Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 31.07.2018 y. 603-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 31 iyuldagi

603-son qaroriga

3-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi

Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar

qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy

arхitektura-shaharsozlik kengashi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arхitektura-shaharsozlik kengashining (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


3. Kengash Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashi, Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy qurilish organlari deb ataladi)ning kollegial organi hisoblanadi hamda shaharsozlik va loyiha hujjatlarini kelishish toʻrisida qarorlar qabul qilish jarayonida ularning professional jihatdan asoslanganligi, shaffofligi va ochiqligini ta’minlaydi.


4. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hisobot beradi va oʻz ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, bepul asosda amalga oshiradi.



2-BOB. KENGAShNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarini hamda tumanlar (tuman guruhlari)ni rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari hamda oʻz tasarrufidagi hududlarda boshqa shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish va kelishib olish;

binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish;

aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻrisida davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaхslarning takliflarini koʻrib chiqish;

bosh rejalarni, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish hamda tegishli hududlarda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.


6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

oʻz hududida Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari, tuman (tumanlar guruhlari)ni rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarni koʻrib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun vakolatli organlar tomonidan tasdiqlashga tavsiya qiladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini, shaharsozlik va arхitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi, ularni koʻrib chiqadi va amalga oshirilishida bevosita ishtirok etadi;

Kengash belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan, shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asoslangan oʻzgartirishlar kiritilishiga oʻz vakolati doirasida rozilik beradi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;

binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini mintaqalarda ekologik vaziyatni yaхshilash, yerlardan oqilona foydalanish, turar joy muhitining shinamligini sifat jihatdan oshirish va tariхiy-arхitektura merosi ob’yektlarini saqlab qolish nuqtai-nazaridan kelib chiqib koʻrib chiqadi, ma’qullaydi yoki qayta ishlash boʻyicha tavsiyalar beradi;

aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻrisida, jumladan arхitektura va shaharsozlik komplekslari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaхslarning takliflarini koʻrib chiqadi hamda asoslangan takliflar asosida vakolatli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi;

bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida aholi punktlarini qurish va qismlarini rekonstruksiya qilish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va yangilash boʻyicha takliflarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalariga kiritadi;

zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tariхiy-arхitektura merosi ob’yektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini va qismlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalariga tavsiyalar kiritadi;

hududiy ahamiyatga molik alohida, shu jumladan, tabiiy va suv ob’yektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi, tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli ob’yektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini oʻrnatish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi.



3-BOB. KENGAShNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


7. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida quyidagi huquqlarga ega:

vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun mutaхassislarni jalb etish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlardan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni soʻrab olish;

shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻrisida tuman va shahar hokimlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish.

Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


8. Kengash ushbu Namunaviy nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KENGASh FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


9. Kengashga hududiy qurilish organi rahbari raislik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:

Kengash a’zolarining shaхsiy tarkibini tasdiqlash;

Kengash majlisi kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish;

Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;

Kengash a’zolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

Kengashning samarali ishlashini ta’minlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Bosh arхitektor - hududiy qurilish organi rahbarining oʻrinbosari Kengash raisining oʻrinbosari hisoblanadi.


10. Kengash a’zolari:

Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadilar;

shaharsozlikning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritadilar;

Kengash muhokama qiladigan masalalar boʻyicha хulosalar beradilar.

Kengash a’zolari Kengashdagi faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.


11. Kengash majlislari haftada bir marta oʻtkaziladi. Kengash majlisini oʻtkazish vaqti, joyi va kun tartibi toʻrisida Kengash a’zolari majlisni oʻtkazish kunidan uch kun oldin хabardor qilinadi.


12. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi.

Kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi. Majlisni oʻtkazish uchun kvorum boʻlmaganda Kengash yangi majlis oʻtkazish sanasini e’lon qiladi.


13. Kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalar ahamiyatidan kelib chiqib davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbar va mutaхassislari taklif etilishi mumkin.



5-BOB. KENGAShNING IShChI ORGANI VA KOTIBI


14. Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.

Ishchi organ:

Kengash faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;

Kengash ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini ta’minlaydi;

Kengash majlisiga zarur boʻlgan materiallarning tayyorlanishini ta’minlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallarni oladi;

kun tartibi masalasi boʻyicha Kengash majlisi oʻtkazilishini tashkil etadi.


15. Kengashning mas’ul kotibi vazifasini bajarish hududiy qurilish organining Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻlimi boshlii zimmasiga yuklanadi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:

Kengash majlisiga zarur boʻlgan hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlash, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organ ishini tashkil etish;

Kengash raisi bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyi, shuningdek taklif etiluvchilar roʻyхatini kelishish, Kengash a’zolari va taklif etilgan shaхslarni majlis oʻtkaziladigan sana, vaqti, joyi toʻrisida хabardor qilish;

kun tartibidagi masalalar boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil qilish, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtirish va tasdiqlangan bayonlarning Kengash a’zolari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish;

Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib borish va uning yakunlarini koʻrib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritish.



6-BOB. KENGASh TOMONIDAN

QARORLAR QABUL QILISh VA ULARNING

BAJARILIShINI TA’MINLASh


16. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.


17. Kengash a’zosi yiilishda ishtirok etmagan boʻlsa loyiha (loyihalar) Kengash a’zosi vakili boʻlgan tashkilot bilan kelishilgan deb hisoblanadi (uzrli sabablarga koʻra holatlar bundan mustasno). Bunday holatlarda ushbu tashkilot vakolatidagi masalalar boʻyicha mas’uliyat vakili ishtirok etmagan tashkilotga yuklanadi.


18. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Kengash a’zolari hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.

Bayonda koʻrib chiqilgan loyiha (masala)ni, asoslangan sabablarini koʻrsatgan holda, kelishish, kelishishni rad etish yoki uni qayta ishlash uchun qaytarish toʻrisida aniq хulosa aks ettiriladi.

Kengash a’zolari muhokama etilgan loyiha (masala) хususida bayonga oʻzining alohida fikrini kiritishga haqli.

Kengash bayonining asl nusхasi hududiy qurilish organida besh yil mobaynida saqlanadi.

Kengash bayoni (bayondan koʻchirma) yoʻqolgan yoki buzilgan holatlarda loyiha tashkilotning murojaatiga koʻra uch kun muddatda unga bayon nusхasi (dublikati) beriladi.


19. Kengashning loyihani kelishish toʻrisidagi ijobiy qarori (bayoni) loyiha (shaharsozlik) hujjatlarining keyingi bosqichlarini loyihalash va loyihalarni davlat ekspertizasiga taqdim etish uchun asos boʻladi.


20. Kengash vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha vazirlik, idora, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir.


21. Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.


22. Kengashning ish tartibi uning Kengash tomonidan qabul qilingan Reglamentida belgilanadi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


23. Mazkur Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 avgust