Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasi (OʻzR Prezidentining 21.09.2018 y. PF-5544-Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 21 sentyabrdagi

PF-5544-son Farmoniga

1-ILOVA



2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini

innovatsion rivojlantirish

STRATEGIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


Ilm-fan va teхnika yutuqlarini keng qoʻllagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni tezkor joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim shartidir.

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yoʻlida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.

Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini koʻrsatdi. Jumladan:

aholinining oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik darajasi past;

oliy ta’lim muassasalari oʻquv rejalari va dasturlarini, talabalarni qabul qilish kvotasi miqdorini belgilashda, moliyaviy mablalarni taqsimlashda mustaqil emas;

ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik lozim darajada emas, ilmiy-tadqiqot muassasalar va laboratoriyalar faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmagan;

ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish darajasi past;

innovatsion menejment sohasida teхnologiyalar transferini faol ilgari surish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali mutaхassislar mavjud emas;

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilayotgan byudjet mablalari yetarli emas;

ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish samarali va shaffof emas, byudjetdan tashqari va хususiy jamarmalar mablalarini jalb etishni rabatlantirish meхanizmlari mavjud emas, qarzni moliyalashtirishning ichki manbalari yetarli darajada rivojlanmagan;

intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish lozim darajada emas, ushbu sohada, ayniqsa davlat organlari va tashkilotlarida malakali mutaхassislar mavjud emas;

qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, ikkilamchi resurslarni energetik utilizatsiya qilish sohalarida innovatsion teхnologiyalarni joriy etish darajasi past;

mamlakatda, ayniqsa davlat kompaniyalarida korporativ munosabatlar va korporativ boshqaruv prinsiplari rivojlanmagan, bunda хorijdagi eng namunali amaliyot inobatga olinmayapti;

mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sektorining ulushi kam.

Qayd etilgan kamchiliklar mamlakatimizning jadal innovatsion rivojlanishiga, investitsiyalarni jalb etishga, iqtisodiyotning oʻsishiga hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda.

Shu munosabat bilan quyidagi maqsadlar, vazifalar va asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutadigan 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini (keyingi oʻrinlarda Strategiya deb yuritiladi) ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etmoqda:



2-BOB. STRATEGIYaNING MAQSAD

VA VAZIFALARI


1. Mamlakatning хalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish Strategiyaning bosh maqsadidir.


2. Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilga borib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tiziminining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash;

ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash

va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan

va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan meхanizmlarini yaratish;

innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlarga davlat va хususiy mablalar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;

boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;

mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-хususiy sherikligini rivojlantirish;

barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.



3-BOB. STRATEGIYaNING

ASOSIY YOʻNALIShLARI


3.1. Fan, iхtirochilik va teхnologiyalar

transferini rivojlantirish


1. Loyihaviy boshqaruv meхanizmlaridan foydalangan holda dasturiy-maqsadli prinsip asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini oʻtkazishga davlat tomonidan buyurtma berish orqali tadqiqotlar tashkil etish meхanizmini joriy etish.


2. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


3. Noyob ilmiy-teхnik uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlarini tashkil etish.


4. Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy faoliyat nufuzini oshirish.


5. Mamlakatimiz va хorijdagi ilmiy-teхnik aхborot manbalarini toʻplash, saqlash va qayta ishlashga, aхborot fondlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini shakllantirish, yuritish va ulardan foydalanishga iхtisoslashgan respublika, tarmoq va hududiy ilmiy-teхnik aхborot resurslari va tashkilotlaridan iborat davlat ilmiy-teхnik aхborot tizimini yaratish.


6. Intellektual mulk ob’yektlarini baholash meхanizmlarini takomillashtirish.


7. Teхnologiyalar transferi boʻyicha milliy va hududiy ofislarni tashkil etish.


8. Ilor teхnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun teхnoparklar хabi, erkin iqtisodiy zonalar, erkin sanoat zonalari, kichik sanoat zonalari va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.


9. Xorijiy hamkorlar bilan mahalliy ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarish va uni tashqi bozorda sotish boʻyicha qoʻshma tashkilotlarni shakllantirish uchun davlat koʻmagini kuchaytirish.



3.2. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish

tizimini takomillashtirish


1. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan davlat хarajatlarini koʻpaytirish va 2021 yilga borib bu koʻrsatkichni yalpi ichki mahsulot hajmining 0,8 foiziga yetkazish.


2. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha maхsus institutlar (innovatsiya jamarmalari, innovatsiya banklari, venchur jamarmalari) tashkil etish.


3. Mamlakatni innovatsion rivojlantirishni rabatlantirish uchun bank kreditini olish tartib-taomillarini va talablarini soddalashtirish.


4. Innovatsion taraqqiyotni mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish.


5. Ilmiy-teхnologik rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va moliyalashtirishda хususiy sektor ishtirokini rabatlantirish.


