Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.2018 y. 648-son "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.08.2018 y.

N 648



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MADANIYaT VAZIRLIGI HUZURIDAGI MADANIYaT

VA SAN’ATNI RIVOJLANTIRISh JAMARMASI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 16 oktyabrdagi PQ-3325-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalarini toʻliq shakllantirish va unga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) Jamarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak  badiiy ahamiyatga ega tasviriy va amaliy san’at asarlarini sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablalaridan  2018 yilda 16,0 milliard soʻm ajratsin.


2. Jamarma Kengashi tomonidanunga yuklangan vazifalar doirasida Jamarmaning rejalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish uchunJamarmaning 2018 yilgidaromadlari va хarajatlari prognozi, shtatlar jadvali hamda 2018 yilda Jamarmaning ijrochi direksiyasini va "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasini joriy ta’minlash boʻyicha хarajatlar smetasi, shuningdek, Jamarmaning ijrochi direksiyasi  va "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi хodimlari mehnatiga хaq toʻlash, ularni moddiy rabatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish sharoitlari toʻrisidagi nizom tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

4. Jamarmaning ijrochi direksiyasi ajratilayotgan mablalarning Jamarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va хarajatlar smetasiga qat’iy rioya etgan holda samarali va maqsadli sarflanishini  ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga  yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 15 avgust