Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2-P-son, Moliya vazirligining 43-son "Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 10.03.2004 y. Qarori (AV tomonidan 16.04.2004 y. 1339-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.04.2004 y.

N 1339

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGINING

10.03.2004 y.

N 2-P

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

10.03.2004 y.

N 43


QARORI


Oliy ta’lim muassasalari talabalariga

stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2004 yil 26 apreldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 17 avgustdagi "Oliy oʻquv yurtlari talabalariga stipendiyalar toʻlash tartibi va miqdorlari toʻrisida"gi 344-sonli qarorining 3-bandini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi Yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan soʻng, 10 kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.


3. Ushbu qaror kuchga kirgan kunidan soʻng, quyidagi yoʻriqnomalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2002 yil 14 yanvardagi 1-P, 13-sonli "Ta’lim muassasalarida stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻrisida"gi qarori (2002 yil 6 mart, roʻyхat raqami 1104-son - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2002 y., 5-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2002 yil 20 avgustdagi 4-P va 100-sonli "Ta’lim muassasalarida stipendiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻrisida"gi qarori (2002 yil 29 avgust, roʻyхat raqami 1104-1-son - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2002 y., 15-16-son).

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

S. ulomov

Moliya vaziri

M. Nurmuratov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 15-son, 184-modda.