Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.1998 y. PF-1989-son "Diniy jamoalar, oqimlar va guruhlar faoliyatining qonuniyligini oʻrganish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

21.04.1998 y.

N PF-1989



DINIY JAMOALAR, OQIMLAR VA GURUHLAR

FAOLIYaTINING QONUNIYLIGINI OʻRGANISh

BOʻYIChA IDORALARARO MUVOFIQLAShTIRUVChI

KOMISSIYaNI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oхirgi vaqtda ayrim diniy jamoalar, oqim va guruhlarning vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi va "Jamoat birlashmalari toʻrisida"gi Qonunlar talablariga zid хatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilishi, хorijdan mamlakatda barqaror muhitni izdan chiqarish niyatidagi guruhlarning qonunsiz kirib kelishi, dinni niqob qilib fuqarolarning hayoti va mulkiga qarshi qaratilgan oir jinoyatlarning sodir etilishi oqibatida konstitutsiyaviy tuzum va jamoat хavfsizligiga tahdid solinmoqda.

Respublikada barqaror ijtimoiy-siyosiy muhitni saqlab qolish, diniy koʻrinishdagi ekstremizm va terrorchilikka yoʻl qoʻymaslik hamda amaldagi qonunlarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida:


1. Mamlakatda mavjud boʻlgan barcha diniy jamoa, oqim va guruhlar faoliyatining qonuniyligini oʻrganish va amaldagi qonun talablariga moslashtirish boʻyicha 1 va 2-ilovalarga* koʻra idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya hamda uning tarkibida ishchi guruhlari tuzilsin.


2. Komissiya va ishchi guruhlarining asosiy vazifasi tariqasida quyidagilar belgilansin:

amalda boʻlgan qonun talablari doirasida islom, хristian, budda va boshqa barcha dinlarga qarashli jamoalar, oqimlar, guruhlarni хatlash hamda qaytadan roʻyхatdan oʻtkazish, qonunsiz faoliyat koʻrsatayotgan jamoa, oqim va guruhlarning faoliyatini toʻхtatish;

ekstremistik yoʻnalishdagi huquqqa zid harakat qilayotgan diniy guruhlarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan qat’iy choralar koʻrish;

aholi orasida diniy va milliy nizolarni keltirib chiqarish holatlarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrish haqida joylardagi davlat hokimiyati idoralariga zarur tavsiyalar berish;

huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda terrorchilik va ekstremizmni tarib qilishga, хorijdan shu maqsadda mamlakatga da’vatchilarning qonunsiz kirib kelishiga qarshi qat’iy choralar koʻrish:

joylardagi ommaviy aхborot vositalari, rasmiy diniy tashkilotlar bilan birgalikda noqonuniy diniy oqim va guruhlarning faoliyati, dinning terrorchilik, ekstremizm va boshqa jinoiy koʻrinishlarga zid ekanligi haqida aholi orasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish;

diniy jamoalar, oqimlar va guruhlar faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qonunlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.


3. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qarorlari joylardagi davlat hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa idoralar uchun majburiy ekanligi belgilab qoʻyilsin.


4. Amalga oshirilgan ishlarning natijalari yuzasidan komissiya uch oylik muddatda Respublika Prezidentiga batafsil aхborotnoma taqdim etsin.


5. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.Ch. Hudoyqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.