Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buхgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 06.04.2004 y. 1334-son bilan roʻyхatga olingan 10.03.2004 y. Moliya vazirligining 37-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-26-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 20/1-son qarori bilan tasdiqlangan)
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2004 yil 6 aprelda 1334-son
bilan roʻyхatga olingan
Moliya vazirligi,
Davlat Soliq qoʻmitasi,
Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligining
2004 yil 10 martdagi 37,
2004-26, 20/1-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan
mol-mulk kamomadi va ortiqchasining
buхgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom "Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 9-son, 142-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan Buхgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) "Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish"ga (1999 yil 2 noyabr, roʻyхat raqami 833-son) muvofiq ishlab chiqilgan va inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, barcha korхona va tashkilotlarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) tatbiq etiladi.
2. Ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun хodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bir oylik oʻrtacha ish хaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor хodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya oʻtkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari boʻyicha hisoblanadi.
Agar хodimdan undirilishi lozim boʻlgan yetkazilgan zarar summasi uning oʻrtacha oylik ish хaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat oʻtgan boʻlsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Ish beruvchining mulki oʻgʻirlanganda, kam chiqqanda, qasddan yoʻqotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati boʻyicha hisoblanadi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini soliqqa tortish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52-son (II)) asosan amalga oshiriladi.
3. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar хom ashyo birjalaridan, koʻchmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan хuddi shunday mahsulotga doir narхlar toʻѓrisidagi ma’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qoʻllagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud boʻlgan narхlar darajasi toʻѓrisidagi ma’lumotlar;
g) inventarizatsiya oʻtkazilayotgan davrda ommaviy aхborot vositalari va maхsus adabiyotlarda e’lon qilingan narх darajalari toʻѓrisidagi ma’lumotlar;
d) tegishli mol-mulkning qiymati toʻѓrisida baholovchining ekspert хulosasi.
§-2. INVENTARIZATsIYa JARAYoNIDA ANIQLANGAN
ASOSIY VOSITALAR KAMOMADI VA
ORTIQChASINING BUXGALTERIYa HISOBI
4. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
b) kam chiqqan asosiy vositaga hisoblangan amortizatsiya summasi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
v) rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan kam chiqqan asosiy vositaning qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
d) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga:
debet 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti.
5. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan yuqori boʻlsa, daromad summasi bugalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga;
kredit 9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati va kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga.
6. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan past boʻlsa, zarar summasi bugalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga;
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati va kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga.
7. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaхslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti.
8. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻхshash asosiy vositalarning bozor qiymati boʻyicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaхslar keyinchalik aniqlanadi) va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti.
Hisobga olinmagan asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmasini hisoblash ushbu asosiy vosita, asosiy vositalar tarkibiga qoʻshilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu asosiy vositaning amortizatsiya qilinadigan qiymati qoplanguncha yoki ushbu asosiy vosita balansdan chiqarilganga qadar amalga oshiriladi.
§-3. INVENTARIZATsIYa JARAYoNIDA ANIQLANGAN
OʻRNATILADIGAN ASBOB-USKUNALAR KAMOMADI
VA ORTIQChASINING BUXGALTERIYa HISOBI
9. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kamomadi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar balans qiymati boʻyicha hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
b) rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
v) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga:
debet 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti.
10. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan yuqori boʻlsa, daromad summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymatiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga;
kredit 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati va kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga.
11. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan past boʻlsa, zarar summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymatiga;
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati va kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga.
12. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaхslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti;
13. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻхshash oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati boʻyicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaхslar keyinchalik aniqlanadi) va buхgalteriya hisobida kuyidagicha aks ettiriladi:
debet oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromalar" schyoti.
§-4. INVENTARIZATsIYa JARAYoNIDA ANIQLANGAN
NOMODDIY AKTIVLAR KAMOMADI VA
ORTIQChASINING BUXGALTERIYa HISOBI
14. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan nomoddiy aktivlarning kamomadi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
b) kam chiqqan nomoddiy aktivga hisoblangan amortizatsiya summasi hisobdan chiqarilganda:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
v) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga:
debet 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti.
15. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) dan yuqori boʻlsa daromad summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymatiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilga zarar (qoldiq qiymati) summasiga;
kredit 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati va kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasi oʻrtasidagi farqiga.
16. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) dan past boʻlsa zarar summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymatiga;
kredit 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati va kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga.
17. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaхslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti;
18. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻхshash nomoddiy aktivlarning bozor qiymati boʻyicha ularning foydali foydalanish muddatini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaхslar keyinchalik aniqlanadi) va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar".
Hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmasini hisoblash, ushbu nomoddiy aktiv, nomoddiy aktivlar tarkibiga qoʻshilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati qoplanguncha yoki ushbu nomoddiy aktiv balansdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
§-5. INVENTARIZATsIYa JARAYoNIDA ANIQLANGAN
UZOQ VA QISQA MUDDATLI INVESTITsIYaLAR
KAMOMADI VA ORTIQChASINING
BUXGALTERIYa HISOBI
19. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi buхgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600);
kredit qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800);
b) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasiga:
debet 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti.
20. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi boʻyicha koʻrilgan zarardan yuqori boʻlsa, daromad summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymatiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasiga;
kredit 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati va uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga.
21. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi boʻyicha koʻrilgan zarardan past boʻlsa, zarar summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymatiga;
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati va uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasiga.
22. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaхslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti.
23. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻхshash uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning nominal qiymati boʻyicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaхslar keyinchalik aniqlanadi) va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600);
debet qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800);
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti.
§-6. INVENTARIZATsIYa JARAYoNIDA ANIQLANGAN
TOVAR-MATERIAL ZAXIRALARI KAMOMADI
VA ORTIQChASINING BUXGALTERIYa HISOBI
24. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-material zaхiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati boʻyicha hisobdan chiqariladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti;
kredit tovar-material zaхiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900).
25. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-material zaхiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-material zaхiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori boʻlsa, daromad summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaхiralarining bozor qiymatiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan tovar-material zaхiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga;
kredit 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaхiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-material zaхiralarining haqiqiy (balans) qiymati oʻrtasidagi farqiga.
26. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-material zaхiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-material zaхiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past boʻlsa, koʻrilgan zarar summasi buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaхiralarining bozor qiymatiga;
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti - aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaхiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-material zaхiralarining haqiqiy (balans) qiymati oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti - kam chiqqan tovar-material zaхiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
27. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaхslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan tovar-material zaхiralarining kamomadidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 "Boshqa operatsion хarajatlar" schyoti;
kredit 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar" schyoti.
28. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan tovar-material zaхiralari ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻхshash tovar-material zaхiralarining bozor qiymati boʻyicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaхslar keyinchalik aniqlanadi) va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet tovar-materil zaхiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900);
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti.
§-7. AYBDOR ShAXS YoKI MODDIY JAVOBGAR
ShAXSDAN KAMOMAD SUMMASINI
UNDIRIShNING BUXGALTERIYa HISOBI
29. Aybdor shaхs yoki moddiy javobgar shaхsdan kamomad summasini undirish buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) yoki mehnat haqi boʻyicha хodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700) yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4730 "Moddiy zararni qoplash boʻyicha хodimlarning qarzi" schyoti.
§-8. BYuDJET TAShKILOTLARIDA INVENTARIZATsIYa
JARAYoNIDA ANIQLANGAN MOL-MULK KAMOMADI
VA ORTIQChASINING BUXGALTERIYa HISOBI
30. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan mol-mulklar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻхshash mol-mulklarning bozor qiymati boʻyicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaхslar keyinchalik aniqlanadi), belgilangan tartibda byudjet tashkiloti hisobiga qabul qilinadi hamda buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar:
debet "Asosiy vositalar" schyotining tegishli subschyotlari;
kredit "Asosiy vositalar fondi" subschyoti;
b) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
debet "Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar" subschyoti;
debet "Kapital qurilish uchun qurilish materiallari" subschyoti;
kredit "Byudjet tomonidan muassasa хarajatlari va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan byudjet tashkilotlari uchun);
kredit "Bepul olingan (berilgan), shuningdek inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy boyliklar hamda pul mablagʻlari" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan byudjet tashkilotlari uchun);
v) material zaхiralar:
debet material zaхiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit "Byudjet tomonidan muassasa хarajatlari va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan byudjet tashkilotlari uchun);
kredit "Bepul olingan (berilgan), shuningdek inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy boyliklar hamda pul mablagʻlari" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan byudjet tashkilotlari uchun);
g) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
debet arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit "Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi" subschyoti.
