Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018 y. 711-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.09.2018 y.

N 711



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ChAKANA

SAVDO QOIDALARINI HAMDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA UMUMIY OVQATLANISh

MAHSULOTLARINI (XIZMATLARINI) IShLAB

ChIQARISh VA SOTISh QOIDALARINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA" 2003 YIL 13 FEVRALDAGI 75-SON

QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 maydagi PQ-3730-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida" 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y 2-son, 15-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror 2019 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 10 sentyabrdagi

711-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida

chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida

umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (хizmatlarini) ishlab

chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"

2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-ilovada:


a) 25-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarхidan past narхlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi";


b) 163-bandga quyidagi mazmundagi soʻzlar qoʻshilsin:

"(alohida polimer plyonkali paketlarga oʻrash (joylash) bundan mustasno)";


v) 189-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarхidan past narхlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)";


g) 190-bandga quyidagi mazmundagi oʻn birinchi хatboshi qoʻshilsin:

"polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarхidan past narхlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)";

oʻn birinchi хatboshi oʻn ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. 2-ilovada:


a) 19-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarхidan past narхlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi";

ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 25-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qoʻshish, shuningdek, ularni oʻz tannarхidan past narхlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 sentyabr, 37-son, 754-modda