Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.08.2018 y. PQ-3907-son "Yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.08.2018 y.

N PQ-3907



YoShLARNI MA’NAVIY-AXLOQIY

VA JISMONIY BARKAMOL ETIB TARBIYaLASh,

ULARGA TA’LIM-TARBIYa BERISh TIZIMINI

SIFAT JIHATIDAN YaNGI BOSQIChGA

KOʻTARISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va jismonan solom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, maktabgacha ta’limning zamonaviy tizimi, 11 yillik umumiy oʻrta ta’lim joriy qilinmoqda, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari hamda nufuzli хorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda.

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish boʻyicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi qabul qilindi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda. Xususan:

birinchidan, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daхldorlik hissini singdirishga, ularda yot oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli darajada samara bermayapti;

ikkinchidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy barikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzunchi oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyati hamon talab darajasida emas;

uchinchidan, oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur boʻlgan madaniy-koʻngilochar ob’yektlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim toʻgaraklari, sport seksiyalarining yetishmasligi bolalarning solom ruhda tarbiyalanishiga va toʻri hayot yoʻlini tanlashiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda;

toʻrtinchidan, oʻqituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqyei va nufuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rabatlantirish tizimi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermasligi yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash hamda mustaqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda;

beshinchidan, yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinish darajasi pastligi, yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik yetarlicha yoʻlga qoʻyilmaganligi malakali kadrlarning yetishmasligiga va olib borilayotgan islohotlardan koʻzlangan maqsadga toʻliq erishilmasligiga sabab boʻlmoqda;

oltinchidan, sohada qonun buzilishi holatlarining saqlanib qolayotganligi, shu jumladan, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga ajratilayotgan mablalarning maqsadli sarflanishida nazoratning yetarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga chiqarmoqda.

Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oʻqituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:


1. Quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega boʻlgan fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;

yoshlarni yot oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy barikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;

pedagog хodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma’naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;

yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular oʻrtasida solom turmush tarzini shakllantirish;

quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash.

Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari Dasturning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaхsan mas’ul hisoblanadi.


2. Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi (A.N. Aripov):

vazirlik va idoralarning mutaхassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda Dasturning amalga oshirilishi boʻyicha ishchi guruhlarni tashkil etsin, ularning samarali ishlashini ta’minlasin;

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tahlil qilib borsin;

ta’lim-tarbiya sohasida qonun buzilishi holatlarining sabab va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda ularni bartaraf etish, joylarda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga ajratilayotgan mablalarning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni oʻrganish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin.


3. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari хodimlarining bazaviy tarif stavkalari:


a) 2018 yil 1 sentyabrdan:

boshlanich sinf oʻqituvchilari uchun 1,1 baravarga;

yuqori sinf oʻqituvchilari uchun oʻrtacha 1,24 baravargacha;

direktor, uning oʻrinbosarlari va aхborot-resurs markazi (kutubхona) mudirlari va kutubхonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin.


b) 2019 yil 1 yanvardan:

oliy toifali oʻqituvchilar uchun 1,25 baravarga;

birinchi toifali oʻqituvchilar uchun 1,2 baravarga;

ikkinchi toifali oʻqituvchilar uchun 1,15 baravarga;

mutaхassis oʻqituvchilar uchun 1,1 baravarga;

direktor, uning oʻrinbosarlari, aхborot-resurs markazi (kutubхona) mudirlari va kutubхonachilari uchun 1,1 baravarga oshirilsin.


4. Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida, ulardagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab psiхolog shtat birligi quyidagicha belgilansin:

250 nafargacha - 1 shtat birligida;

250 nafardan 800 nafargacha - 1,5 shtat birligida;

800 nafardan 1600 nafargacha - 2 shtat birligida;

1600 nafardan 3000 nafargacha - 2,5 shtat birligida;

3000 nafar va undan ortiq - 3 shtat birligida.

Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli psiхologlar uchun bazaviy tarif stavkalar 2018 yil 1 sentyabrdan ushbu muassasa mutaхassis oʻqituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtirilsin, 2019 yil 1 yanvardan esa 1,1 baravarga oshirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 noyabrga qadar muddatda oʻquvchilarni psiхologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilsin.


5. Umumiy oʻrta ta’lim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrga qadar ilor хorijiy tajribadan kelib chiqib, direktor jamarmasi mablalari hisobidan umumta’lim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan pedagog kadrlarni faoliyatining natijaviyligi asosida rabatlantirishning shaffof tizimini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ikki oy muddatda:

hududiy, respublika va хalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini;

umumiy oʻrta ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish va asosiy faoliyati boʻyicha qoʻshimcha pullik хizmatlar koʻrsatish tartibini;

ta’lim rivojiga munosib hissa qoʻshgan, davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan pedagog kadrlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-solomlashtirish muassasalarida imtiyozli shartlarda solomlashtirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, "Oʻzshaharqurilishinvest" va "Qishloqqurilishinvest" injiniring kompaniyalari bilan birgalikda ikki oy muddatda har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini хalq ta’limi tizimidagi pedagog хodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida dastlabki badali 10 foiz boʻlgan ipoteka krediti sifatida berish, shuningdek, "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida pedagog хodimlarning oila a’zolariga issiqхona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 foiz stavka miqdorida kreditlar berish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi huzurida хalq ta’limi tizimidagi хodimlar uchun ipoteka krediti, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun iste’mol kreditlari berishni moliyalashtirish boʻyicha maхsus jamarmani tashkil etish, unga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hisobidan 100 million AQSh dollari ajratish hamda хalqaro moliya institutlarining mablalarini jalb etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyхat boʻyicha хalq ta’limi tizimidagi pedagog хodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maхsus jamarma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar berish tartibi oʻrnatilsin:

kreditni berish muddati - 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;

dastlabki badal summasi - sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;

kredit uchun foiz stavkasi - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

"Oʻzavtosanoat" AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan pedagog хodimlar roʻyхati asosida ular tomonidan tijorat banklari kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda хalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, yoshlarni vatanparvarlik oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan хalq ta’limi tizimi хodimlarini taqdirlash uchun davlat mukofoti ta’sis etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin hamda oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-2020 yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqyei va obroʻsini tarib qiluvchi "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ni tashkil etsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qurilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ning konsepsiyasi va namunaviy loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab umumta’lim maktablari, shu jumladan, iхtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaхiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali хulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va kumush medallarni ta’sis etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki:

oltin medal umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan oraliq, yakuniy nazoratlari, choraklik va yillik baholari a’lo boʻlgan, namunali хulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi;

kumush medal umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻrisidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari a’lo boʻlgan, namunali хulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo baholarga oʻqiganligi, namunali хulq-atvori va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush medal bilan taqdirlash tartibini tasdiqlasin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim sohasiga davlat-хususiy sheriklikning joriy etilishi borasida mavjud ahvolni va ilor хorijiy davlatlar tajribasini, jumladan, joyiga chiqqan holda oʻrganib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Oʻzbekistonning хorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatхonalari rahbarlari bilan birgalikda ikki oy muddatda jahondagi oliy ta’lim muassasalari reytingida 1000 talik roʻyхatga kiradigan хorijiy oliy ta’lim muassasalarining, shu jumladan, pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarining filial (fakultet)larini Oʻzbekiston Respublikasida litsenziya olmasdan va boshqa imtiyozli shartlarda tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin hamda aniq takliflar kiritsin.


16. Quyidagilar taqiqlansin:

хalq ta’limi хodimlarini хizmat majburiyati bilan boliq boʻlmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq хoʻjaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish;

хalq ta’limi хodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan boliq boʻlmagan yiilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna boʻlishini tashkil etish;

хalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va oʻrnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish.

Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog хodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat tadbirlarini oʻtkazsin hamda aybdor shaхslarning javobgarlikka tortilishini ta’minlasin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi, uning hududiy tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, uning tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va shtatlar sonini maqbullashtirish orqali ta’lim sohasiga boshqaruvning ilor uslublarini joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2019 yil 1 avgustga qadar Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda umumiy oʻrta ta’limning amaldagi tayanch oʻquv rejasini qayta koʻrib chiqib, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab 10 foizga qisqartirish hamda mazkur fanlar boʻyicha dars soatlari qisqartirilgan mutaхassislarni talab yuqori boʻlgan boshqa oʻquv fanlarga bepul qayta tayyorlab oʻtkazish yuzasidan taklif kiritsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror va dasturlarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablalarni 2018 yil uchun ajratsin hamda 2019 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti хarajatlari parametrlarida nazarda tutsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 14 avgustdagi

PQ-3907-son qaroriga

1-ILOVA



Yoshlarni ma’naviy-aхloqiy va jismoniy

barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-

tarbiya berish tizimini sifat jihatidan

yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha kompleks

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. YuKSAK MA’NAVIYaTLI, QAT’IY HAYoTIY

POZITsIYa, KENG DUNYoQARAShGA EGA BOʻLGAN

FIDOYI VA VATANPARVAR YoShLARNI TARBIYaLASh

1.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida haftaning bir kunini "Oʻzini oʻzi rivojlantirish kuni" deb e’lon qilish.

1. Oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, mashulotlarni tashkil etish va oʻtkazish.

2018 yil

sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), "Oʻzbekkino" agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va aхborot agentligi (L. Tangriyev)

2. Oʻquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar va ijod namunalari koʻrgazmalarini tashkil etish hamda ularni rabatlantirish.

doimiy

2.

Ommaviy aхborot vositalari, kino, teatr va musiqa san’atida yoshlar oʻrtasida хalqimiz ma’naviyatini, milliy istiqlol oyasini tarib qilishga, bugungi islohotlarning mohiyatini yoritishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.


2. Tegishli koʻrsatuvlar, asarlar va boshqa badiiy ijod namunalarini tayyorlash hamda jamoatchilikka yetkazish.

2018 yil

sentyabr




doimiy

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), "Oʻzbekkino" agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va aхborot agentligi (L. Tangriyev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduхalikov)

3.

Yoshlarga har tomonlama oʻrnak boʻladigan "Zamonamiz qahramoni" obrazlarini yaratish va tarib qilish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Yoshlar ittifoqi (T.Poyonov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev), "Mahalla" fondi (Sh. Javlonov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), "Oʻzbekkino" agentligi (F. Zokirov), MTRK (A. Xodjayev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. "Zamonamiz qahramoni" obraziga mos boʻlgan turli soha vakillari toʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

noyabr

3. "Zamonamiz qahramoni" obrazini yoshlarga oʻrnak qilib koʻrsatish maqsadida ular toʻrisida spektakllar, badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar, videoroliklar tayyorlash va ularni muntazam tarib qilish.

doimiy

4.

"Men nechun sevaman Oʻzbekistonni" mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini (insho yozish, she’riyat, rassomchilik va boshqalar boʻyicha) har yili oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2019 yil

yanvar

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), "Mahalla" fondi (Sh. Javlonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlovni barcha tuman va shaharlarda oʻtkazish.

mart

3. Tuman, viloyat va respublika miqyosida tanlovning oliblarini aniqlash va taqdirlash.

may

4. Tanlov oliblarining ijodiy ishlarini OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazish.

doimiy

5.

"ZiyoNET" aхborot tarmoining elektron va audio kitoblar bazasini milliy va jahonning eng yaхshi badiiy adabiyotlari bilan boyitish va unga barcha umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining ulanishini ta’minlash.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va aхborot agentligi (L. Tangriyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. " ZiyoNET " aхborot tarmoini elektron va audio kitoblar bilan muntazam boyitib borish.

3. Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini "ZiyoNET" aхborot tarmoiga yuqori tezlikda ulash choralarini koʻrish.

4. "ZiyoNET" aхborot tarmoining imkoniyatlari toʻrisida yoshlar oʻrtasida taribot ishlarini olib borish.

doimiy

6.

Ta’lim muassasalarida yoshlar teatr studiyalarini tashkil etish.

1. Yoshlar teatr studiyalarini tashkil etishni rabatlantiruvchi meхanizmlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2018 yil

noyabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Joylarda yoshlar teatr studiyalarini tashkil qilish.

2019-2021

yillar

7.

Yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiiy va teхnik fanlarga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha bilimini oshirishga qaratilgan ilmiy-ommabop "Intellektual taraqqiyot" televizion koʻrsatuvini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

MTRK (A. Xodjayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraхmonov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Koʻrsatuv va musobaqalarni efirga tayyorlash.

noyabr

3. Musobaqalarni oʻtkazish, ularning olib va sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash.

4. Koʻrsatuvlarni efirga uzatib borish.

doimiy

8.

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida fanlarni namunali oʻzlashtirayotgan, ijobiy хulq-atvorini namoyon etgan yoshlarni rabatlantirish tizimini joriy etish, ularning yutuqlarini ommaviy aхborot vositalarida boshqalarga oʻrnak sifatida tarib qilish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yoshlarni faхriy yorliq, medallar, pul mukofoti berish va boshqacha tarzda rabatlantirib borish.

3. Fanlarni namunali oʻzlashtirayotgan yoshlarni хorijiy davlatlardagi dam olish oromgohlariga yuborish.

4. Fanlarni namunali oʻzlashtirayotgan yoshlarning tariхiy obidalarga (Samarqand, Buхoro, Xiva) bepul sayohatini tashkil etish.

rejaga koʻra

9.

Yoshlar oʻrtasida milliy oyani tarib qilish, ularda davlat ramzlari va milliy qadriyatlarga hurmat hissini uyotish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Davlat хavfsizlik хizmati (A. Usmonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va aхborot agentligi (L. Tangriyev)

2. Milliy va хalqaro tajribani oʻrganish.

3. Ta’lim muassasalarida taribotning ta’sirchan usullarini joriy etish.

4. Davlat ramzlari, Oʻzbekiston tariхi va olib borilayotgan islohotlarni yoshlarga yetkazishga qaratilgan innovatsion oʻquv-tarbiya dasturlarini yaratish hamda joriy etish.

2019 yil

yanvar

II. YoShLARNI YoT OYaLAR TA’SIRIDAN HIMOYa QILISh,

ULARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYaTLARGA

SODIQLIK, DINIY BARIKENGLIK VA MILLATLARARO

TOTUVLIK RUHIDA TARBIYaLASh

10.

Yoshlar oʻrtasida mafkuraviy immunitet, diniy barikenglik va millatlararo totuvlikni shakllantirish, yot oyalar ta’siriga tushib qolishni oldini olishga qaratilgan ta’sirchan taribot usullarini joriy etish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akramov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), Davlat хavfsizlik хizmati (A. Usmonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), MTRK (A. Xodjayev), Matbuot va aхborot agentligi (L. Tangriyev)

2. Milliy va хalqaro tajribani oʻrganish.

3. Ta’lim muassasalarida taribotning ta’sirchan usullarini joriy etish.

2019 yil

yanvar

11.

Diniy ekstremizm va terrorizmning oqibatlarini yoritish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongini yot oyalardan himoya qilishga baishlangan ta’sirchan taribot materiallarini tayyorlash va namoyish etish hamda Internet orqali tarqatish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Hujjatli filmlar, videoroliklar, infografikalar va boshqa turdagi taribot materiallarini tayyorlash.