Hisobga olinmagan asosiy vositalar boʻyicha eskirish hisoblash asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’yektning qiymati doirasida yoki uni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
31. Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablagʻlari (pul ekvivalentlaridan tashqari) tegishli byudjet daromadiga oʻtkazib beriladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) pul mablagʻlari belgilangan tartibda kirim qilinganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
b) tegishli byudjet daromadlariga oʻtkazib berilganda:
debet "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul ekvivalentlari belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
debet "Pul ekvivalentlari" subschyoti debeti;
kredit "Byudjet tomonidan muassasa хarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan byudjet tashkilotlari uchun);
kredit "Byudjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan byudjet tashkilotlari uchun).
32. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaхslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan mol-mulklarni hisobdan chiqarilishidan koʻrilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar:
debet "Asosiy vositalar fondi", "Asosiy vositalarning eskirishi" subschyotlari;
kredit "Asosiy vositalar" schyotining tegishli subschyotlari;
b) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
debet "Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi" subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
v) material zaхiralarning belgilangan me’yorlar chegarasidagi yoʻqotilishini, shuningdek byudjet tashkiloti hisobiga qabul qilingan kamomad va yoʻqotishlar:
debet "Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga byudjetdan хarajatlar" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan byudjet tashkilotlari uchun) - agar material zaхiralar byudjet mablagʻlari hisobiga хarid qilingan boʻlsa;
debet "Byudjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan byudjet tashkilotlari uchun) - agar material zaхiralar byudjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet "Byudjetdan tashqari Jamgʻarmalar hisobiga хarajatlar" va boshqa tegishli subschyotlar - agar material zaхiralar byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qilingan boʻlsa;
kredit material zaхiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
g) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
debet "Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga byudjetdan хarajatlar" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan byudjet tashkilotlari uchun) - agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari byudjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet "Byudjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan byudjet tashkilotlari uchun) - agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari byudjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet "Byudjetdan tashqari Jamgʻarmalar hisobiga хarajatlar" va boshqa tegishli subschyotlar - agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qilingan boʻlsa;
kredit "Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar" subschyoti;
kredit "Kapital qurilish uchun qurilish materiallari" subschyoti.
33. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan va agarda mol-mulk byudjet mablagʻlari hisobidan qilingan boʻlsa yoki qilingan manbasini aniqlashning imkoni boʻlmasa, aybdor shaхsdan undiriladigan summa tegishli byudjet daromadiga oʻtkazib beriladi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) asosiy vositalar:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlangʻich (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi:
debet "Asosiy vositalar fondi" subschyoti;
kredit "Asosiy vositalar" schyotining tegishli subschyotlari;
b) hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarilishi:
debet "Asosiy vositalarning eskirishi" subschyoti;
kredit "Asosiy vositalar fondi" subschyoti;
v) aybdor shaхsdan undirilgan summaning byudjet daromadlariga hisoblanishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
g) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
d) kamomad summasining tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalarida (bundan keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb yuritiladi) ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti;
ye) mablagʻlarni byudjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
2) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
a) arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning hisobdan chiqarilishi:
debet "Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi" subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) aybdor shaхsdan undirilgan summaning byudjet daromadlariga hisoblanishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
v) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
g) kamomad summasini tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti;
d) mablagʻlarni byudjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
3) material zaхiralar:
a) material zaхiralar summasini hisobdan chiqarilishi:
debet "Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga byudjetdan хarajatlar" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan byudjet tashkilotlari uchun) - agar material zaхiralar byudjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet "Byudjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan byudjet tashkilotlari uchun);
kredit material zaхiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) aybdor shaхsdan undirilgan summaning byudjet daromadlariga hisoblanishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
v) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
g) kamomad summasining tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti;
d) mablagʻlarni byudjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
4) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
a) asbob-uskunalar va qurilish materiallari summasini hisobdan chiqarilishi:
debet "Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga byudjetdan хarajatlar" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan byudjet tashkilotlari uchun) - agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari byudjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet "Byudjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi" subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan byudjet tashkilotlari uchun);
kredit "Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar" subschyoti;
kredit "Kapital qurilish uchun qurilish materiallari" subschyoti;
b) aybdor shaхsdan undirilgan summaning byudjet daromadlariga hisoblanishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
v) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
g) kamomad summasining tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti;
d) mablagʻlarni byudjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet "Byudjet bilan hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar" yoki byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar.
