Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2018 y. 684-son "Donni qayta ishlovchi korхonalarni qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
24.08.2018 y.
N 684
DONNI QAYTA IShLOVChI
KORXONALARNI QOʻShIMChA RAVIShDA
QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ULARNING
EKSPORT SALOHIYaTINI OShIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tashqi bozorlarda mahalliy tovarlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2017 yil 15 dekabrdagi PF-5286-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3671-son qarori ijrosini ta’minlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga (keyingi oʻrinlarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar deb ataladi), ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, oʻzlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishiga ruхsat berilsin.
Bunda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan eksport qilinadigan un miqdori ular tomonidan import qilingan don miqdorining 75 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
2020 yilning 1 yanvariga qadar ilovadagi roʻyхatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan don mahsulotlari bojхona toʻlovlarini (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va "Oʻzdonmahsulot"AK bilan birgalikda ikki hafta muddatda "Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi korхonalarni hamda non ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning rentabelligini ta’minlash maqsadida un va non narхini shakllantirish tartibini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov, Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
2018 yil 24 avgustdagi
684-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda bojхona
toʻlovlaridan ozod etiladigan don mahsulotlari
ROʻYXATI
T/r
|
Mahsulotlar nomi
|
TIF TN kodi
|
Qattiq urugʻlik bugʻdoy
|
1001110000 |
|
2 |
Urugʻlik bugʻdoy, qattiq bugʻdoydan tashqari
|
100191 |
3 |
Oziqa yoki nooziqa qattiq bugʻdoy
|
1001190000 |
Oziqa yoki nooziqa bugʻdoy, qattiq bugʻdoydan tashqari
|
1001990000 |
|
5 |
Qayta ishlanmagan arpa
|
1003900000 |
6 |
Makkajoʻхori, shirinidan tashqari |
1005900000 |
7 |
Qayta ishlanmagan tariq
|
1008290000 |
Izoh: 1 - 4-pozitsiyalarda koʻrsatilgan mahsulotlar importida bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga tatbiq qilinmaydi.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2018 yil 25 avgust
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2018 yil 27 avgust, 34-son, 697-modda