Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018 y. 599-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.07.2018 y.

N 599




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BANK-MOLIYa AKADEMIYaSIDA BOShQARUV

KADRLARINI TAYYoRLASh, QAYTA TAYYoRLASh

VA   ULARNING   MALAKASINI   OShIRIShGA

DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 2017 yil 19 sentyabrdagi 745-son qaroriga muvofiq hamda bank, moliya, soliq va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida magistratura tinglovchilarining oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishdan chetlatish va qayta tiklash tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2013 yil 16 sentyabrdagi 255-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 9-son, 67-modda) 2-bandi va ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 30 iyuldagi

599-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1996 yil 17 maydagi 180-son qarorining 3-bandi ikkinchi хatboshisidagi "guvohnoma" soʻzi "diplom" soʻzi bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 apreldagi 220-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 4-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ustavining 27-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"27. Akademiya magistraturasiga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 1 avgust