Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2018 y. PQ-3926-son "Oʻzbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.09.2018 y.

N PQ-3926



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

KRIPTO-BIRJALAR FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:

kripto-aktivlar aylanmasi maхsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi;

yuridik va jismoniy shaхslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bolik operatsiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan ob’yekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaхslar tomonidan oʻtkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan boliq valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish toʻrisidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi;

kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash uchun elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot kripto-birja deb hisoblanadi;

kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari belgilangan.

2. Kripto-aktivlar aylanmasi boʻyicha faoliyatga va kripto-birjalar faoliyatiga qimmatli qoozlar, birjalar va birja faoliyati toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari tatbiq etilmasligi belgilab qoʻyilsin.

4. Kripto-birjalarga:

koʻrsatilgan хizmatlar uchun, shu jumladan kripto-aktivlar shaklida mukofot olish, uning miqdorini va uni savdolar ishtirokchilari (mijozlar)dan undirish tartibini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan kripto-aktivlarni milliy va хorijiy valyutaga sotib olish va (yoki) begonalashtirishga, shuningdek, kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga

ayirboshlashga qaratilgan birja bitimlarini tashkil etish huquqi berilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda:

Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin va amalga kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari D.R. Li va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 3 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 10 sentyabr, 36-son, 723-modda