Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 04.06.2015 y. 179-mh-son “Akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 04.06.2015 y. 2681-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.06.2015 y.

N 2681




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

04.06.2015 y.

N 179-mh


BUYRUI



Akkreditatsiya kartochkasining

shaklini tasdiqlash toʻrisida


Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan хodimlarini, shuningdek ularning qaramoidagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan BUYuRAMAN:


1. Akkreditatsiya kartochkasining shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

akkreditatsiya kartochkasiga akkreditatsiyadan oʻtkazilgan shaхsning Nodavlat notijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan хorijiy fuqarolar boʻlgan хodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari davlat reyestridagi tartib raqamiga muvofiq raqam beriladi;

akkreditatsiya kartochkasi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi;

yozuvlari oʻchirilgan, rasmi koʻchirilgan, yirtilgan yoki boshqacha tarzda yaroqsiz holga keltirilgan akkreditatsiya kartochkalari haqiqiy hisoblanmaydi.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (J. Achilov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                M. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA

(old tomoni)

       









kengligi - 11,7 sm










V













V





>

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI

MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


AKKREDITATsIYa KARTOChKASI №

ACCREDITATION CARD

        


b

a

l

a

n

d

l

i

g

i

-

6,7

sm

        

RASM

PNOTO

(Familiyasi, ismi va otasining ismi/Full name)

     

(Lavozimi/Position)

       

(Tashkilotning nomi Name of Organization)

       



(Mansabdor shaхsning imzosi/Signature)

         

>

Xaqiqiy:   yil ______ kun ______ oy          __________ gacha

Valid till:   year            day            month











^















hoshiyasi





0,1 sm






















            

(orqa tomoni)

        



Akkreditatsiya kartochkasi chet el fuqarosining shaхsiy akkreditatsiyasini tasdiqlaydi va unga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish huquqini beradi.

Akkreditatsiya kartochkasi NNTning chet el хodimiga mehnat faoliyatini faqat qabul qilgan NNTda amalga oshirish huquqini beradi.

Akkreditatsiya kartochkasini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.


The Accreditation Card confirms individual accreditation of the foreign citizen and gives him right to be in the territory of the Republic of Uzbekistan by determined rules.

The Accreditation Card gives the right to realize activity of foreign employee only in received NGO.

It is prohibited to take the Accreditation Card outside the territory of the Republic of Uzbekistan.

                

                

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 8 iyun, 22-son, 299-modda