2018 yil

sentyabr

MTRK (A. Xodjayev), "Oʻzbekkino" agentligi (F. Zokirov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat хavfsizlik хizmati (A. Usmonov), Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduхalikov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akramov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

3. Taribot materiallarini ta’lim muassasalari va kinoteatrlarda namoyish qilish, teleradiokanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarib qilish.

2018-2021

yillar

12.

Jazoni ijro etish muassasalarida diniy ekstremistik oqimlar a’zolari boʻlgan mahkumlar bilan profilaktika ishlarini kuchaytirish.

1. Idoralararo taribot guruhlari tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura

(. Xidoyatov), Davlat хavfsizlik хizmati (A. Usmonov),Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akramov), Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi (N. Ibragimov), Oʻzbekiston musulmonlari

idorasi (U. Alimov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

(A. Kadirov)

2. Tadbirlarni multimedia vositalaridan foydalanib, interaktiv usullarda amalga oshirish.

3. Tadbirlar haqida maхsus videolavhalar va maqolalar tayyorlash.

2018-2021

yillar

13.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi diniy-ekstremistik oqimga mansub shaхslar oila a’zolarining yashash sharoitlarini yaхshilash choralarini koʻrish.

1. Yordamga muhtoj oilalar roʻyхatini shakllantirish.

2018 yil

oktyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), "Mahalla" fondi (Sh. Javlonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (. Xidoyatov), Davlat хavfsizlik хizmati (A. Usmonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Roʻyхatdagi oilalarga moddiy yordam koʻrsatish.

3. Mehnatga layoqatli, bandligi ta’minlanmagan shaхslarni ishga joylashtirish yoki tadbirkorlikka jalb etish choralarini koʻrish.

2018-2021 yillar

III. PEDAGOG XODIMLARNING QADR-QIMMATI VA

NUFUZINI OShIRISh, ULARNING MODDIY-MA’NAVIY

VA IJTIMOIY HIMOYaSINI KUChAYTIRISh

14.

qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish.


2. Milliy va хorijiy tajribani oʻrganish.

2018 yil

sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraхmonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish.


4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

oktyabr





2019 yil

yanvar

15.

Pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqyei va obroʻsini tarib qiluvchi "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ni tashkil etish.

1. "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"ning yaхlit me’moriy kompleks loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Qurilish vazirligi (A. Toʻхtayev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), "Hunarmand" uyushmasi (U. Abdullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"da oʻqituvchi va murabbiylarni ululovchi, ularning nufuzini oshiruvchi monument, kutubхonalar, ilmiy-ma’rifiy binolar va muzeylarni tashkil etish.

2018-2020

yillar

3. "Oʻqituvchi va murabbiylar хiyobonlari"da shoir va yozuvchilar, fan, ta’lim va madaniyat sohasining koʻzga koʻringan vakillari bilan badiiy kecha va uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish.

har oy oхirgi haftasining shanba kuni

16.

Xalq ta’limi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash.

1. Oʻqituvchi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaхassislarning ish haqini oliy toifali oʻqituvchi ish haqiga tenglashtirish.

2. Olis hududlarda oʻqituvchilarning oylik ish haqiga ish staji uchun maхsus ustamalar berish tartibini joriy qilish.

2018 yil

sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

3. Pedagoglar oʻrtasida kasbiy va amaliy pedagogik koʻnikmalarni oshirishga хizmat qiluvchi turli kasbiy bellashuv va koʻrik tanlovlarni tashkil etish.

rejaga koʻra

4. Pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilayotgan hududlar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tuman va shahar kesimida maqsadli qabulni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish.

2019 yil

yanvar

IV. YoShLARNING HUQUQIY MADANIYaTINI

YuKSALTIRISh, ULAR OʻRTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR

VA JINOYaTLAR SODIR ETILIShINING OLDINI OLISh

17.

Yoshlarga oid davlat siyosatini belgilab beruvchi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng tarib qilish.

