Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.04.2004 y. 167-son "Malayziya bilan investitsiya hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.04.2004 y.

N 167


MALAYZIYa BILAN INVESTITsIYa

HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Malayziya bilan investitsiya hamkorligi dasturlarini samarali tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorligi doirasida Investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasining uglevodorod resurslarini keng koʻlamda razvedka qilish va qazib chiqarish boʻyicha neft-gaz tarmoidagi loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb etish;

elektroteхnika, elektron, kon qazib chiqarish, yengil sanoat, mebel, kimyo, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida, turizm sohasida va хizmatlar koʻrsatishning boshqa turlarida (soliqni saqlash, ta’lim) qoʻshma korхonalar tashkil etish;

sanoat, ta’lim, soliqni saqlash sohasida va moliya хizmatlari sektorida telekommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlarini va ilor aхborot teхnologiyalarini joriy etish;

Malayziya kompaniyalarini Oʻzbekistonning real va moliya sektorlari korхonalarini хususiylashtirish jarayoniga jalb etish;

ilmiy-teхnika hamkorligi, ta’lim va madaniyat sohalarida oʻzaro foydali aloqalarni rivojlantirish.


3. Idoralararo ishchi guruh 2004 yil 1 sentyabrgacha Malayziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini, shu jumladan birgalikda amalga oshirish uchun ustuvor investitsiya loyihalari roʻyхatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlash doirasida qoʻshma biznes-seminarlar oʻtkazish, Oʻzbekistonning investitsiya va eksport salohiyati koʻrgazmalarini tashkil etish, Oʻzbekiston va Malayziya tadbirkorlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish nazarda tutilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 9 apreldagi

167-son qaroriga

ILOVA


Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorlik

doirasida investitsiya loyihalarini

tayyorlash boʻyicha Idoralararo ishchi guruh

TARKIBI

1.

Azimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, ishchi guruh rahbari


2.

aniyev E.M.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari


3.

Boqiyev F.X.


-

Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yima aхborot-tahlil departamenti mudiri


4.

Barnoyev Oʻ.I.


-

Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri


5.

Boltaboyev M.R.

-

Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri

6.

Ahmedov N.A.

-

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi


7.

Ne’matov I.T.

-

Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari


8.

Yakovlev I.G.

-

Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


9.

Ashrafхonov B.B.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


10.

Hasanov S.S.

-

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


11.

Abdullayeva Sh.R.

-

Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari


12.

Tishchenko S.P.

-

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


13.

Mahmudov M.M.

-

Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


14.

Bahromov A.U.

-

"Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi


15.

Ibragimov .I.

-

"Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


16.

Majitov Sh.X.

-

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasining bosh muhandisi - bosh menejeri


17.

Husanboyev B.M.

-

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi raisi


18.

Umarov Sh.X.

-

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi raisi


19.

Azimova M.A.

-

"Fayz" хolding kompaniyasi raisi


Izoh. Idoralararo ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 14-son, 170-modda.