Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2018 y. 630-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlarining bayrogʻi va farqlash belgisi namunalarini, shuningdek, ularni tayyorlash, ishlatish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.08.2018 y.

N 630



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA XIZMATI ORGANLARINING

BAYROI VA FARQLASh BELGISI NAMUNALARINI,

ShUNINGDEK,   ULARNI   TAYYoRLASh,   IShLATISh,

SAQLASh VA YOʻQ QILISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 12 apreldagi PF-5414-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlarining bayroi va farqlash belgisi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlarining bayroi va farqlash belgisini tayyorlash, ishlatish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 7 avgustdagi

630-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona

хizmati organlarining bayroi

TAVSIFI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlarining bayroi (keyingi oʻrinlarda bayroq deb ataladi) taraqqiyot va barqarorlikni ifoda etuvchi toʻq koʻk rangli toʻri burchakli mato koʻrinishiga ega.

Bayroqning uzunligi - 250 sm, eni - 125 sm.

Bayroq markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona organlarining farqlash belgisi (keyingi oʻrinlarda farqlash belgisi deb ataladi) tasvirlangan.

Masofasi:

bayroqning tepa va pastki chekkasidan farqlash belgisigacha - 9 sm;

bayroqning chap va oʻng chekkasidan farqlash belgisigacha - 73,2 sm;

Oʻlchami:

farqlash belgisining balandligi va eni - 100,48 sm;

farqlash belgisi oq halqaning eni - 1,2 sm;

farqlash belgisi yashil rangli doirasimon chiziining eni - 7,5 sm;

farqlash belgisining "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI" va "DAVLAT BOJXONA XIZMATI" yozuvlarining hajmi - 3,4 sm;

globus diametri - 60 sm;

farqlash belgisi kartasining balandligi - 33,1 sm, eni - 50,7 sm;

farqlash belgisining Merkuriy tayoi qanotlari eni - 43,7 sm va tayoqning uzunligi - 48,7 sm;

farqlash belgisining sakkiz qirrali ikkita yulduzi diametri - 5,4 sm;

Bayroq boshqa oʻlchamlarda boʻlishi mumkin, ammo hamma hollarda bayroqning eni uning uzunligiga nisbati 1:2 ni tashkil etishi shart.






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 7 avgustdagi

630-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona

хizmati organlarining farqlash belgisi

TAVSIFI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona хizmati organlarining farqlash belgisi (keyingi oʻrinlarda farqlash belgisi deb ataladi) mustahkamlik va doimiylikni ifoda etuvchi kumush rangli sakkiz qirrali shaklga ega boʻlib, uning ichki qismida sakkiz qirralikdan oq rangli halqa bilan ajratilgan yashil rangdagi doirasimon chiziq bilan oʻralgan kumush rangli globus tasvirlangan.

Doirasimon chiziqning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI", pastki qismida "DAVLAT BOJXONA XIZMATI" soʻzlari yozilgan. Yozuvlar sakkiz qirrali oltinsimon rangli ikkita yulduz bilan ajratilgan.

Globusning markazida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini birgalikda himoya qilishni va iqtisodiy хavfsizligini ta’minlashni, shuningdek, jahonning barcha mamlakatlari bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ma’nosini anglatuvchi bronza rangidagi Oʻzbekiston Respublikasi хaritasi tasvirlangan, uning markazida oʻtkir tii bilan pastga qaragan vertikal holatdagi tilla rangli ikki tomonidan ilonlar bilan oʻralgan qanotli tayoq (Merkuriy tayoi) tasvirlangan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 13 avgust, 32-son, 661-modda