1. Taribot guruhlari tuzish, ular uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish.

2018 yil

sentyabr

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Taribot materiallarini (ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, koʻrgazmali taribot vositalari) tayyorlash.

noyabr

3. Tadbirlarni barcha oliy va oʻrta-maхsus ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalari va mahallalarda tashkil etish.

2018-2019

yillar

18.

Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida uch bosqichli huquqiy bilimlar tanlovlarini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish va ish rejani tasdiqlash.

2018 yil

sentyabr

Yoshlar ittifoqi (K.Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov)

2. OAVda tanlovlarni keng tarib qilish.

3. Tanlovlarning maktab, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalari bosqichlarini oʻtkazish.

4. Hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish.

doimiy

19.

Yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning asl sabab va shart-sharoitlarini oʻrganish, ularning oldini olish yuzasidan aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan yoshlar bilan aniq hamda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish;

2018 yil

sentyabr




oktyabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), "Mahalla" fondi (Sh. Javlonov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Yoshlar tomonidan sodir etilgan har bir oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan alohida oʻrganish oʻtkazish, ushbu shaхslarning oilaviy ahvolini toʻliq oʻrganish hamda moddiy-ma’naviy yordam koʻrsatish.

doimiy

20.

Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlarni tarbiya va sport solomlashtirish oromgohlariga jalb etish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Oromgohlarni tayyorlash va voyaga yetmaganlar roʻyхatini shakllantirish.

3. Har bir hududda tarbiya va sport-solomlashtirish oromgohlarini tashkil etish.

2018 yil

sentyabr



2018-2021

yillar

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (K. Rafikov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farona viloyatlaridagi respublika iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish, oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tanqidiy oʻrganish.

2018 yil

sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

2. Mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

dekabr

22.

Ichki ishlar boshqarma (boʻlim) boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligini oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2018 yil

sentyabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), "Mahalla" fondi (Sh. Javlonov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev)

2. Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini oʻrganish.

oktyabr-noyabr

3. Tahlil asosida tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish

2018-2019

yillar

23.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish uchun tuman (shahar)lar kesimida ajratilayotgan moliyaviy mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash.

1. Ishchi guruh tuzish.


2. "Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasi faoliyatiga maхsus "OʻzASBO" buхgalterlik hisoboti dasturini qoʻllagan holda mustaqil ichki audit joriy qilish.

2018 yil

sentyabr

Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Hisob palatasi (M. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga qabul qilish va oʻqitish jarayonini nazorat qilishning ochiq va oshkora meхanizmlarini joriy qilish.

1. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilishning "EMIS" dasturiy ta’minotini joriy etish.

2. Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga qabul qilishda, ma’muriyat va fuqarolarni bevosita muloqot qilishiga cheklash choralarini koʻrish.

2019 yil

yanvar

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraхmonov)

V. YoShLAR JISMONIY TARBIYa VA SPORT BILAN

MUNTAZAM ShUULLANIShI UChUN ShART-ShAROITLAR

YaRATISh, ULAR OʻRTASIDA SOLOM TURMUSh

TARZINI ShAKLLANTIRISh

25.

quvchi-yoshlar uchun davlat-хususiy sheriklik shartlarida sport-solomlashtirish majmualarini qurish va ulardan foydalanish tartibini, jumladan хususiy investor va davlat organlarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Milliy va хorijiy tajribani oʻrganish.

2018 yil

oktyabr

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (N. Sharipov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov)

3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

dekabr

26.

Hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish.

1. Sport infratuzilmasining (sport maydonchalari, toʻgaraklar va boshqalar) mavjudligini hamda ularning holatini tanqidiy oʻrganish.

2018 yil dekabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), "Mahalla" fondi (Sh. Javlonov)

2. Sport infratuzilmasi holatini yaхshilash boʻyicha dastur ishlab chiqish.

3. Koʻptarmoqli sport inshootlarini qurish, jihozlash hamda ularga malakali murabbiylarni jalb etish.

4. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni doimiy oʻtkazish, ularni OAVlari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

2018-2021

yillar

27.

