Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2018 y. 676-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.08.2018 y.

N 676



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va

ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish

va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-

sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"

2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAPOP QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 20 avgustdagi

676-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash toʻrisida" 1998 yil 15 maydagi 213-son qarorida:


a) qarorning nomidagi "va uning tranzitini" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlansin, tranzit bundan mustasno."


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 27 avgust, 34-son, 694-modda