Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.08.2018 y. 407-mh-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari хodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.08.2018 y. 3049-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.08.2018 y.

N 3049




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.08.2018 y.

N 407-mh


BUYRUI



Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish

boʻlimlari хodimlarini martaba darajalari

boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi PQ-3785-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 iyuldagi 498-son "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga asosan BUYuRAMAN:


1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari хodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Davlat хizmatlari agentligi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish Davlat хizmatlari agentligi direktori X. Turaхujayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                            R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 13 avgust, 32-son, 668-modda