Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 38-son, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash davlat qoʻmitasining 01/06-04-son "Davlat ulushini boshqarish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 04.03.2004 y. Qarori (AV tomonidan 12.04.2004 y. 1262-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.04.2004 y.

N 1262-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

04.03.2004 y.

N 38


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA

TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB  QUVVATLASh

DAVLAT QOʻMITASINING

04.03.2004 y.

N 01/06-04

QARORI



Davlat ulushini boshqarish boʻyicha koʻrsatilgan

хizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi PF-3202-sonli Oʻzbekiston iqtisodiyotida хususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisidagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi 189-sonli Xususiylashtirilgan korхonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisidagi qarori talablarini bajarish maqsadida QAROR QILAMIZ:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 2003 yil 16 iyul kuni 86-son bilan tasdiqlangan davlat ulushini boshqarish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi Nizomga (2003 yil 1 avgustda 1262-son bilan roʻyхatga olingan, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlari 2003 yildagi 15-son byulleteni) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri                  M. Nurmuratov



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

mulkini boshqarish va tadbirkorlikni

qoʻllab - quvvatlash Davlat qoʻmitasi raisi              M. Asqarov



*) Ilova rus tilidagi matnida berilgan



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 15-son, 180-modda.