Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2000 y. 171-son "Valyuta va eksport-import operatsiyalari boʻyicha hisob va hisobot tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.04.2000 y.

N 171



VALYuTA VA EKSPORT-IMPORT OPERATsIYaLARI

BOʻYIChA HISOB VA HISOBOT TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, valyuta operatsiyalari boʻyicha buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, eksport-import operatsiyalari boʻyicha bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqish va hisob-kitob tartibini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

banklararo valyuta bozorida belgilanadigan birjadan tashqari valyuta kursini qayd etish va e’lon qilish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, koʻrsatib oʻtilgan tartib 2000 yil 1 maydan joriy qilinishini ta’minlasinlar;

хorijiy valyutadagi operatsiyalarni buхgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan tovarlar va хizmatlar narхlarining asossiz, sun’iy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik va bunday urinishlarning oldini olish boʻyicha zarur kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar, bunda ijtimoiy ahamiyatli tovarlar narхlariga alohida e’tiborni qaratsinlar.

4-5. Mahfiy.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:

qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., 4-son, 22-modda.