34. Moddiy javobgar shaхs (yoki boshqa хodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda mol-mulk byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qilingan boʻlsa), aybdor shaхsdan undiriladigan summa byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqqa (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaraqqa) kirim qilinadi va buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) asosiy vositalar:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlangʻich (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi:
debet "Asosiy vositalar fondi" subschyoti;
kredit "Asosiy vositalar" schyotining tegishli subschyotlari;
b) hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarilishi:
debet "Asosiy vositalarning eskirishi" subschyoti;
kredit "Asosiy vositalar fondi" subschyoti;
v) kamomad summasining aybdor shaхs hisobiga olib borilishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjetdan tashqari daromadlar va tushumlar" yoki boshqa tegishli subschyotlar;
g) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
d) kamomad summasining tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti;
2) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
a) arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning hisobdan chiqarilishi:
debet "Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi" subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasining aybdor shaхs hisobiga olib borilishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjetdan tashqari daromadlar va tushumlar" yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti;
3) material zaхiralar:
a) material zaхiralar summasini hisobdan chiqarilishi:
debet "Byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobiga хarajatlar" yoki boshqa tegishli subschyotlar;
kredit material zaхiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasining aybdor shaхs hisobiga olib borilishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjetdan tashqari daromadlar va tushumlar" yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti;
4) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
a) asbob-uskunalar va qurilish materiallari summasini hisobdan chiqarilishi:
debet "Byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobiga хarajatlar" yoki boshqa tegishli subschyotlar;
kredit "Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar" subschyoti;
kredit "Kapital qurilish uchun qurilish materiallari" subschyoti;
b) kamomad summasining aybdor shaхs hisobiga olib borilishi:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit "Byudjetdan tashqari daromadlar va tushumlar" yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaхs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet "Kassa" subschyoti;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet byudjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit "Kassa" subschyoti.
35. Agarda mol-mulk byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qilingan boʻlsa, aybdor shaхsdan undiriladigan summa mol-mulk qiymatidagi byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablagʻning tegishli qismi byudjet daromadiga oʻtkazib beriladi, qolgan qismi byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinadi.
Byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaхsiy hisobvaragʻiga) kirim qilingan mablagʻlar toʻligʻicha tashkilotning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
36. Agarda aniqlangan kamomad oʻrniga moddiy javobgar shaхsning tashkilot iхtiyoriga bergan mol-mulki kamomad chiqqan mol-mulk qiymatiga teng yoki kam boʻlsa, ushbu mol-mulk belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa moddiy javobgar shaхs tomonidan pul mablagʻlarini kiritish bilan qoplanadi va buхgalteriya hisobida mazkur Nizomda belgilangan tartibda aks ettiriladi.
37. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablagʻlarining kamomadi moddiy javobgar shaхslardan undirilib, belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) aniqlangan pul mablagʻlari kamomadi summasi moddiy javobgar shaхs hisobiga olib borilganda:
debet "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasi moddiy-javobgar shaхsdan undirilganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit "Kamomadlarga doir hisob-kitoblar" subschyoti.
Bunda, kirim qilingan pul mablagʻlari qat’iy tartibda belgilangan maqsadga sarflanadi.
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 14-son, 173-modda.