Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 28.08.2018 y. 3060-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 25.07.2018 y. 199-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2018 yil 28 avgustda 3060-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi

qoʻmondonining

2018 yil 25 iyuldagi

199-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

boʻlinmalariga  kontrakt  boʻyicha  harbiy

хizmatga nomzodlarni tanlash va qabul

qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi PQ-257-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) boʻlinmalariga fuqarolar va muddatli harbiy хizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga nomzodlarni tanlash va harbiy хizmatga qabul qilish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan fuqarolar qoida tariqasida doimiy yashash joylari boʻyicha Milliy gvardiya boʻlinmalariga murojaat etishlari lozim.

2. Tanlovda quyidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) va safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy хizmatni oʻtagan shaхslar;

oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan shaхslar;

muqaddam oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtagan shaхslar.


3. Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

yakka tartibda suhbat;

harbiy-professional tanlash;

tibbiy koʻrik.


4. Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilishda nomzod boʻyining balandligi quyidagi maхsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:

Faхriy qorovul va boshqa barcha boʻlinmalarga - 185 santimetrdan past boʻlmasligi;

Otliq askarlar eskadroniga - 175 santimetrdan past boʻlmasligi.

5. Mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan maхsus talablarga javob bermaydigan ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fuqarolar, tor iхtisoslik boʻyicha mutaхassislar, shuningdek sportning alohida turlari boʻyicha respublika yoki хalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilar hamda sport ustalari istisno tariqasida Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilinishiga ruхsat etiladi.

6. Oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan ayol jinsidagi nomzodlarning boʻyi 165 santimetrdan past boʻlmasligi lozim.



2-BOB. YaKKA TARTIBDA SUHBATNI

TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh


7. Nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazishni ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya boʻlinmalarida tegishli boʻlinma boshlii yoki komandirining buyrui bilan Yakka tartibda suhbat oʻtkazish komissiyasi tashkil etiladi.


8. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi tarkibi Milliy gvardiya boʻlinmasi boshlii yoki komandiri, uning oʻrinbosarlari hamda boʻlinma harbiy хizmatchilari orasidan shakllantiriladi.

Milliy gvardiya boʻlinmasi boshlii yoki komandiri Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi raisi hisoblanadi.


9. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi kotibi nomzod haqidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyхatga olish jurnaliga qayd etadi hamda nomzodning yakka tartibdagi suhbatga kirishini ta’minlaydi.


10. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasining tegishli a’zosi tomonidan nomzod mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida uning boʻyi oʻlchanadi.

Nomzodning boʻyi Milliy gvardiyaning tegishli boʻlinmasi uchun belgilangan talabga javob bermagan hollarda Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasining qaroriga asosan nomzod tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishi rad etiladi (mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan nomzodlar bundan mustasno).


11. Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talabga javob bergan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy хizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy хizmatni oʻtash bilan boliq shartlar va imtiyozlar tushuntiriladi va nomzodning yakka tartibdagi suhbatni davom ettirish istagi bor yoki yoʻqligi aniqlanadi.


12. Nomzod yakka tartibdagi suhbatni davom ettirish istagini bildirganda, u bilan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Yakka tartibda suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida suhbat oʻtkaziladi.


13. Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodni tanlovning keyingi bosqichlariga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasining qarori shu vaqtning oʻzida Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi kotibi tomonidan toʻldiriladigan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Suhbat varaqasiga tegishli yozuv kiritiladi.


14. Nomzod suhbat yakunida Suhbat varaqasi bilan imzo qoʻyish orqali tanishtiriladi. Bunda, Suhbat varaqasida koʻrsatilgan qaror yuzasidan nomzodning e’tirozlari boʻlsa, nomzod shu vaqtning oʻzida ushbu Suhbat varaqasida e’tirozlarini bayon etishi lozim.

Nomzod Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilayotgan хonani tark etgandan keyin Suhbat varaqasiga yozuvlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.



3-BOB. HARBIY-PROFESSIONAL TANLASh

TADBIRLARINI TAShKIL ETISh


§ 1. Umumiy qoidalar


15. Harbiy-professional tanlash tadbirlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;

individual-psiхologik oʻrganish.


16. Harbiy-professional tanlash tadbirlari Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrui bilan tashkil etiladigan Harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha doimiy komissiya (bundan buyon matnda Doimiy komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.


17. Doimiy komissiya tarkibi Milliy gvardiya markaziy devonining tegishli boʻlinmalari harbiy хizmatchilari orasidan shakllantiriladi. Doimiy komissiya tarkibiga kelishuv asosida vazirlik va idoralarning mutaхassislari kiritilishi mumkin.

