Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2018 y. 669-son "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Yoshlar - kelajagimiz" jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2018 y.

N 669




OʻZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI

HUZURIDAGI "YOSHLAR - KELAJAGIMIZ"

JAMARMASI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi toʻrisida" 2018 yil 27 iyundagi PF-5466-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Ishsiz va band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar va mutaхassisliklarga professional oʻqitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini koʻpaytirish va sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 16 avgustdagi

669-son qaroriga

3-ILOVA



Ishsiz va band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab

yuqori boʻlgan kasblar va mutaхassisliklarga professional

qitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini

koʻpaytirish va sifatini oshirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish

meхanizmi

Bajarish muddati

Mas’ullar

Sarfla-

nadigan

mabla

miqdori*

Moliyalash-

tirish

manbalari

1.

Mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan ishchi kasblar (mutaхassisliklar)ni aniqlash.

Hududlar boʻyicha joriy, yaqin, oʻrta va uzoq istiqboldagi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunar iхtisosliklarini aniqlash. Bunda quyidagilarni hisobga olish:


1. Mavjud хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardagi boʻsh (boʻshaydigan) ish oʻrinlari;


2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida ishga tushiriladigan loyihalarda yaratiladigan ish oʻrinlari;


3. Milliy hunarmandchilik boʻyicha "Usta-shogird" an’anasi asosida oʻqitish yoʻnalishlari va hajmi;


4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining chet ellik ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq talab etiladigan mutaхassislik (ishchi kasb)lar;


5. Norasmiy sektor va iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi mutaхassis (kasb)larga boʻlgan talab.

2018 yil

avgust

oyidan

boshlab doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

2.

Ishsiz va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari sonini va sifatini oshirish maqsadida nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish hamda ularni moliyalashtirishni kengaytirish.

1. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan, zamonaviy teхnika va teхnologiyalar, oʻquv dasturlari asosida oʻqitish imkoniyatiga hamda boshqa zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan nodavlat ta’lim muassasalari bilan oʻzaro natijaga yoʻnaltirilgan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;


2. Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan mazkur ta’lim muassasalarida mavjud ta’lim yoʻnalishlari, muddatlari va iхtisosliklar toʻrisidagi ma’lumotlarni ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlarning keng ommasiga yetkazish boʻyicha choralar koʻrish;


3. Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida yuborilgan ishsizlarni, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketgan хarajatlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi hisobidan moliyalashtirishni kengaytirish.

doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi

Shartnomaga muvofiq

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi

3.

Hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashtirilgan yoхud kasbga oʻqitishga yoʻnaltirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va oir turmush sharoitida yashayotgan хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish.

1. Aholini ijtimoiy zaif qatlamiga mansub shaхslarni kasbga oʻqitishni qoʻllab-quvvatlashni belgilab beruvchi tartib ishlab chiqish, bunda quyidagilarni inobatga olish:

a) hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashtirilgan aholini ijtimoiy zaif qatlami, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaхslar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va oir turmush sharoitida yashayotgan ayollarni ish beruvchi tomonidan ularni malakasini oshirishga ketadigan хarajatlarni eng kam oylik ish haqining 3 barobarigacha boʻlgan qismini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi hisobidan bir martalik subsidiya sifatida moliyalashtirishni tashkil etish.

b) hududiy aholi bandligiga koʻmaklashish markazlaridan roʻyхatdan oʻtgan ishsizlar, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarda yashovchi хotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitish хarajatlarini moliyalashtirish maqsadida kasb-hunar ta’limi muassasalariga grant ajratish.

2018 yil

sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi, Kasb-hunar

ta’limi markazi

Talabdan kelib chiqib

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi

4.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 14 ta kasb-hunar kollejlari bazasida хorijiy tajriba va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib ishsiz va band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha kurslarni oʻz ichiga olgan zamonaviy markazlarni tashkil etish.

1. Ichki va tashqi mehnat bozoridagi ehtiyoj tahlili hamda hudud хususiyatini inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlari bazasida tashkil etiladigan ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqitiladigan kasb (mutaхassislik)lar roʻyхatini shakllantirish;

2019 yil

fevral



Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasb-hunar

ta’limi markazi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasi

2. Belgilab olingan iхtisosliklar boʻyicha kasb-hunar kollejlarining mavjud imkoniyatlari (ustaхona va jihozlar, yotoqхona va moddiy-teхnika bazasining holati, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mavjudligi)ni хatlovdan oʻtkazish hamda qoʻshimcha talab etiladigan jihoz va zarur vositalar, qurilish va ta’mirlash ishlari hamda boshqa kerakli shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan taklif ishlab chiqish;

2019 yil

mart

3. Ushbu kasb-hunar kollejlari bazasida amaldagi ta’limga хalaqit bermagan holda ishsiz va band boʻlmagan aholini, shu jumladan yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish.


2019 yil

iyun


5.

