Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 35-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 74-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-24-son, Markaziy bank Boshqaruvining 245-V-son "Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash,toʻlash va taqsimlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 25.02.2004 y. Qarori (AV tomonidan 06.04.2004 y. 1333-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.04.2004 y.

N 1333

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

25.02.2004 y.

N 35


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

25.02.2004 y.

N 74


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

25.02.2004 y.

N 2004-24


OʻZBEKISTON RESPULIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

25.02.2004 y.

N 245-V


QARORI



Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy

suurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni

hisoblash,toʻlash va taqsimlash toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, "Fuqarolarni nafaqa bilan ta’minlash toʻrisida"gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabr 567-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2004 yil parametrlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADILAR:


1. Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy suurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.


3. Ushbu qaror amalga kiritilgan kundan quyidagi me’yoriy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

"Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisida"gi Yoʻriqnomani (2001 yil 16 mart, roʻyхat raqami 1018-son) tasdiqlash toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2001 yil 7 martdagi 2001-21, 182-v, 17 va 181/2-sonli qarori - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2001 y., 6-son;

"Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisida"gi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish"ni (2001 yil 18 oktyabr, roʻyхat raqami 1018-1-son) tasdiqlash toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2001 yil 20 sentyabr, 2001-95, 182-V-1, 97 va 05/2573-sonli qarori - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2001 y., 19-son;

"Byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish"ni (2003 yil 24. aprel, roʻyхat raqami 1018-2-son) tasdiqlash toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklarining 2003 yil 11 aprel, 2003-32, 182-V-2, 50 va 37 sonli qarori - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2003 y., 7-8-son;

Moliya vaziri

M. Nurmuratov

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

O. Obidov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

Markaziy bank Boshqaruvi raisi

F. Mullajonov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 14-son, 172-modda.