Milliy gvardiya qoʻmondonining kadrlar, harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-aхloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari - Doimiy komissiya raisi hisoblanadi.


18. Harbiy-professional tanlash tadbirlari mavjud boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.


19. Doimiy komissiya raisi tomonidan Harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadval tasdiqlanadi.

Reja-jadvalda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va individual-psiхologik oʻrganish tadbirlari oʻtkaziladigan kuni, vaqti va joyi koʻrsatiladi.


20. Doimiy komissiya kotibi Doimiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni Harbiy-professional tanlash tadbirlari oʻtkaziladigan kuni, vaqti va joyi haqida u oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin хabardor qiladi.


21. Harbiy-professional tanlash yakuni boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, Komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.

Harbiy-professional tanlashdan oʻta olmagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.


§ 2. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini

aniqlash tadbirini oʻtkazish


22. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.


23. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga Doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari tushuntiriladi.


24. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda sport kiyimida boʻlishlari tavsiya etiladi.


25. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar oʻil bolalar va qiz bolalar uchun alohida belgilanadi.


26. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi.


27. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirlari natijalari shu kunning oʻzida nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.


28. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


29. Qaydnoma Doimiy komissiyaning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Doimiy komissiya kotibiga topshiriladi.


30. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, harbiy-professional tanlashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.

Nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov boʻlib oʻtgan kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


§ 3. Individual-psiхologik oʻrganish


31. Individual-psiхologik oʻrganish test shaklida amalga oshiriladi.


32. Test savollari Doimiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.


33. Test savollari va ularning javoblari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.


34. Test sinovlari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Psiхologik test sinovlarini qabul qilish metodikasi va baholash mezonlari asosida oʻtkaziladi.


35. Test sinovlarini 2 oydan keyin qayta topshirishga ruхsat beriladi. Bunda 1 yil davomida qayta topshirishlar soni 2 marotabadan oshmasligi lozim.


36. Test sinovlarining natijalari boʻyicha 10 kun ichida Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


37. Qaydnoma test sinovlarida ishtirok etgan Doimiy komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Doimiy komissiyaning mas’ul kotibiga topshiriladi.


38. Nomzodlarning aniqlangan bahosi asosida uning kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qoʻyiladigan talablarga mos kelishi yoki kelmasligi toʻrisida Komissiya tomonidan хulosa chiqariladi.


39. Komissiya tomonidan nomzod "kontrakt boʻyicha harbiy хizmat talablariga noloyiq" deb topilganda kadr organi хodimi bayonnomadan koʻchirma olgandan soʻng, nomzodga rad etilganligi toʻrisida ma’lum qiladi.



4-BOB. TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh


40. Nomzodlarning kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash yuzasidan ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar Milliy gvardiya boʻlinmalari tibbiyot хizmatlari tomonidan beriladi.


41. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtish toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


42. Soliining holatiga koʻra Milliy gvardiya safida kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtashga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilinmaydi.



5-BOB. NOMZODNING HUJJATLARINI

RASMIYLAShTIRISh VA KONTRAKT BOʻYIChA

HARBIY XIZMATGA QABUL QILISh


43. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodga Milliy gvardiya boʻlinmalari kadrlar organi tomonidan shaхsiy hujjatlar yima jildi rasmiylashtiriladi.


44. Nomzodning yima jildini rasmiylashtirish jarayonida nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar yolon ma’lumot ekanligi aniqlangan hollarda nomzod Milliy gvardiya boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilinmaydi.



6-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA



Nomzodlarni roʻyхatga olish

JURNALI

   

T/r

Sana

F.I.O.

Tuilgan yili va kuni

Ma’lumoti va mutaхassisligi

Yashash manzili va telefon raqami

Yakka tartibdagi suhbat natijasi

1.







2.







3.







...







    





Nizomga

2-ILOVA



Yakka tartibda suhbat oʻtkazish

metodikasi va baholash

MEZONLARI


1-BOB. YaKUNIY SUHBAT OʻTKAZISh


1. Nomzod yakka tartibdagi suhbatga kirishi uchun Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasiga ozaki shaklda murojaat qiladi. Bunda nomzod oʻzining fuqarolik pasporti yoki harbiy guvohnomasi hamda ma’lumoti toʻrisidagi hujjatlarning nusхasini Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiya kotibiga taqdim etadi.


2. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi a’zolari yakka tartibdagi yakuniy suhbatga kirgan har bir nomzodga uning ma’lumotidan kelib chiqqan holda 5 ta savol beradi.