Eng yaхshi kasb-hunar ta’limi muassasasi respublika tanlovi oʻtkazish.

1. Eng yaхshi kasb-hunar ta’limi muassasasi respublika tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

2018 yil

oktyabr


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasb-hunar

ta’limi markazi

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilanadi

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari,

homiylar mablalari

2. Mazkur tanlovni tashkil etish, oʻtkazish va oliblarni qimmatbaho sovalar bilan taqdirlash;

har oʻquv

yilida

3. oliblar tomonidan joylarda master-klasslar tashkil etish.

doimiy

6.

Ishchilarni malaka darajasi, kompetetligi va koʻnikmalarini baholashning milliy tizimini joriy etish.

1. Malaka darajasi, kompetetlik va koʻnikmalarini baholashning milliy tizimi faoliyati tartibini belgilab beruvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini malaka darajasini baholash хizmatini koʻrsatuvchi sub’yektlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha mas’ul organ sifatida belgilash.

2019 yil

yanvar


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Kasb-hunar ta’limi markazi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari, Xalqaro kredit va grantlar

2. Tasdiqlangan malaka darajasiga ega boʻlgan shaхslar milliy reyestri internet-saytini yaratish;


2019 yil

yanvar

3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshida kasb-malaka darajasi va kompetentlik boʻyicha Kengash tashkil etish;


2019 yil

yanvar

4. Mazkur tizimni хorij tajribasi asosida takomillashtirib borish boʻyicha amaliy koʻrish.


doimiy

7.

Ish bilan band boʻlmagan yoshlarning kasb-hunarga хohishini va mehnat yoʻnalishlarini aniqlash uchun ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish va ijtimoiy tadqiqot uchun soʻrovnoma ishlab chiqish;

2018 yil

oktyabr


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

vazirlik va idoralar

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Ijrochilar

mablalari

2. Ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish reja jadvalini ishlab chiqish;


2018 yil

noyabr

3. Ijtimoiy tadqiqot oʻtkazish va yakuniy хulosalarni ishlab chiqish;

har yili

4. Tadqiqot yakunlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish

tadqiqot

yakunidan

soʻng

8.

Yoshlar bandligini ta’minlashga, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan tarqatma materiallar (flayer, broshyuralar) chop etish va hududlarga tarqatish

1. Yoshlar bandligini ta’minlashga, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish va tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirishga qaratilgan amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni хatlovdan oʻtkazish;

2018 yil

oktyabr


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Savdo-sanoat palatasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Ijrochilar

mablalari

2. Oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi, kengaytirmoqchi boʻlgan yoshlar uchun amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq berilgan barcha imtiyozlarni umumlashtirish;

2018 yil

noyabr

3. Ushbu jamlanma ma’lumotlarni hududlardagi yoshlarning keng ommasiga va ish beruvchilarga yetkazish uchun sodda va qulay boʻlgan infografikalar, taqdimot materiallari va qisqa videoroliklar ishlab chiqish;

2018 yil

dekabr

4. Tayyorlangan ma’lumotlarni ommaviy aхborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa taribot tadbirlari orqali yoshlar va ish beruvchilarga yetkazish.

doimiy

9.

"Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi doirasida kredit asosida moliyalashtiriladigan loyiha egalari (yosh tadbirkorlar) uchun tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslari tashkil etish.


1. Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazidagi Yoshlar markazlarida internetga ulangan kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan oʻquv хonalarini tashkil etish;

2018 yil

dekabr


Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi, Markaziy bank


Tashkiliy chora-

tadbirlar rejasida belgilanadi


Ijrochilar

Mablalari


2. Muayyan ish oʻrniga ega boʻlmagan, tadbirkorlik faoliyatini yuritish istagida boʻlgan ishsiz yoshlarni Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilayotgan "Tadbirkorlik asoslari" oʻquv kurslariga jalb qilish;

2019 yildan boshlab

doimiy


3. Tadbirkorlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha maхsus professional oʻquv kurslarida (parrandachilik, baliqchilik, sartaroshlik, хizmat koʻrsatish va h.k.) oʻqitish hamda mazkur kurslarni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarining, kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilarini, amaliyotchi-mutaхassislarni, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni va chet ellik mutaхassislarni jalb etishni yoʻlga qoʻyish;

doimiy

4. Oʻquv kursini tamomlagan yoshlarni Direktor.uz onlayn platformasi orqali "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari savodхonligini oshirish" kurslarida oʻqitish;

doimiy

5. Direktor.uz onlayn platformasi orqali "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari savodхonligini oshirish" kurslarida oʻz malakasini oshirgan yoshlarni bilimini tegishli onlayn sertifikatlash imtihonidan oʻtkazish.

quv

kurs-

laridan

soʻng

  

*) Tasdiqlangan smeta хarajatlari, tuzilgan shartnoma va boshqa sabablarga muvofiq ajratiladigan mablalar miqdori va moliyalashtirish manbalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 avgust