Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari хodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 07.08.2018 y. 3049-son bilan roʻyхatga olingan Adliya vazirining 07.08.2018 y. 407-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 7 avgustda 3049-son

bilan roʻyхatga olingan

adliya vazirining

2018 yil 7 avgustdagi

407-mh-son buyruiga

ILOVA



Fuqarolik holati dalolatnomalarini

yozish boʻlimlari хodimlarini martaba

darajalari boʻyicha attestatsiyadan

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi PQ-3785-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 498-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tuman va shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari shuningdek nikoh uylari (bundan buyon matnda FHDYo boʻlimi deb yuritiladi) хodimlari martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish FHDYo boʻlimi хodimining navbatdagi attestatsiyadan oʻtishi deb hisoblanmaydi hamda attestatsiyadan oʻtish muddatining uzaytirilishiga asos boʻlmaydi.


2. FHDYo boʻlimi хodimlari martaba darajalari boʻyicha attestatsiya qonuniylik, odillik, хolislik, bearazlik va kollegiallik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. FHDYo BOʻLIMLARI XODIMLARINI

ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh


3. FHDYo boʻlimlari хodimlarining martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlari Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) direktori buyruiga asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladigan FHDYo boʻlimlari хodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.


4. Martaba darajalariga tavsiya etilgan FHDYo boʻlimlari хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlari tegishlicha Agentlikning Kadrlar boʻlimi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining bosh yuriskonsultlari bilan birgalikda tashkil etiladi.


5. Martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlar tegishlicha tuman (shahar) hokimliklarining bosh yuriskonsultlari tomonidan koʻrib chiqiladi hamda tuman (shahar) hokimi tomonidan tegishli takliflar bilan attestatsiya oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish uchun attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.


6. Tuman (shahar) hokimi taqdim etilgan taklifda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaхsan javob beradi.


7. Martaba darajalariga tavsiya etilgan FHDYo boʻlimi хodimlarining attestatsiyasi tegishli hujjatlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida oʻtkaziladi.

Attestatsiya komissiyasi yiilishida martaba darajasiga tavsiya etish masalasi ma’lumot-tavsifnomada keltirilgan ish faoliyati natijalari, kasbiy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda FHDYo boʻlimi хodimining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.

Zarur hollarda, martaba darajalariga tavsiya etilgan nomzodlar attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbatdan oʻtkazilishi mumkin.


8. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi хulosalardan biri qabul qilinadi:

nomzodga martaba darajasi berish mumkinligi toʻrisida;

nomzodga martaba darajasi berish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida.


9. Attestatsiya komissiyasi Agentlikka tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan tavsiya etilgan martaba darajasidan yuqori yoki past martaba darajasi berish taklifi bilan chiqishi mumkin.


10. Attestatsiya komissiyasi komissiya ishida a’zolarning uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Attestatsiya natijalari komissiya majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.


11. Attestatsiya komissiyasining хulosasi martaba darajasini berish masalasini hal qilish uchun tegishli hujjatlar bilan birga Agentlikka taqdim etiladi.


12. Agentlik hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda nomzodlarga martaba darajasi berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga taklif kiritadi.


13. Martaba darajasi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tashabbusiga koʻra berilganda attestatsiya oʻtkazilmaydi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDA


14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.






Nizomga

ILOVA



FHDYo boʻlimlari хodimlarini martaba darajalari

boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining

NAMUNAVIY TARKIBI

   

1.

Lavozimiga koʻra

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshlii, komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari  хotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari

4.

Lavozimiga koʻra

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat хizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi boshlii

5.

Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining Bosh yuriskonsulti

6.

Lavozimiga koʻra

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi Kadrlar boʻlimi boshlii, komissiya kotibi

  


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 13 avgust, 32-son, 668-modda