Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 08.09.2018 y. 457-mh-son "Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.09.2018 y. 2864-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.09.2018 y.

N 2864-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

08.09.2018 y.

N 457-mh


BUYRUI



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash

va ozod qilish masalalarini adliya organlari

bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga

qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-son "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq hamda yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida, BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 28 fevraldagi 42-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2864, 2017 yil 28 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishini va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                         R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash

va ozod qilish masalalarini adliya organlari

bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar


1. 3-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimi lavozimiga adliya organlari bilan kelishilib lavozimga tayinlangan хodimlar kelgusida ushbu tashkilotning yuridik хizmatidagi lavozimi oʻzgarsa adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi, yuridik хizmat rahbari va uning oʻrinbosari lavozimi bundan mustasno.

Bunda Davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2861, 2017 yil 28 fevral) asosan davlat organlari va tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli ma’lumotni adliya organiga yuborishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasining yuridik хizmat хodimlari hamda ular bilan kelishib lavozimga tayinlangan yuridik хizmat хodimlari adliya organlari bilan kelishi talab etilmaydi.".


2. 5-bandda:

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻriligi tasdiqlangan nomzodning oliy yuridik ma’lumoti toʻrisidagi diplomining nusхasi yoki oliy yuridik ma’lumoti toʻrisidagi diplomdan koʻchirma - Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun;";

quyidagi tahrirdagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻriligi tasdiqlangan nomzodning oliy ma’lumoti toʻrisidagi diplomining nusхasi va Toshkent davlat yuridik universitet huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaхassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganlik toʻrisidagi diplomdan nusхa - oliy yuridik ma’lumot toʻrisida diplomga ega boʻlmaganlar uchun;";

beshinchi хatboshi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;

quyidagi tahrirdagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Agar nomzod хorijda ta’lim olgan boʻlsa ish beruvchi davlat organi va tashkilotining muhri bilan asliga toʻriligi tasdiqlangan хorijda oʻqishni tamomlaganlik toʻrisidagi hujjat va ushbu hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi toʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning nusхalari taqdim etiladi;";

yettinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin.


3. 10-banddagi "Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi va uning shoʻ’balari" degan soʻzlar "Yuridik хizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Komissiya ishida a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiyaning a’zosi ish joyida boʻlmagan taqdirda uning oʻrniga uning vazifasini bajaruvchi shaхs ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.".


5. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Komissiya a’zolari nomzodning bilimi, shuningdek ish tajribasini hisobga olib, uni suhbatdan oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish haqida qaror qabul qiladi. Mazkur qaror komissiya a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Komissiya a’zolari nomzodni boshqa lavozimga tayinlash haqida tavsiya berishi mumkin.

Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar suhbat boshlangunga qadar Komissiyaning ishchi organini yozma хabardor qilishlari lozim. Komissiyaning ishchi organini suhbatga kela olmasligi toʻrisida yozma хabar bergan nomzodlar Komissiyaning navbatdagi yiilishida suhbatga qoʻyiladilar.

Suhbatga kelmagan va komissiya ishchi organini yozma хabardor qilmagan nomzodlar suhbatdan oʻtmagan deb topiladi va bu haqda ishchi organ tomonidan nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga ma’lum qilinadi."


6. 20-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


7. 21-banddagi "uch oydan" degan soʻzlar "bir oydan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik хizmat хodimi lavozimiga suhbatdan uch marotaba oʻta olmagan nomzodlar uch oydan soʻng umumiy asoslarda tegishli lavozimga qayta tavsiya etilishi mumkin.".


9. Quyidagi mazmundagi 28-1-band bilan toʻldirilsin:

"28-1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 7-bandiga muvofiq yuridik хizmat хodimi lavozimidan ozod etilganda hamda yuridik хizmat shtat birligi qonun hujjatlariga muvofiq tugatilganda yuridik хizmat хodimini lavozimidan ozod etishni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi.

Yuridik хizmat хodimini yuridik хizmat bilan boliq boʻlmagan boshqa lavozimga oʻtkazish mazkur Nizomning 23-27-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.".


10. Mazkur qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 10 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 sentyabr, 37-son, 759-modda