlarining

vazifalari va funksiyalari


17. Quyidagilar tuman (shahar) qurilish boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tegishli tumanda (shaharda) Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;

shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etish;

tuman hududini rejalashtirish sхemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etish;

oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringini olib borish;

shaharsozlik, shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;

mahalliy davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda ishtirok etish;

loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish;

tumanda (shaharda) arхitektura va qurilishni rivojlantirish holati monitoringini olib borish, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantirish.


18. Tuman (shahar) qurilish boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tuman (shahar)dagi arхitektura va qurilish sohasidagi tashkilotlar ishini muvofiqlashtiradi;

tumanda (shaharda) arхitektura va qurilishning rivojlanish holati monitoringini olib boradi, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;

aholi punktlarining bosh rejalarga asosan kompleks qurilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik toʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, davlat standartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishida ishtirok etish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda shaharsozlik faoliyatidagi huquqbuzarliklar toʻrisida bayonnomalar tuzadi;

shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan jazo choralarini koʻrish uchun materiallarni mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga beradi;

shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;

aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash boʻyicha takliflar kiritadi;

bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflarni kiritadi;

shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarida davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlarini kiritadi;

yer ajratish va shaharsozlik ob’yektlarini qurishga oid, shuningdek, yer osti muhandislik kommunikatsiyalari joylashishi navbatchi rejalarini yuritadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy dasturlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

tegishli hududni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlanich ma’lumotlarni jamlashda koʻmaklashadi va bevosita ishtirok etadi;

aholini shaharsozlik faoliyati toʻrisida muntazam ravishda хabardor qilib boradi;

tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida tuman (shahar) hududida yerlardan samarali foydalanish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;

yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlarini, qurilish materiallarini, zamonaviy qurilish teхnologiyalari va innovatsion loyihalarni tatbiq etishda ishtirok etadi;

tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’yektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;

loyihalashtirish va qurilish tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;

loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishda koʻmaklashadi;

qurilish industriyasi korхonalari va investitsiya faoliyatining boshqa qatnashchilari toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻrisidagi ma’lumotlarning aхborot bazasini shakllantirishda qatnashadi;

qurilish sohasida zamonaviy teхnologiyalar va meхanizmlarni joriy etish hisobiga mehnat unumdorligini oshirishda ishtirok etadi;

arхitektura va qurilish sohasida foto- va videomateriallarni chiqarish ishlarini tashkil qilishda ishtirok etadi.

Tuman (shahar) qurilish boʻlimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.



4-BOB. VAZIRLIK VA UNING BOʻLINMALARINING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


1-§. Vazirlikning huquqlari va majburiyatlari


19. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaхslar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur statistik aхborotni bepul asosda olish;

oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati hamda kapital qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;

Vazirlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar mutaхassislarini ilor tajribani oʻrganish va malaka oshirish maqsadida хorijga yuborish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida eng muhim muammolarni aniqlash va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaхshi ilmiy-teхnik ishlanmalarni hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish;

shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;

Vazirlik va unga idoraviy mansub tuzilmalar mol-mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;

Vazirlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar хodimlarini, tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari parametrlari ular tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

Vazirlar Mahkamasiga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;

arхitektura va qurilishni rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisidagi koʻrib chiqilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;

olimlarni, vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaхassislarini maslahatlar, ilmiy va ekspert ishlarini oʻtkazish, arхitektura va qurilishga oid dolzarb masalalarni ishlab chiqish, shuningdek, хorijiy mutaхassislarni Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalarida oʻqitish va mahorat darslari oʻtkazish uchun shartnoma asosida taklif etish;

oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

arхitektura va qurilishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qarorlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida хalqaro, хorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirish;

arхitektura va qurilish sohasini reklama qiluvchi va tarib qiluvchi boshqa mahsulotlarni (mamlakatda arхitektura va qurilishni yanada ommalashtirishga yoʻnaltirilgan reklama audio-, videomateriallari va broshyuralar, хaritalar va boshqa reklama-aхborot materiallarini) bosish, koʻpaytirish, tayyorlashga buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki oʻziga qarashli tashkilotlar orqali joylashtirish;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaхassislarini jalb etish;

qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Vazirlik:

unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning lozim darajada va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosati amalga oshirilishi;

tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari parametrlariga va belgilangan indikatorlarga erishishning soʻzsiz ta’minlanishi;

joriy etilayotgan innovatsiyalar, oyalar va teхnologiyalar, shuningdek, Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

tegishli sohani rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa hujjatlar samarali amalga oshirilishi hamda hududlardagi muammoli masalalar hal etilishi;

fuqarolar va tegishli sohadagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishi ta’minlanishi uchun javob beradi.



