Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2018 y. PQ-3937-son "Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida "Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.09.2018 y.

N PQ-3937



QUVAYT ARAB IQTISODIY TARAQQIYoT JAMARMASI

IShTIROKIDA "NAMUNAVIY LOYIHALAR BOʻYIChA YaKKA

TARTIBDAGI UY-JOYLAR QURILIShI YuZASIDAN QIShLOQ

MASSIVLARIDA MUHANDISLIK INFRATUZILMASINI

RIVOJLANTIRISh"  LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda uni moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:

2018 yil 30 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - QAITJ) oʻrtasida Qoraqalpoiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo, Farona va Toshkent viloyatlarida "Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 24 yilda soʻndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2,5 foizdan oshmaydigan 9,0 million Quvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSh dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolandi;

loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini oʻz vaqtida nihoyasiga yetkazish uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi va ular davlat ekspertizasidan oʻtkazildi.


2. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo, Toshkent va Farona viloyatlarida "Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish doirasida 2018 yilda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha yima koʻrsatkichlar 1-ilovaga* muvofiq;

Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamarmasining qarzi yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki:

loyihani amalga oshirishni umumiy tarzda muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan bajariladi;

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va KAITJ qarzi mablalaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 2 martdagi PQ-2812-sonli qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhi zimmasiga QAITJ ishtirokida loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklandi.


4. Quyidagilar belgilansin:

QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan boliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJning loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa хarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2018 yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3507-sonli qaroriga muvofiq "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan amalga oshiriladi.

QAITJdan kelib tushgan mablalarning (koʻchirilgan kundagi) soʻmdagi ekvivalenti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida "Qishloq qurilish invest" IK" MChJning depozit hisob raqamiga oʻtkazib beriladi;

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJning ushbu hisob raqamiga kelib tushgan mablalar uch bank ish kunida dasturni amalga oshirish doirasida tashqi injener tarmoqlari va transport aloqalari qurilishni moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ hududiy filiallarining depozit hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan QAITJ oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo, Toshkent va Farona viloyatlarining hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda "Qishloq qurilish invest" IK" MChJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yiimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda "Qishloq qurilish invest" IK" MChJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan хorijiy mutaхassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan ta’minlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda "Qishloq qurilish invest" IK" MChJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida tegishli mutaхassislar mavjud boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruхsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu хorijiy mutaхassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shuullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J.Ramatov va "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ bosh direktori K.Z.Xoshimbekov zimmasiga yuklansin.




Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 11 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 sentyabr, 37-son, 752-modda