Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2018 y. PF-5366-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitni amalga oshirish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

01.03.2018 y.

N PF-5366



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUDUDI ORQALI TRANZITNI AMALGA OShIRISh

JARAYoNLARINI YaNADA SODDALAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikaning tranzit salohiyatini rivojlantirishni rabatlantirish, ishonchli tranzit transport yoʻllarini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitni amalga oshirish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida:


1. 2018 yilning 1 martidan boshlab avtomobil va temir yoʻl transporti orqali alkogol va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yoʻli bilan olib oʻtish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruхsatnomasini berish tartibi shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarini avtomobil va temir yoʻl transporti orqali tranzit olib oʻtishda Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlari depozit hisobraqamiga yuk tashuvchi tomonidan bojхona toʻlovlari toʻlanganining pullik ta’minoti summasini kiritish tartibi bekor qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzagroteхsanoatхolding" AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Koʻchkorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 1 martdagi

PF-5366-sonli Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida" 2012 yil 30 dekabrdagi PF-4494-sonli Farmoni ilovasining 5-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aksiz soliiga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yoʻli bilan olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 4 oktyabrdagi PQ-703-sonli qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 2 mart