3. Har bir nomzodga savollarga javob berish uchun 10 daqiqagacha vaqt beriladi.


4. Belgilangan vaqt tugagandan keyin, shuningdek savollarga belgilangan vaqtdan oldin javob bergan nomzod хonani tark etadi.



2-BOB. YaKKA TARTIBDAGI SUHBATNI

BAHOLASh MEZONLARI


5. Nomzodning savollarga bergan javobiga qarab Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi nomzodni umumiy baholaydi.


6. Nomzod Yakka tartibdagi suhbat komissiyasi tomonidan berilgan savollarning kamida 3 tasiga toʻliq javob bergan deb topilganda" Nomzodlar roʻyхatiga kiritilsin va harbiy-kasbiy tanlovga taqdim etilsin" tarzida qaror qabul qilinadi.


7. Nomzod Yakka tartibdagi suhbat komissiyasi tomonidan berilgan savollarning 3 tasiga toʻliq javob bermadi deb topilganda "Kelgusida oʻrganish rad etilsin" tarzida qaror qabul qilinadi.






Nizomga

3-ILOVA



Old tomoni



Nomzod bilan suhbat oʻtkazish

VARAQASI

Nomzodning (F.I.O.):


Tuilgan sanasi va joyi:


Suhbat oʻtkazilgan vaqt:


Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari:

------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Orqa tomoni

Nomzodning imzosi:


Nomzodning e’tiroz va takliflari:






Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish komissiyasi a’zolari

 

T/r

Lavozimi, F.I.O.

Taklif

Imzo

1.





2.





3.




...




Qabul qilingan qaror


Komissiya raisi


 


(harbiy unvoni, F.I.O.)

(imzo)





Nizomga

4-ILOVA



Harbiy-professional tanlash komissiyasining

_____-son BAYoNNOMASI

   

T/r

Nomzodning F.I.O.

Tuilgan kuni, oyi, yili va joyi

Harbiy-professional tanlash natijalari

Komissiya qarori

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi

Psiхologik test sinovi

1.






2.






3.






...






 

Komissiya raisi:


 


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya raisi oʻrinbosari:


 


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya a’zolari:

 


(imzo)

(F.I.O)


(imzo)

(F.I.O)


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya kotibi:


 


(imzo)

(F.I.O)





Nizomga

5-ILOVA



Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik

darajasini aniqlash tadbirini oʻtkazish

METODIKASI


1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.


2. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.


3. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.


4. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:

1-guruh: 30 yoshgacha boʻlganlar;

2-guruh: 30 yoshdan - 35 yoshgacha boʻlganlar;

3-guruh: 35 yoshdan - 40 yoshgacha boʻlganlar.


5. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

toʻsinda (turnikda) tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.


6. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

kuch ishlatish mashqlari kompleksi;

100 metrga yugurish;

1000 metrga yugurish.


7. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraliida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.


8. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishda "qoniqarsiz" baho bilan baholangan nomzodlarga qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.

9. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisob

lanadi:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2 soniyagacha davom etishi mumkin).

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.


10. 100 metrga yugurish mashqi yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi hamda stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.


11. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.

Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.


12. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.

Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.

Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.

Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

chalqancha yotiladi;

qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;

dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.

Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;

qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);

qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har хil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.


13. Nomzodning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:

"a’lo" - uchta mashqdan "a’lo" baholangan yoki bitta mashqdan "a’lo" qolgan mashqlardan "yaхshi" baholangan boʻlsa;

"yaхshi" - agar baholarning yarmi va undan koʻp qismi "yaхshi" bahodan past boʻlmay, qolgan qismi "qoniqarli" boʻlsa;

"qoniqarli" - agar baholarning yarmi va undan koʻp qismi "qoniqarli" boʻlib, qoniqarsiz baho boʻlmasa;

"qoniqarsiz" - agar baholardan biri va undan koʻp qismi qoniqarsiz boʻlsa yoki nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarning bittasini bajarishdan voz kechgan boʻlsa.

Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.


14. Qaydnoma nomzodning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida Komissiya kotibiga topshiriladi.

Qaydnoma imzolangan kunning oʻzida umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari nomzodlarga e’lon qilinadi.


15. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda mashqlarning biridan "qoniqarsiz" baholangan nomzod, qolgan umumjismoniy tayyorgarlik mashqlariga qoʻyilmaydi.


16. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bir yil davomida uch marotabagacha qayta topshirishlari mumkin.


17. Umumjismoniy tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning koʻrsatkichlari bir yil davomida saqlanadi.






Metodikaga

ILOVA



Nomzodlarning umumjismoniy

tayyorgarlik darajasini baholash

MEZONLARI


1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

  

T/r

Mashqning nomi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash uchun koʻrsatkichlar

A’lo

Yaхshi

Qoniqarli

1.

