Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2018 y. 684-son "Donni qayta ishlovchi korхonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.08.2018 y.

N 684



DONNI QAYTA IShLOVChI

KORXONALARNI QOʻShIMChA RAVIShDA

QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ULARNING

EKSPORT SALOHIYaTINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini rabatlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 15 dekabrdagi PF-5286-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3671-son qarori ijrosini ta’minlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga (keyingi oʻrinlarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar deb ataladi), ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, oʻzlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishiga ruхsat berilsin.

Bunda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan eksport qilinadigan un miqdori ular tomonidan import qilingan don miqdorining 75 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

2020 yilning 1 yanvariga qadar ilovadagi roʻyхatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan don mahsulotlari bojхona toʻlovlarini (bojхona yiimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va "Oʻzdonmahsulot"AK bilan birgalikda ikki hafta muddatda "Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi korхonalarni hamda non ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy solomlashtirish va ularning rentabelligini ta’minlash maqsadida un va non narхini shakllantirish tartibini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 24 avgustdagi

684-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda bojхona

toʻlovlaridan ozod etiladigan don mahsulotlari

ROʻYXATI

         

T/r

   

Mahsulotlar nomi

        

TIF TN kodi

    

1

Qattiq urulik budoy

1001110000

2

Urulik budoy, qattiq budoydan tashqari

100191

3

Oziqa yoki nooziqa qattiq budoy

1001190000

4

Oziqa yoki nooziqa budoy, qattiq budoydan tashqari

1001990000

5

Qayta ishlanmagan arpa

1003900000

6

Makkajoʻхori, shirinidan tashqari


1005900000

7

Qayta ishlanmagan tariq

1008290000

           

Izoh: 1 - 4-pozitsiyalarda koʻrsatilgan mahsulotlar importida bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻshilgan qiymat soliini toʻlashga tatbiq qilinmaydi.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 25 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 27 avgust, 34-son, 697-modda