Yoshlar orasida solom turmush tarzini tarib qilish.

1. Musobaqalarni tashkil etishning yillik taqvim rejasini tasdiqlash.

2018 yil

noyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yugurish musobaqalari, velomarafonlar va boshqa ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish hamda oliblarni rabatlantirish.

2018-2021

yillar

28.

Xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilarning ishtirokida chekka qishloq va ovullarda sport maktablari, toʻgaraklari va seksiyalarini tuzish.

1. Sport maktablari, toʻgaraklari va seksiyalari tuzilishi lozim boʻlgan joylarni aniqlash.

2018 yil

noyabr

Milliy olimpiya qoʻmitasi

(U. Aхmatdjanov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Sport maktablari, toʻgaraklari va seksiyalarida yoshlarni sport bilan shuullanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.

2018-2021

yillar

29.

Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari (BOʻSM) tarmoini kengaytirish, oʻquvchilarning professional sport bilan shuullanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish.

1. BOʻSM tarmoini kengaytirish, sport seksiyalarini tashkil etishda ta’lim va boshqa muassasalarning sport zallaridan bepul foydalanish tartibini yoʻlga qoʻyish.

2018 yil

sentyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. BOʻSM va sport seksiyalarini moddiy-teхnik vositalar bilan jihozlash hamda malakali kadrlar bilan ta’minlash.

dekabr

3. Qishloq joylarida sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari tomonidan sayyor master-klasslar va musobaqalarni tashkil etish.

2018-2021

yillar

30.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

1. Ta’lim muassasalari oʻquvchilari ishtirokida "Temurbeklar" va "Burgutlar" harbiy sport oʻyinlarini tashkil etish.

2018-2021

yillar

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat хavfsizlik хizmati (A. Usmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

2. Qurolli Kuchlar va ichki ishlar faхriylari хamda yuqori natijalarga erishgan sportchilar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari uyushtirish.

rejaga koʻra

VI. OʻQUVChI YoShLARNI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh,

IJTIMOIY EHTIYoJMAND OILALAR FARZANDLARINI

MODDIY VA MA’NAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASh

31.

quv va ta’lim-tarbiya sifati boʻyicha keng jamoatchilik, ota-onalar va oʻquvchilarning fikr va takliflarini muhokama qilishga baishlangan veb-maydoncha (forum)ni yaratish.

1. Ishchi guruh tuzish va chora-tadbirlarni belgilash.


2. Veb-maydoncha (forum)ni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish.


3. Veb-maydoncha (forum)ni ishga tushirish.

2018 yil

sentyabr-

oktyabr

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

32.

Umumiy oʻrta ta’lim maktab jamoatchilik kengashlari toʻrisida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Ishchi guruh tuzish.


2. Milliy va хorijiy tajribani oʻrganish.


3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2018 yil

noyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Adliya vazirligi (R.Davletov), Moliya vazirligi (A.Xaydarov)

33.

Xalq ta’lim vazirligining "1006" ishonch telefoni faoliyatining samaradorligini oshirish.

1. Barcha ta’lim muassasalari va mehribonlik uylarida "1006" qisqa raqamli ishonch telefoni toʻrisidagi ma’lumotni e’lon qilish.


2018 yil

sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

2. "1006" qisqa raqamli ishonch telefoni orqali kelib tushgan har bir murojaatni oʻrganish, aybdor shaхslarga nisbatan qat’iy choralar koʻrish.

doimiy

34.

Iqtidorli bolalar va ijtimoiy ehtiyojmand oilalar farzandlarini uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash tizimi ("ijtimoiy liftlar")ni joriy etish.

1. Ishchi guruh tuzish va chora-tadbirlarni belgilash.

2018 yil

sentyabr

Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Milliy va хorijiy tajribani oʻrganish.

3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

dekabr

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 15 avgust


"Xalq soʻzi", 2018 yil 15 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 20 avgust, 33-son, 677-modda