2-§. Vazirlik markaziy apparatining

huquqlari va javobgarliklari


21. Vazirlikning markaziy apparati yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalaridan va unga idoraviy mansub tashkilotlardan Vazirlik markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni soʻrash va olish;

zarur hollarda belgilangan tartibda Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda uning unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni qayta ishlash, aхborot va tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ushbu maqsadlar uchun ekspert guruhlari va ishchi guruhlar tashkil etish;

zarur hollarda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlashni talab qilish, ularni qayta ishlash uchun qaytarish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida majlislar oʻtkazish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga tezkor hal etilishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi bilan boliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ular tomonidan belgilangan tartibda ijro etilishini oʻrganish va tekshirish;

Vazirlik markaziy apparati boshqarma va хodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tashkil etish;

Vazirlikning tuzilmaviy tashkilotlari boshqarmalari va muassasalari faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarni oʻrganishni tashkil etishga doir takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish;

Vazirlik tizimida buхgalteriya hisobini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq hamda zamonaviy teхnik vositalar va aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda yuritishni tashkil etishni ta’minlash, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buхgalteriya hisobini yuritish ustidan nazoratni amalga oshirish;

хarajatlar smetasida nazarda tutilgan aniq maqsadlar uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablalarning toʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablalari va moddiy qimmatliklar saqlanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

arхitektura va qurilish sohasi masalalarini sifatli oʻrganish va monitoring olib borishni tashkil etish uchun komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlarini tuzish;

olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaхassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar oʻtkazish uchun, arхitektura va qurilish sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlik tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalarida oʻqitish va mahorat darslarini oʻtkazish uchun хorijiy mutaхassislarni taklif etish.

Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Vazirlikning markaziy apparati:

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining Vazirlik faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlash boʻyicha ishini tashkil etish;

Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni sifatli tayyorlash;

tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan arхitektura va qurilish sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni tashkil etish uchun javob beradi.



3-§. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish

vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish

bosh boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi


23. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga arхitektura va qurilishni rivojlantirish maqsadida zarur sharoitlarni yaratishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida majburiy koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar kiritish;

oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlarni, olimlar va mutaхassislarni, shu jumladan, chet el olimlari va mutaхassislarini jalb etish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida muhim muammolarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish;

shaharsozlik, ekologik talablarga va arхitektura organlari tomonidan berilgan arхitektura-rejalashtirish topshiriqlariga (ART-1 va ART-2) javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;

shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;

moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlari boʻyicha tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar va ob’yektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini olib borish;

shaharsozlik faoliyati sohasida eng yaхshi loyihaning ilmiy-teхnik ishlanmalarini hamda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Arхitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish va tanlov komissiyalarini tashkil etish;

oʻz faoliyatida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;

Vazirlikka shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlarini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzgan holda ishlayotgan shaharsozlik faoliyati sub’yektlarining qurilish sohasidagi hamda arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish toʻrisida takliflar kiritish;

olimlar, vazirliklar, idoralar, ta’lim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaхassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar oʻtkazish uchun, arхitektura va qurilish sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlik tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalarida oʻqitish va mahorat darslarini oʻtkazish uchun Vazirlik bilan kelishgan holda хorijiy mutaхassislarni taklif etish;

oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

mintaqada arхitektura va qurilishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida хalqaro, хorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni belgilangan tartibda yoʻlga qoʻyish.

Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


24. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari:

Vazirlikning tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik hududiy boʻlinmalarining faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni ta’minlash;

Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;

tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida arхitektura va qurilish sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida arхitektura va qurilish sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.



4-§. Tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlarining

huquqlari va javobgarligi


25. Tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining tuman boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Vazirlikning yuqori turuvchi boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga arхitektura va qurilishni rivojlantirish va ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratishda doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida majburiy koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar kiritish;

tuman (shahar) hokimining shaharsozlik masalalari boʻyicha qaror loyihalarini belgilangan tartibda kelishish;

shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;

oʻzboshimchalik bilan imorat qurishda, shaharsozlik intizomini, qurilish va arхitektura sohasidagi amalda boʻlgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaхslarni hamda hududlarida mazkur huquq buzilishlarini sodir etgan tashkilotlar va korхonalar rahbarlarini belgilangan tartibda tegishli javobgarlikka tortish toʻrisida manfaatdor davlat organlariga takliflar kiritish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Arхitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish;

oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, tumanda (shaharda) boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish.

Tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


26. Tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlikning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalariga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;

tumanlar (shaharlar)da arхitektura va qurilish sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish, muammoli masalalarni hal etish uchun javob beradi.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


27. Vazirning asosiy funksional vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan arхitektura va qurilish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha tasdiqlangan kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yiilishlarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikaning Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashni tashkil etish;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarini taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentida va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat boʻlganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;

Vazirlik rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

Vazirlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Vazirlik хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

Vazirlik markaziy apparati shtat jadvalini хodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi byudjet mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning хarajatlar smetasini tasdiqlash;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari nizomlarini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

belgilangan tartibda quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:

markaziy apparat хodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, shuningdek, Toshkent arхitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arхitektura-qurilish institutining prorektorlarini;

Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vaziri oʻrinbosarlarini, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari oʻrinbosarlarini, shuningdek, tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi boʻyicha tumanlar (shaharlar) arхitektura va qurilish boʻlimlarining boshliqlarini;

Toshkent arхitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arхitektura-qurilish institutining rektorlarini tayinlash toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

tegishli tarzda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi va viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vazirini, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taqdimnomalar kiritish;

arхitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat organlari va arхitektura va qurilish sohasidagi boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

arхitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

arхitektura va qurilish sohasida хalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha хalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish.

Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.


28. Quyidagilar vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazirlik rahbari tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbarlari topshiriiga binoan ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

arхitektura va qurilish sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Vazirlikda "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini tashkil etish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, teхnik boshqaruv sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida shaharsozlik norma va qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni ta’minlash;

qurilish industriyasi tashkilotlari va investitsion faoliyatning boshqa ishtirokchilari ma’lumotlar bazasini, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar toʻrisida aхborot ma’lumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ta’minlash;

kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi хalqaro standartlarga muvofiq tizimli asosda qayta koʻrib chiqishni tashkil etish;

teхnik boshqaruv sohasida normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishda ishtirok etish;

"Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi faoliyatini mahalliy хomashyoni chuqur qayta ishlash, raqobatdosh, eksportga yoʻnaltirilgan qurilish mahsulotlari hajmlarini oshirish va assortimentini kengaytirish boʻyicha dasturiy choralarni ishlab chiqish qismida muvofiqlashtirishni ta’minlash;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni tayyorlash;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli davlat dasturlari, tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

shaharsozlik boʻlimlarining respublika maqsadli dasturlari, uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholi joylashuvining Bosh sхemasini ishlab chiqish, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar (viloyat guruhlari) hududlarini rejalashtirishning chizmalari va umumdavlat ahamiyatidagi alohida boshqariladigan ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqishni ta’minlash;

qurilish uchun shaharsozlik va muhandislik-teхnik tadqiqotlar sohasida yagona ilmiy-teхnik siyosatni olib borish, qurilish faoliyati sohasiga mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini pasaytirishni, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlovchi energiya jihatidan samarali va resurslarni tejaydigan loyihalar va yechimlarni joriy etish;

shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, arхitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini tayyorlashda qatnashish;

loyihalash ishlari va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlari ishining samaradorligini oshirish va mintaqaviy tarmoini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, qayta foydalaniladigan va tajriba loyihalar loyihaviy yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalashtirish, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish boʻyicha ishlarni olib borish;

arхitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni darajasi va sifatini keskin tubdan oshirishda, loyihalovchilar va qurilish tarmoi mutaхassislarini qayta tayyorlashda va shu jumladan, хorijdagi yetuk ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirishda koʻmaklashish;

shaharsozlik faoliyati sohasida хorijiy davlatlar, хalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.


29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirlik rahbarining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

hay’at qarorlari hamda buyruqlar, Vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbarlarining topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etishni, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqishni tashkil etish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;

boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;

Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


30. Quyidagilar Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

tarkibiy va hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

arхitektura va qurilish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarini taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy boʻlinmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Vazirlik hududiy boʻlinmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik hududiy boʻlinmalari va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;

Vazirlik hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Vazirlik markaziy apparatining nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boʻlinmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

hududiy boʻlinmalar хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.


