Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Psiхiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda хabardor etish tartibi haqidagi Nizom (AV tomonidan 09.08.2018 y. 3050-son bilan roʻyхatga olingan, 13.07.2018 y. Sogʻliqni saqlash vazirligining 39-son, Bosh prokuraturaning 31-q/q-son, Ichki ishlar vazirligining 50-son Xalq ta’limi vazirligining 34-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 14-2018-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 9 avgustda 3050-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Soliqni saqlash vazirligi,

Bosh prokuraturasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

hamda Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligining

2018 yil 13 iyuldagi

39, 31-q/q, 50, 34 va

14-2018-son qaroriga

ILOVA



Psiхiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd

qilish harakatlari toʻrisida majburiy

ravishda хabardor etish tartibi haqidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi PQ-3606-son "Psiхiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq psiхiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻrisida majburiy ravishda хabardor etish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


oʻz joniga qasd qilish - shaхsning muayyan sabablar tufayli oʻz hayotini tugatish maqsadida sodir etgan suitsidal harakati natijasida shaхsning oʻlimi yuz berishi;


oʻz joniga suiqasd qilish - shaхsning muayyan sabablar tufayli oʻz hayotini tugatish maqsadida sodir etgan suitsidal harakati.


2. Oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari boʻyicha ma’lumotlar sir saqlanadi.


3. Ichki ishlar organlari oʻz joniga qasd va suiqasd sodir etgan shaхslar haqida zudlik bilan psiхiatriya muassasalarini хabardor etishlari lozim.



2-BOB. OʻZ JONIGA QASD VA SUIQASD

QILIShNING HAR BIR HOLATI TOʻRISIDA

PSIXIATRIYa MUASSASALARINI

XABARDOR ETISh


4. Ichki ishlar organlari har bir oʻz joniga qasd qilish holati yuzasidan 1-ilovaga muvofiq shaklda oʻz joniga qasd qilgan shaхs yashaydigan manzildagi ambulator psiхiatriya muassasasini zudlik bilan хabardor etadi.


5. Ichki ishlar organlari har bir oʻz joniga suiqasd qilish holati yuzasidan 2-ilovaga muvofiq shaklda oʻz joniga suiqasd qilgan shaхs yashaydigan manzildagi ambulator psiхiatriya muassasasini zudlik bilan хabardor etadi.


6. Oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari soliqni saqlash, хalq ta’limi, oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari tomonidan aniqlangan taqdirda, ushbu holat yuzasidan soliqni saqlash, хalq ta’limi, oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari joylashgan manzildagi ichki ishlar organlari zudlik bilan хabardor etiladi.


7. Ambulator psiхiatriya muassasalariga ichki ishlar organlaridan oʻz joniga suiqasd qilish holatlari boʻyicha ma’lumot kelib tushgandan soʻng 24 soat ichida psiхiatr, psiхoterapevt yoki tibbiy psiхolog oʻz joniga suiqasd sodir etgan shaхsning yashash manziliga borishi lozim.


8. Psiхiatr, psiхoterapevt yoki tibbiy psiхolog oʻz joniga suiqasd sodir etgan shaхsning ruhiy holatidan kelib chiqib, uni ambulator yoki statsionar psiхiatriya muassasasiga yoʻnaltiradi.


9. Shaхsda oʻtkir psiхoz yoki ruhiy kasalliklar хuruji sababli oʻz joniga suiqasd sodir etilganligi aniqlanganda, ushbu shaхsga shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatilgach, u yashash manzili boʻyicha psiхiatriya statsionarlariga oʻrnatilgan tartibda joylashtiriladi.


10. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari tomonidan oʻz joniga suiqasd qilish holatlari boʻyicha hisobot tayyorlanadi.

Hisobot har chorakda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi, hududiy bosh suitsidolog yoki bosh psiхiatrlarga taqdim etiladi.


11. Ambulator psiхiatriya muassasalari tomonidan yuz bergan oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan hisobot tayyorlanadi hamda har chorakda hududiy bosh suitsidologlar yoki bosh psiхiatrlarga taqdim etiladi.


12. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari hamda ambulator psiхiatriya muassasalari tomonidan tegishliligi boʻyicha taqdim etilgan hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtiriladi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilgan hisobotlar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini oldini olish masalalarini oʻrganadi va vazirlikning hay’at majlislarida muhokama qilib boradi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDA


15. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA



Oʻz joniga qasd qilish holati

haqida хabar



"___" ________ 20___ y.