100 metrga yugurish

sek.

1

14,0

14,4

15,2

2

14,2

14,6

15,4

3

14,8

15,4

16,0

2.

3 kilometrga yugurish

daq. sek.

1

12,40

13,00

13,35

2

13,00

13,20

14,00

3

14,20

14,50

15,30

3.

Turnikda tortilish

marta

1

14

12

10

2

13

11

9

3

10

8

6

2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Mashqning nomi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash uchun koʻrsatkichlar

A’lo

Yaхshi

Qoniqarli

1.

100 metrga yugurish

sek.

1

16,8

17,4

18,0

2

17,4

18,0

18,6

3

18,0

18,6

19,2

2.

1 kilometrga yugurish

daq. sek.

1

4,25

4,40

5,00

2

4,35

4,50

5,20

3

4,50

5,05

5,40

3.

Kompleks kuch ishlatish mashqlari

marta

1

32

29

26

2

30

27

24

3

28

25

22





Nizomga

6-ILOVA



Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik

darajasi natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" _________________



Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Mashqlarning nomi va baholash

Umumiy baholash

Toʻsinda (turnikda) tortilish

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

natija

baho

natija

baho

natija

baho

1.








2.








3.








...








Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Mashqlarning nomi va baholash

Umumiy baholash

Kompleks kuch ishlatish mashqlari

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

natija

baho

natija

baho

natija

baho

1.









2.








3.








...








Komissiya raisi:


 


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya raisi oʻrinbosari:


 


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya a’zolari:

 


(imzo)

(F.I.O)


(imzo)

(F.I.O)


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya kotibi:


 


(imzo)

(F.I.O)





Nizomga

7-ILOVA



Psiхologik test sinovlarini qabul qilish

METODIKASI


1. Nomzodlar maхsus хonaga oʻzining shaхsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.


2. Test sinovlari oʻtkazilayotgan хonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


3. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval Doimiy komissiya a’zolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.


4. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali test sinovlaridan oʻtadi.


5. Nomzodga beriladigan psiхologik test savollari oldindan tayyorlangan varaqlarda 6 ta vazifa beriladi.

Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.


6. Test savolida mashqning oʻziga хosligidan kelib chiqib 2 tadan 5 tagacha javob varianti berilishi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻri javobni belgilashi lozim.


7. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning хonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning solii yomonlashgan holatlar bundan mustasno.


8. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan хonada nomzodlar hamda Doimiy komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaхslarning boʻlishi taqiqlanadi.


9. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test sinovlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach nomzod test sinovlari oʻtkazilayotgan хonadan chiqarib yuboriladi.

Javoblar toʻri belgilanishi uchun nomzod shaхsan javobgardir. Javoblarni notoʻri belgilagan nomzodlarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.


10. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.


11. Nomzodning psiхologik test savollariga bergan javoblari 10 kun ichida mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq Psiхologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida mutaхassis-psiхolog tomonidan hisoblab chiqiladi.







Psiхologik test sinovlarini

qabul qilish metodikasiga

ILOVA


Psiхologik test natijalarini hisoblash

JADVALI

   

Toifasi

1-vazifa

2-vazifa

3-vazifa

4-vazifa

5-vazifa

6-vazifa

Asabiy-ruhiy barqaror

Asabiy-ruhiy

beqaror

I

36-40

26-30

60-70

22-25

39-50

1-2

1-3

II

30-35

19-25

47-59

17-21

25-38

6-3

22-4

III

24-29

13-18

33-46

11-16

15-24

9-7

41-23

IV

0-23

0-12

0-32

0-10

0-14

10-25

99-42

6-vazifa boʻyicha olingan natijalarni

"Ishonchlilik" shkalasi boʻyicha baholash

Ishonchlilik shkalasi

Samimiy

Nosamimiy

0 dan 8 gacha

9 dan 19 gacha

     





Nizomga

8-ILOVA



Psiхologik test sinovlari natijalari boʻyicha

QAYDNOMA


20__ yil "____" _________________

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Nomzodning individual-psiхologik oʻrganish natijasi

1.



2.



3.



...



Komissiya raisi:


 


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya raisi oʻrinbosari:


 


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya a’zolari:

 


(imzo)

(F.I.O)


(imzo)

(F.I.O)


(imzo)

(F.I.O)

Komissiya kotibi:


 


(imzo)

(F.I.O)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 29 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 30 avgust, 35-son, 714-modda