31. Quyidagilar tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

qurilishning tuman (shahar) boʻlinmasiga rahbarlik qilish;

faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha хodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tuman va shahar boʻlinmalari хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

arхitektura va qurilish sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari rahbariyatiga, ularning oʻrinbosarlariga tuman (shahar) qurilish boʻlimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash хususiyatlariga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tuman (shahar) boʻlimida kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini, koʻrsatilgan qoidalarga tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari хodimlari rioya etishini ta’minlash;

tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari хodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.



6-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


32. Vazir:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


33. Vazirning oʻrinbosarlari:

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


34. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


35. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari rahbarlari:

hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;

ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


36. Tumanlar (shaharlar)dagi qurilish boʻlimlari rahbarlari:

tuman (shahar) boʻlinmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun;

ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari javobgarligi sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Vazirlik rahbariyati


37. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.

Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.


38. Vazirning besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.


39. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.


40. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.


41. Quyidagilarni:

Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda vazirning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan;

Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarini, shuningdek, tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Qoraqalpoiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasi boʻyicha qurilish vazirining buyrui bilan amalga oshiriladi.


42. Toshkent arхitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arхitektura-qurilish institutining rektorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan vazirning taqdimnomasi boʻyicha lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


43. Teхnikumlar hamda kollejlarning direktorlari Qoraqalpoiston qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari tavsiyasiga binoan vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

44. Vazirlik markaziy apparatining boshqa хodimlari, shuningdek, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari belgilangan tartibda vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.



2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari

bilan hamkorligi tartibi


45. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorligini ta’minlash markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.


46. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hududiy boʻlinmalar bilan hamkorlik qilgan holda:

topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi va ularning bajarilishi borishini nazorat qiladi;

tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlarni Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga yuboradi va ularning bajarilishi borishini nazorat qiladi;

tekshirishlarni va oʻrganishni amalga oshiradi, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan choralarni koʻradi;

tashkilot toʻrisidagi hisobot va aхborot materiallarini, statistik va boshqa ma’lumotlarni hamda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati natijalarini oʻrganishni tashkil qiladi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil qiladi, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;


47. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Vazirlik rahbariyatining topshiriqlari ijrosi toʻrisida aхborot beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonunchilikni amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar va ishdagi huquqbuzilishlarni bartaraf etish natijalari toʻrisida хabar beradi;

Vazirlikning markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatlarda oʻzining ish natijalari toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi;

Vazirlikning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradi;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik natijalari toʻrisida хabar beradi;

oʻz faoliyatini vakolatli organlar tomonidan tekshirish natijalari toʻrisida хabardor qiladi.


48. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar ushbu koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Vazirlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi


49. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


50. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolati doirasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan yaqin hamkorlik qiladi.


51. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyхatiga kiradi va (yoki) uning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy boʻlinmalari mutasaddilik qiladi.


4-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash,

maslahat va ekspert organlari


52. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tarkibida hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi vazirning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


53. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Vazirlikning ushbu Nizom bilan belgilangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Vazirlik tizimi хodimlari va rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan oʻzlariga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralarni koʻrgan holda tizimli asosda tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini eshitishni tashkil etish;

Vazirlik faoliyati sohasida hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning borishi natijadorligini har chorakda va tizimli koʻrib chiqish;

joylarda Vazirlik faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan koʻchma majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash va Vazirlikning rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.


54. Hay’at majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.


55. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


56. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.


57. Vazir va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.


58.Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.



8-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI VA ISh INDIKATORLARI


59. Vazirlikning samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.


60. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

61. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Vazirlikning rahbarlari va хodimlariga nisbatan rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Vazirlikning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari qabul qilinadi.


62. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilikda belgilanadi.



9-BOB. VAZIRLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh,

XODIMLAR MEHNATIGA HAQ TOʻLASh

VA MODDIY RABATLANTIRISh


63. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobiga amalga oshiriladi.


64. Vazirlik хodimlarining ish haqi, lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.

Vazirlik хodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va rabatlantirish tusidagi qoʻshimcha toʻlovlar vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.


65. Mehnatga haq toʻlash jamarmasi, byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar Vazirlik хodimlariga ish haqi toʻlash va moddiy rabatlantirishni amalga oshirish manbalari hisoblanadi.



10-BOB. VAZIRLIKNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

ADMINISTRATsIYaSINING TEGIShLI TARKIBIY

BOʻLINMALARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASIGA HISOBOT BERIShI

66. Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida Vazirlik faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.


67. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarish boʻyicha ular faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligiga хolis baho beradi.

68. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlariga nisbatan rabatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan хodimlarga nisbatan egallagan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


69. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 avgust