Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2018 y. 741-son "Tadbirkorlik sub’yektlarini Andijon viloyatining kichik sanoat zonalariga jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.09.2018 y.

N 741



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI

ANDIJON VILOYaTINING KIChIK SANOAT

ZONALARIGA JALB ETIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Andijon viloyatida kichik va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish doirasida, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida 6 ta kichik sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) faoliyat koʻrsatmoqda.


2. Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Andijon viloyatida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha qoʻshimcha ravishda KSZlar tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

KSZlar hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga 10 yil muddat bilan uzoq muddatli ijaraga, keyinchalik ularga, biznes-rejalarni bajarilgan, ish oʻrinlari tashkil etilgan va saqlab qolingan, barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda mulk huquqi beriladi;

KSZlar hududidagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun u ijaraga berilgan davrda, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, oshib boradigan koeffitsiyentlarni qoʻllamasdan ijara toʻlovining minimal stavkalari belgilanadi;

KSZ hududida yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 25 oktyabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq ajratiladi.

4. Andijon viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy-kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Andijon viloyatidagi KSZlarni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalari, shu jumladan, mahalliy byudjet va loyiha tashabbuskorlari mablalari hisobiga elektr energiyasi bilan ta’minlash boʻyicha, moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda taklif kiritsin.


5. Andijon viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda quyidagilarni ta’minlasin:

ikki oy muddatda - 2018-2019 yillarda Andijon viloyati hududida faoliyat koʻrsatayotgan va yangidan tashkil etilayotgan KSZlarda umumiy qiymati 300 mlrd soʻm boʻlgan, importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini chiqaradigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish yuzasidan aniq tadbirlar - "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish, bunda Andijon viloyati iqtisodiyoti ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-хomashyo, qishloq хoʻjaligi resurslari va infratuzilmalarni hisobga olish;

Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida oʻzlashtirishga tavsiya etilayotgan importning oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlarni tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazish;

KSZlar hududlarida loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida ishlab chiqarishlarni joylashtirishga investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrish chiqish;

Andijon viloyatidagi KSZlar hududlarida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashish.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilovada* koʻrsatilgan KSZlar chegaralarini aniqlashtirsinlar.


7. Vazirlar Mahkamasining "Andijon viloyatida joylashgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 4 avgustdagi 588-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 32-son, 811-modda) 2-ilovaning 3, 4-pozitsiyalari va ularga iqtiboslar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri B.A. Xoʻjayev va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraхmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 sentyabr