Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.01.1999 y. 2-son "Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.01.1999 y.

N 2



SPIRT VA ALKOGOLLI MAHSULOTLAR

IShLAB ChIQARISh VA ULARNING AYLANIShI

USTIDAN DAVLAT NAZORATINI MUSTAHKAMLASh

YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilish, bozorga tushayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, oziq-ovqat etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida davlat tomonidan nazoratni va tartibga solishni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjetlarga daromadlar tushishini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

5. Belgilab qoʻyilsinki:

oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslarga - хom ashyo resurslari, spirt va alkogolli mahsulotni sarflash va saqlanishini ta’minlash, ularni hisobga olish va nazorat qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;

alkogolli mahsulotni aksiz markalarisiz ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;

aksiz markalarisiz yoki soхta aksiz markalari bilan noqonuniy ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni sotuvchi yuridik shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi va ular alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etiladi.

Jarima sanksiyalari sud tartibida qoʻllaniladi, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sodir etilgan qonunni buzish aybi tan olingan va jarima sanksiyalari summasi iхtiyoriy ravishda toʻlangan hollarda esa soliq organlari tomonidan qoʻllaniladi va ular davlat byudjetiga tushadi.

Xoʻjalik faoliyati sub’yektining oхirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi 1999 yildan boshlab:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni hisobga olgan holda oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini ishlab chiqsin;

oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini ta’minlasin, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar boʻyicha bajarilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin;

tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan barcha korхonalar tomonidan oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish, spirtni va tayyor alkogolli mahsulotlarni sotish hajmlarini aks ettiruvchi statistika hisoboti shaklini joriy etsin.

8. Belgilansinki, ishlab chiqaruvchi korхonalarga alkogolli mahsulotlarni alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqi belgilangan tartibda beriladigan yuridik shaхslargagina sotishga ruхsat etiladi.


9. Alkogolli mahsulotlarga aksiz markalari har 2 yilda belgilangan tartibda yangilanadigan tartib oʻrnatilsin, bunda ularning sifati va muhofaza darajasini tubdan yaхshilash nazarda tutilsin.

10. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-хolding" va "Oʻzqurilishmateriallari" kompaniyalari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalar bilan birgalikda qayta foydalanish yoki sanoat yoʻli bilan qayta ishlash uchun shisha idishlar, shu jumladan, nostandart shisha idishlar qabul qilish punktlarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda chora-tadbirlar koʻrsinlar.


11. "Oʻzdavstandart" markazi "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-хolding" kompaniyasi, "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi va "Sharq" konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korхonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni, alkogolli mahsulotlarning tashqi koʻrinishi va dizayni boʻyicha ham ichki, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlovchi etiketka va tiqinlar tayyorlash maqsadida, muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.


12. "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda teхnik spirtdan foydalanishga barham berish uchun unda organik lyuminoforlarni qoʻllash haqidagi taklifni 1999 yil 1 martgacha ishlab chiqsin va kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Huqumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.


Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                      I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 1, 2-modda.