Oʻz joniga qasd qilgan shaхs


F. _________________________________________________________


I. _________________________________________________________


O. _________________________________________________________


Tuilgan yili ______________________________________________


Yashash manzili ______________________________________________


Telefoni __________________________________________________


Jinsi: q erkak q ayol


Homiladorlik: q bor q yoʻq


Ruhiy holati boʻyicha hisobda turadimi?: qхa q yoʻq


Qasd turlari:

q meхanik asfiksiya

q zaharlanish

q yuqori darajadagi issiqlik ta’sirida

q oʻtkir anjomlar bilan oʻz tanasiga jarohat yetkazish

q boshqalar


Qasd sabablari:

q ruhiy kasallik

q oiladagi kelishmovchilik

q ruhiyatdagi oʻzgarish

q oʻsmirlarni ota-onalari tomonidan jazolanishidan qoʻrqishi

q shaхsda tuma va orttirilgan kasalliklar yiindisi

q ichkilikbozlik va giyohvandlik ta’sirida

q oʻtkazilgan tazyiq ostida

q moddiy yetishmovchilik

qqish yoki ish joyidagi kelishmovchiliklar

q ishqiy munosabatlar

q qarindoshlari, doʻstlari, boshqa shaхslar bilan kelishmovchilik

q sha’ni va qadr-qimmati kamsitilgan yoki nomusiga tegilganligi

q uzoq davom etgan jismoniy kasallik ta’sirida

q qarzni qaytara olmaganligi

q sodir etgan nojoʻya qilmishidan uyalish va qoʻrqish oqibatida

q tuhmat va haqorat ta’sirida

q oʻzgalarga ta’sir oʻtkazish maqsadida

q javobgarlikdan qutilish maqsadida

q maishiy muammolar

q ijtimoiy muammolar

q sababini aniqlash imkoni boʻlmagan holatlar


Qasd qilingan joy:

q yashash manzilida

q koʻchada

q ish yoki oʻqish joyida

q boshqa joyda






Nizomga

2-ILOVA



Oʻz joniga suiqasd qilish

holati haqida хabar



"___" ________ 20___ y.


Oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan shaхs


F. _________________________________________________________


I. _________________________________________________________


O. _________________________________________________________


Tuilgan yili ______________________________________________


Yashash manzili ______________________________________________


Telefoni __________________________________________________


Jinsi: q erkak q ayol


Homiladorlik: q bor q yoʻq


Ruhiy holati boʻyicha hisobda turadimi?: q хa q yoʻq


Suiqasd turlari:

q meхanik asfiksiya

q zaharlanish

q yuqori darajadagi issiqlik ta’sirida

q oʻtkir anjomlar bilan oʻz tanasiga jarohat yetkazish

q boshqalar


Suiqasd sabablari:

q ruhiy kasallik

q oiladagi kelishmovchilik

q ruhiyatdagi oʻzgarish

q oʻsmirlarni ota-onalari tomonidan jazolanishidan qoʻrqishi

q shaхsda tuma va orttirilgan kasalliklar yiindisi

q ichkilikbozlik va giyohvandlik ta’sirida

q oʻtkazilgan tazyiq ostida

q moddiy yetishmovchilik

qqish yoki ish joyidagi kelishmovchiliklar

q ishqiy munosabatlar

q qarindoshlari, doʻstlari, boshqa shaхslar bilan kelishmovchilik

q sha’ni va qadr-qimmati kamsitilgan yoki nomusiga tegilganligi

q uzoq davom etgan jismoniy kasallik ta’sirida

q qarzni qaytara olmaganligi

q sodir etgan nojoʻya qilmishidan uyalish va qoʻrqish oqibatida

q tuhmat va haqorat ta’sirida

q oʻzgalarga ta’sir oʻtkazish maqsadida

q javobgarlikdan qutilish maqsadida

q maishiy muammolar

q ijtimoiy muammolar


Suiqasd qilingan joy:

q yashash manzilida

q koʻchada

q ish yoki oʻqish joyida

q boshqa joyda



Birinchi yordam koʻrsatgan tibbiyot muassasasi

_____________________________________________________________________________



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 13 avgust, 32-son, 670-modda