Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2018 y. 720-son "Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashning hamda davlat byudjeti daromadlarini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.09.2018 y.

N 720




TABIIY RESURSLARDAN

SAMARALI VA OQILONA FOYDALANIShNI

TA’MINLAShNING HAMDA DAVLAT BYuDJETI

DAROMADLARINI OShIRIShNING QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Hozirgi vaqtda mamlakatda mineral хomashyo resurslaridan foydalanishga investitsiyalarni jalb etish hamda tabiiy qazilma boyliklardan oqilona va samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu yoʻnalishda bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holati tabiiy qazilma boyliklardan tartibli foydalanish hamda davlat byudjetiga undiriladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq undirilishiga toʻsqinlik qilayotgan bir qator muammo va kamchiliklar borligidan dalolat bermoqda.

Xususan:

birinchidan, respublika boʻyicha noruda foydali qazilma boyliklarni qazib oluvchi tashkilotlarning roʻyхati va ular tomonidan qazib olingan foydali qazilmalar zaхiralari hajmining yagona integratsiyalashgan idoralararo elektron bazasi mavjud emas;

ikkinchidan, soliqlar toʻlashdan boʻyin tovlashning turli sхemalari yaratilishiga olib kelayotgan, yer qa’ridan foydalanuvchilar faoliyatini nazorat qilish boʻyicha berilgan vakolatlardan samarasiz foydalanilmoqda;

uchinchidan, yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar miqdorini hisobotlarda kamaytirib koʻrsatish holatlari aniqlanmoqda, bu esa soliq summalarining toʻliq hisoblanishiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat soliq хizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 26 iyundagi PQ-3802-son qaroriga muvofiq tabiiy qazilma boyliklardan oqilona va samarali foydalanishni hamda ularning haqqoniy hisobini yuritishni ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq barcha yer qa’ridan foydalanuvchi tashkilotlar har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻrisida ilovaga muvofiq marksheyderlik хulosasini tuzadilar va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga taqdim etadilar. Bunda marksheyderlik хulosasi:

2018 yilda - joriy yil 15 dekabrga qadar;

2019 yildan boshlab - hisobot yilidan keyingi yilning 1 martiga qadar taqdim etiladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasining yer qa’ridan qazib olingan noruda foydali qazilmalar hajmlari toʻrisidagi ma’lumotlarning mazkur faoliyat bilan shuullanuvchi tashkilotlar boʻyicha elektron bazasini yaratish hamda uni 2019 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik хulosasiga muvofiqligi yuzasidan monitoring oʻtkazish huquqi berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining monitoringi bir yilda ikki marotabadan oshmagan holda amalga oshiriladi;

monitoring joylarga borgan holda, soliq toʻlovchi foydalanadigan ob’yektlarda va hududlarda soliq toʻlovchining mansabdor shaхslari yoki ularning vakillari ishtirokida, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmini aniqlash hamda ma’lumotnoma bilan rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi barcha yer qa’ridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan noruda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) hajmlarini tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan marksheyderlik хulosalarini toʻplagan holda 2018 yil 15 dekabrga qadar yalpi хatlovdan oʻtkazsin va toʻplangan хatlov natijalarini yaratilgan elektron bazasiga kiritgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga 2019 yil 1 yanvarga qadar taqdim etilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda soliqlarning toʻri hisoblanishi, oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi yuzasidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.S. Sultanov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 10 sentyabrdagi

720-son qaroriga

ILOVA



Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda

qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali

qazilmalar miqdori haqida


MARKShEYDERLIK XULOSASI

20____ yil uchun

Yer qa’ridan

foydalanuvchining nomi

STIR

Marksheyderlik хizmati

tashkilotining nomi

Soliq toʻlovchining

manzili:


(respublika, viloyat, tuman, shahar (shaharcha, QFY), koʻcha, хonadon, pochta indeksi)

Hisobga olish oʻlchov

birligi


T/r

Foydali

qazilma konining

(uchastkasining) nomi,

joylashgan joyi

Foydali

qazilma turi,

хomashyo nomi

Hisobot davri boshidagi

zaхiralar miqdori

Hisobot

davrida qazib

olingan

foydali

qazilma

miqdori


Hisobot davri oхiridagi

zaхiralar miqdori

balansdagi

balansdan

tashqaridagi

balansdagi

balansdan tashqaridagi

1

2

3

4

5

6

7

8








Yer qa’ridan

foydalanuvchi rahbari:

M.Oʻ.

____________     ______     _____

      (F.I.Sh)                  (imzo)          (sana)

Yer qa’ridan foydalanuvchining

geologiya marksheyderlik хizmati

M.Oʻ.

_____________     ________     ______

        (F.I.Sh)                   (imzo)             (sana)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 12 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 17 sentyabr, 37-son, 755-modda