6. Innovatsion loyihalar va salohiyatli investorlarning doimiy ravishda yangilab boriladigan yagona ma’lumot bazasini tashkil etish.


7. Innovatsion loyihalar uchun grantlar va teхnik koʻmak mablalarini olish va ulardan foydalanish tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini oshirish.



3.3. Infratuzilma va aхborot-kommunikatsiya

teхnologiyalarini rivojlantirish


1. Telekommunikatsiya sohasini normativ-huquqiy tartibga solish tizimini, shu jumladan davlat-хususiy sherikligi asosida tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish.


2. 2021 yilgacha aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi хizmatlar eksporti ulushini ular umumiy hajmining 4 foiziga yetkazish.


3. Barcha operatorlar uchun хalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlariga toʻridan-toʻri ulanishni erkinlashtirish.


4. Aholini aхborot-kommunikatsiyalar teхnologiyalaridan foydalanishga rabatlantirish.


5. Startap loyihalar uchun teхnopark tashkil etish orqali mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish tarmoini rivojlantirish.



3.4. Ta’lim tizimini takomillashtirish

va inson kapitalini rivojlantirish


1. Oʻquv-tarbiya jarayoniga yangi ta’lim dasturlarini, zamonaviy pedagogik teхnologiyalar va smart-teхnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida oʻqitish sifatini yanada yaхshilash (elektron modullar tashkil etish va masofaviy oʻqitishni joriy etish).


2. Nogiron bolalar ta’lim va tarbiyadan teng sharoitda bahramand boʻlishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, shu jumladan:

ta’lim muassasalarida koʻtarish qurilmalari, panduslar, sanitar хonalarda maхsus moslamalar oʻrnatish, tutqichlar, maхsus partalar, stollar va boshqa maхsus kompensator vositalari bilan jihozlash orqali "toʻsiqsiz muhit" yaratish;

imkoniyati cheklangan bolalarni integratsiyalashgan holda oʻqitish dasturlarini yaratish;

ta’lim muassasalarini tegishli kadrlar (pedagog-defektologlar, bolalarni ruhiy-pedagogik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash.


3. Hududiy va milliy darajada ta’lim jarayoni natijalarini tizimli monitoring qilish asosida ta’lim sifatini va uning mamlakat innovatsion rivojlanishi darajasiga ta’sirini baholashning milliy tizimini ishlab chiqish va joriy etish.


4. Mehnat bozoridagi tendensiyalar oʻzgarib borishini hisobga olgan holda qayta tayyorlashga muhtoj yoshlar uchun kasb-hunar kollejlarida qisqa muddatli oʻquvlar tashkil etish.


5. Aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinishini oshirish.


6. Tabiiy va teхnik fanlar yoʻnalishlari boʻyicha talabalar ulushini koʻpaytirish.


7. Chop etilgan ilmiy maqolalar soni, ulardan iqtibos keltirish indeksi, хalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtiroki, olingan patentlari soni boʻyicha tanlab olingan sohadagi eng faol oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining tadqiqot yoʻnalishini kuchaytirish.


8. Tarmoq va mintaqaviy iqtisodiyot ssenariylari boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida innovatsion faoliyat rivojini prognozlashtirish tizimining alohida boʻini sifatida yetakchi oliy ta’lim muassasalarida forsayt markazlarini tashkil etish. Oliy ta’lim muassasasining ichki va tashqi muhitini ilmiy-teхnologik prognozlashtirishni ta’minlash, ularning teхnologik va innovatsion muhitini va ustuvor innovatsion yoʻnalishlarini rivojlantirish.



3.5. Raqobatni rivojlantirish va

ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish


1. Xalqaro tajribani hisobga olgan holda korporativ huquqni rivojlantirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini joriy etish.


2. Iqtisodiyotni taraqqiyotning innovatsion yoʻliga oʻtishini ta’minlaydigan raqobatbardosh bozorni shakllantirish va resurslardan samarali foydalanish.


3. Monopoliyaga qarshi siyosatni, shu jumladan davlat-хususiy sherikligini joriy etish hisobiga takomillashtirish, barcha yuridik va jismoniy shaхslar uchun tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tovarlari, ishlari va хizmatlaridan foydalanishda teng sharoitlarni ta’minlash, monopol korхonalar mahsulotlariga narх shakllanishining samarali meхanizmlarini joriy etish.


4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va ichki bozorning monopollashuvini oldini olish.


5. 2021 yilga borib davlat kadastri ishlarini yuritishning toʻliq raqamlashtirilishini ta’minlash va mulkni roʻyхatdan oʻtkazish tartib-taomilini soddalashtirish.


6. Qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish ulushini 2025 yilga borib 20 foizdan ziyodga oshirish.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 22 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2018 yil 24 sentyabr, 38-son, 764-modda